Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АРМИЯ И ЕЕ УПРАВЛЕНИЕ В ПЕРИОД СЕЛЬДЖУКОВ
Baybajanova Dildora
Современная наука и исследования · 3 · 83–84 · 2024
Аннотация
This article analyzes the armed forces of the Seljuk Empire, the Turkish kingdom that emerged in the Middle Ages in Khorasan and was able to influence the entire Middle East, as well as its administration. The political and military role of the army in the Seljuk state is also partially covered. Key words: Seljuks, Turkmens, cavalry and infantry, regular army, Nizamulmulk. АРМИЯ И ЕЕ УПРАВЛЕНИЕ В ПЕРИОД СЕЛЬДЖУКОВ Аннотация. В данной статье анализируются вооруженные силы Империи Сельджуков – турецкого королевства, возникшего в средние века в Хорасане и способного влиять на весь Ближний Восток, а также его администрацию. Частично освещена также политическая и военная роль армии в государстве Сельджуков. Ключевые слова: сельджуки, туркмены, конница и пехота, регулярная армия, Низамулмульк. IX asrning boshlaridan Arab xalifaligi markazi bo‘lgan Bag‘dod siyosiy kurashlar va o‘zaro qarama-qarshi kuchlarning ziddiyatlari orasida qoldi. Bu kurashlarda kimning qo‘lida harbiy qudrat bo‘lsa, o‘sha tomonning qo‘li baland kelardi. Xususan, 809-813-yillarda xalifa Horun ar-Rashidning ikki o‘g‘li – Amin va Ma’munlar o‘rtasida fuqarolar urushi taqdirini hirotlik turk zodagoni Tohir ibn Husaynning Ma’munga ko‘rsatgan harbiy yordami hal etgan. Turk qo‘shinlari endilikda xalifalik markazida real hokimiyatni qo‘lga kiritib, xalifa va vazirlarni almashtirish darajasiga borib yetgan. XI asrdan e’tiboran Arab xalifaligidan ajralib chiqqan sharqiy hududlarda saljuqiy turklarning nufuzi orta boshladi. Saljuqiylar o‘g‘uz qabilasining katta bir urug‘i bo‘lib, X-XI asr boshlarida somoniylar va g‘aznaviylar qo‘shini tarkibida muhim o‘rin tutgan. Saljuqiylarning harbiy nufuzi yanada ortishiga asosiy sabab 1040-yili sodir bo‘lgan Marv yaqinidagi Dandanakon jangida qoraxoniylar va g‘aznaviylarning birlashgan qo‘shini ustidan g‘alaba qozonishi edi.1 Bu jang natijasida Xurosonda yangi davlat – Saljuqiylar davlati tashkil topa boshladi, G‘aznaviylar davlati esa siyosiy tushkunlik bosqichiga kirdi, buning oqibatida saljuqiylar bilan siyosiy jihatdan 1 аль-Истахри. Книга путей и стран // Хрестоматия по истории Халифата. — М.: МГУ, 1968. 1 66 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yetarlicha raqobat qila olmadi. Qoraxoniylar esa Movarounnahr bilan cheklanishga hamda Xurosonga bo‘lgan da’volaridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Saljuqiylarning qo‘shin tuzilishi Abbosiylar davrida xalifalik mudofaasi uchun yollangan turk g‘ulomlaridan iborat muntazam armiyadan keskin farq qilgan. Saljuqiylarning dastlabki qo‘shin birliklari muntazam bo‘lmay, oilasi va chorva mollari bilan ko‘chib yuruvchi aholidan tuzilgan edi. Ular yangi hudud va yaylovlarni o‘zlashtirish hamda u yerlarda muqim o‘rnashish uchun kerakli vaziyatda birlashib harakat qila olgan. Shuning uchun garchi muntazam armiyaga birlashmagan bo‘lsa-da, urushga tayyorlik qabilaning doimiy mashg‘ulotiga aylangan edi.2 Saljuqiylar davlati bosh vaziri Nizomulmulkning yozishicha, sulton Malikshoh hukmronligi davrida (1072-1092) podshoh ixtiyorida juda katta muntazam qoʻshin boʻlgan. Qo‘shin turkman qabilalari va mamluklarlardan tuzilgan bo‘lib, piyodalar, otliqlar va sultonning shaxsiy qoʻriqchilari kabi tarkibiy qismlarga ajratilgan. Nizomulmulk saljuqiylarning umumiy qo ‘shinlari sonini 400 ming deb xabar bergan. U sulton Malikshohning qo‘shinlar sonini 70 ming kishiga tushirish haqidagi takliflariga doimo qarshilik bildirgan va mamlakat qaltis siyosiy vaziyatda turganda qo‘shinlar zarurligini ro‘kach qilgan.3 Saljuqiylar imperiyasining madaniy markazlari Eron shaharlari edi. Vazir Nizomulmulk qo‘shinni mustahkamlash bilan birga madaniyat va ilm-fan rivojiga ham homiylik qilgan. Jumladan, astronom va matematik olim Umar Xayyomning 1079-yili Nishopurda rasadxona qurishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Saljuqiylar davlati tashkil topgandan keyin turkmanlar Anadoludagi saljuqiylar ekspansiyasining harakatlantiruvchi kuchi boʻlib qoldi. Malikshoh hukmronligidan keyin turkmanlarning harbiy nufuzi pasayib ketgan.4 Turkmanlarni siyosiy jihatdan boshqarish qiyin edi, ular talon-taroj qilishga moyil edilar. Biroq eng katta muammo ularning chorva uchun yaylovlarga bog‘liqligi edi. Saljuqiylar davlatini tashkil etgan koʻplab viloyatlar koʻchmanchi armiyani taʼminlash uchun tabiiy jihatdan noqulay edi. Turkmanlarning cheklanishini arab olimi Sibt ibn al-Javziy juda yaxshi ta’riflagan:5 “Sulton To‘g‘rul askarlariga oʻzlarini tayyorlab, chodirlari, bolalari va oilalarini Iroqqa olib kelish va u bilan birga Suriyaga joʻnashni buyurdi. Ular: “Bu yer vayron bo‘ldi, bu yerda na oziq- ovqat, na yem-xashak, na mablag‘ bor. Biz otlarning orqasida butun ume tura olmaymiz (ya’ni faqat otliq jangchi sifatida hayot kechira olmaymiz). Agar oilamiz, otlarimiz va hayvonlarimiz bu yerlarga kelsa, ularning yashashi uchun kerakli sharoit qilib bo‘lmaydi”. Turkmanlarning vatanga qaytish talabi tufayli uzoq yurishlarni to‘xtatishga,
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the armed forces of the Seljuk Empire, the Turkish kingdom that emerged in the Middle Ages in Khorasan and was able to influence the entire Middle East, as well as its administration.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the armed forces of the Seljuk Empire, the Turkish kingdom that emerged in the Middle Ages in Khorasan and was able to influence the entire Middle East, as well as its administration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Seljuks, Turkmens, cavalry and infantry, regular army, Nizamulmulk, turkmanlar, saljuqiylar, конница и пехота, Nizomulmulk., туркмены, регулярная армия, otliq va piyoda qo‘shin, muntazam armiya, Nizamulmulk., Низамулмульк., сельджуки
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024