Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Said ahmadning “qorako’z majnun” asarida o’zbek milliy urf-odatlari
SAID AHMADNING “QORAKO’Z MAJNUN” · Baxshilloyeva Gulnora Vahob qiz · Toirova Guli Ibragimovna
in Library · 2 · 2024
Аннотация
Milliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning zamonlar osha rivojlanib borishi. Millatga ta’siri. Milliy qadriyatlarning bugungi kundagi o’rni va yoshlarning ushbu qadriyatlarga munosabati. Kalit so’zlar: Urf-odat, nuroniy, lison, etnogenez, kolorit, etnograf, qadriyat, mentalitet. Til odamlar o'rtasidagi aloqa vositasi - tilni yaratuvchisi va tashuvchisi bo'lib, uning yordamida biz o'z fikrlarimizni va his-tuyg'ularimizni bir-birimizga bildiramiz. Shuning uchun ham til jamiyatning ajralmas qismidir va u jamiyat bilan parallel ravishda rivojlanadi. Jamiyatdagi har qanday hodisa adabiyotda aks etadi. Shuning uchun ikki xalqning adabiyotlarini taqqoslab tahlil qilish, farqlari va o'xshashliklarini aniqlash juda muhim, ammo ayni paytda juda qiziq. Milliy urf-odatlar- xalqning azaldan shakllangan, uzoq tarixga ega ekanligini ifodalaydi. Ular insonlarning turmushiga singib ketgan, hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan, doimoiy xalq orasida takrorlanib turadigan ko’nikmalar majmuyi hisoblanadi. Urf-odatlar har bir xalqda yashab, rivojlanib, boyib boradi. Har bir millatni o’ziga xos urf-odatlari, an’analari,qadriyatlari mavjud. Aslini olganda rivojlangan xalqlar shu urf-odatlar, qadriyatlar bilan tirik hisoblanadi. Ularning avloddan-avlodga o’tib kelishi bu an’ananing yana uzoq yillar davomida shakllanishiga katta zamin yaratadi. Ta’kidlaganimdek urf-odatlarning turlicha ko’rinishi mavjud. Misol tariqasida keltiradigan bo’lsam: bola tug’ilganda unga ism https://academics.uz/index.php/zfty 166 Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal 2024 Vol 2 Issue 2 ISSN 3030-3044 qo’yish, uning qulog’iga azon o’qish, muchal bayramini nishonlash, bolani namoz o’qishga o’rgatish, yoshi kattalarga hurmat, barchaga salom berish, ertalab turib uy- hovlilarni supurish, mehmonlarga alohida izzat-ikrom ko’rsatish, muhtojlarga yordam berish, qariyalar holidan xabar olish va boshqalar[1,3,4]. Xalqimiz feʼlidagi bagʼrikenglik, hotamtoylik, mehmondoʼstlik, oʼzaro hamkorlikda moyillik, gʼam- anduhi paytlarda nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni taʼminlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan tugʼilgan va sayqal topgandir. Ushbu urf-odatlarni Said Ahmaning “Qorako’z Majnun” asarida ham kuzatishimiz mumkin. Asardagi “Qorako’z Majnun” parchasiga e’tibor qarataylik. Asarning boshlanish qismida Saodat ayaning namoz o’qish jarayoni bilan boshlanadi. Bu ham musulmonlarga xos bo’lgan odat hisoblanadi. Asar davomida Saodat aya shunday jumlani keltiradi: “Otang chiqqan uyni tashlab ketolmayman, men ham shu uydan chiqazilaman”. Bu jumladan anglash qiyin emaski, otaga bo’lgan hurmat, e’tibor yaqqol ko’zga tashlanadi.Azalda otaga hurmat bolaning yoshlik vaqtlaridan unga uqtirilgan. “ Kampir hajga ketayotganlarga pensiyadan yiqqn pullarini “Hoji badal” uchun berib yuborgan edi. Bu ham bir urf-odatning bizga tanish bo’lgan ko’rinishi sanaladi. Yana bir urf-odatlarni sanab o’tadigan bo’lsam, mehmon kelganda uning oyog’i ostiga qo’u so’yish, mehmonni ketish payti sovg’a-salomlar bilan jo’natish, bolasi uchun Yassaviya maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirish, qo’y so’yib, xudoyi qilish, er yigitlarning armiya xizmatiga borishi, farzandga ism qo’yilish jarayoni. O‘zbek xalqida biron- bir tabiat hodisa ro‘y berayotgan vaqtda tug‘ilgan bolalarga ham alohida ism qo‘yish tutumi bo‘lgan. Masalan, agar bola shamol yoki bo‘ron bo‘layotganda tug‘ilsa, unga Shamolboy, Bo‘ron, Bo‘ronali, Bo‘ronberdi, Bo‘ronchi, Bo‘rongul ismlari qo‘yilgan. Dovul bo‘layotganda tug‘ilgan bola Dovulboy ismi berilgan[6]. Ma’lumki, quyosh charaqlab turgan paytda yomg‘ir yog‘sa, “bo‘ri bolalayapti” deb tushunilgan. Ota-bobolarimizning esa shunday ob-havoli kunda https://academics.uz/index.php/zfty 167 Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal 2024 Vol 2 Issue 2 ISSN 3030-3044 tug‘ilgan bolaga Bo‘riboy, Bo‘rixon kabi ismlarni berish odati bo‘lgan. Said Ahmad o‘zining “Qorako‘z Majnun” hikoyasida xalqimizning ana shu odatini esga olgan Bo’rixonga bunday ism qo’yilishining o’ziga yarasha sabablari bor. Misol tariqasida ushbu parchani sizga havola etaman: “Saodat aya shu bolasiga to’lg’oq tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomg’ir sharros quyayotgan edi. Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: Bo’ri bolalayapti, degandi. Shuning uchun ham u o’g’liga Bo’rixon deb ism qo’ygandi. Tarixdan ma’lumki, ism qo’yish jarayonining ham alohida bir o’zining o’rni bo’lgan. Nuroniy ota- bobolarimizning ta’kidlashlaricha: “Bolaga qo’yilgan ism uning kelajagiga ham ta’sir ko’rsatmay qolmaydi”. Inson o’z umri tugaganligini sezganda vasiyat qilib qolishga harakat qiladi. Bu ham urf-odatning bir turi hisoblanadi. Urf-odatlar xalq bilan tirik, u bilan barhayot yashaydi va taraqqiy etib boradi. Ushbu odatlar insonlar lisonida boyib boradi. Qadriyatlar xalqning etnogenezida muhim rol o’ynaydi. Ma’naviy faoliyatga kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari, qiliqlari,
Доказательный фрагмент
«Milliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning zamonlar osha rivojlanib borishi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning zamonlar osha rivojlanib borishi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- etnograf, ethnogenesis, mentalitet., etnogenez, этнограф, Tradition, value, intellectual, интеллектуал, mentality., ценность, lison, ethnographer, склад ума., nuroniy, color, язык, Urf-odat, qadriyat, kolorit, цвет, Традиция, этногенез, language
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026