К содержанию
РецензированоRU2024

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ КОНЦЕПЦИЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ И ЕЕ РАЗВИТИЯ

Shodmonova Munira Burxonovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, comments on the development of professional training of native language and literature teachers are presented, and the basic concepts in it are analyzed from a scientific point of view. Key words: professional training, development, competence, skill, need, order, didactic, communication. ИНТЕРПРЕТАЦИЯ КОНЦЕПЦИЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ И ЕЕ РАЗВИТИЯ Аннотация. В данной статье представлены комментарии к развитию профессиональной подготовки учителей родного языка и литературы, а также анализируются основные понятия в ней с научной точки зрения. Ключевые слова: профессиональная подготовка, развитие, компетентность, умение, потребность, порядок, дидактика, общение. Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida malaka oshirish institutlarida o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish hamda kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish borasida malaka oshirish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qancha vazifalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida, xususan, xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyot mutaxassislari kasbiy bilimlarini mudom oshirib borishlari, sohadagi o‘zgarishlarni tez ilg‘ashlari, ular bilan yaqindan tanishish asosida bilimlarini boyitib borishlari shular jumlasidandir. Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Toki hayot davom etar ekan, ta'lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib- yangilanib boraveradi»1 [2, 45]. Mutaxassislar bilan ishlashda ular joylashgan makon ham ahamiyat kasb etadi. Hududiy xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlaridagi kurslar tinglovchilarga ona tili va adabiyot darslarini o‘tishda qo‘l keladigan bilimlarni beribgina qolmay, mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan metodik yordam ko‘rsatishi joizdir. 1 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. –Тошкент: Шарқ, 1999. – 184 б. 2 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Zamonaviy sharoitda malaka oshirish sohaga doir yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu asosda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib, yangilashnigina nazarda tutmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot, ta'lim islohoti o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, eng avvalo, ichki ehtiyoj, kasbiy va ma'naviy qiziqishni tashqi ta'sir imkoniyatlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish, insonning o‘z-o‘zini anglashi asosida tashkil etishni lozim, deb biladi2 [16, 5]. Uzluksiz ta'lim tizimida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash kabi serqirra vazifani faqat malakali o‘qituvchi muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Pedagog qiyofasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisga xos bo‘lgan barcha sifatlar o‘z aksini topa olishi zarur. Mazkur sifatning namoyon bo‘lishi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasini tavsiflaydi3 [13, 26] . Soha mutaxassislari fikriga ko‘ra, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish demakdir. Jumladan, N.Muslimov4 [15, 40-45] ijodkorlik kasbiy faoliyatni loyihalashga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojdir, deb hisoblaydi. Olimning ta'kidlashicha, o‘qituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonini individual loyihalash kasbiy-pedagogik ta'limning yetakchi mezoni bo‘lib qolgan. O‘qituvchi kasbiy shakllanishi natijasini anglatuvchi yangi tushuncha – «kasbiy-pedagogik o‘ziga xoslik»ning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida so‘z yuritib, «rivojlanish» va «shakllanish» tushunchalari ma'no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lsa- da, e'tibor jarayonga emas, balki natijaga qaratilishini e'tirof etadi. Bizningcha esa, rivojlanish va shakllanish tushunchalari o‘z mohiyati, ma'nosi jihatidan yaqin so‘zlar emas, balki biri ikkinchisini taqozo etuvchi jarayonlardir. O‘qituvchi shaxsi unda mavjud qobiliyatga bog‘liq tarzda rivojlanadi. M.G.Davletshin «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» nomli qo‘llanmasida5 [8] o‘qituvchining didaktik (fanga qiziqtirish, aniq va oson anglatish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish); akademik (matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va shu kabi fanlarga xos); perseptiv (o‘quvchi ichki dunyosi, ruhiy holati kabi nozik jihatlarni tushunish); nutq (kechinmalarni nutq, yuz ifodasi (mimika) va pantomimika yordamida aniq ifodalash); tashkilotchilik (o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘quvchilarni jipslashtirish); avtoritar (o‘quvchilarga hissiy-irodaviy ta'sir o‘tkazib, ular orasida obro‘ orttira bilish); kommunikativ (bolalarga to‘g‘ri yondashish, ular bilan pedagogik maqsadga mos muloqotga kirishish, me'yorni unutmaslik); pedagogik mulohaza (o‘quvchini ta'limiy va tarbiyaviy shakllantirish borasidagi urinishlari natijasini bashorat qila olish); diqqatni taqsimlay olish (bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olish) kabi 8 xil qobiliyatini

Доказательный фрагмент

«In this article, comments on the development of professional training of native language and literature teachers are presented, and the basic concepts in it are analyzed from a scientific point of view.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, comments on the development of professional training of native language and literature teachers are presented, and the basic concepts in it are analyzed from a scientific point of view. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
professional training, development, competence, skill, need, order, didactic, kommunikatsiya., ehtiyoj, didaktik, профессиональная подготовка, общение., порядок, buyurtma, rivojlantirish, развитие, communication., дидактика, компетентность, malaka, ko‘nikma, потребность, kasbiy tayyorgarlik, умение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники