Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МОДЕРНИСТСКИЕ ОБРАЗЫ В ТВОРЧЕСТВЕ АБДУВАЛИ КУТБИДДИНА
Otaqulova Dildora Oybek qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the life and work of Abduvali Qutbiddin, who created modernism in modern Uzbek poetry, is studied. The poems of the poet in the modern direction of his poems are analyzed. Key words and phrases: modernism, image, symbol, metaphor, artistry, image, lyrical hero. МОДЕРНИСТСКИЕ ОБРАЗЫ В ТВОРЧЕСТВЕ АБДУВАЛИ КУТБИДДИНА Аннотация. В данной статье исследуется жизнь и творчество Абдували Кутбиддина, создавшего модернизм в современной узбекской поэзии. Анализируются стихи поэта в современном направлении его поэзии. Ключевые слова и фразы: модернизм, образ, символ, метафора, художественность, образ, лирический герой. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati yangicha uslub, yangicha obrazlar, lirik mening kechinmalariga boy she’riyat sanaladi. “XX asr boshlari o'zbek adabiyotida yangi davrni berdi. O'zbek she'riyatining yulduzi Cho'lpon haqiqatan ham o'zbek she'riyatida buyuk ingilob qildi”[1.576]. Ayni modernizm kurtaklari uning ijodi bilan bog‘liqdir. Abduvali Qutbiddin o‘zbek she’riyatida yorqin iz qoldirgan shoirdir. U har bir she’rida, yangi ranglar, ohanglar izlab topishga intiladi. Shoir kechinmalarini ilg‘ash qiyindek, tasavvuringizga bu ingichka holatlar bir-biri bilan uzviy emasdek tuyulishi mumkin. Favqulodda o‘xshatishlar, kinoyalar, istioralar...o‘qib ajablanasiz, bu she’rlar boshqalarning she’rlariga sira o‘xshamaydi. Hatto bir qaraganda “qovushmagandek” bo‘ladi. Bu shoirning ilk kitobi dastlabki sahifalaridagi Vatan haqidagi she’rida namoyon bo‘ladi. O‘z tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan tuprog‘idan olisda yurgan lirik qahramon bahorning ilk kunlarida ona - zaminga oyoq qo‘yadi. U ona qishlog‘ini juda sog‘ingan edi. Uning diydoridan bahramand bo‘layotib butun vujudini ajib bir nur chulg‘agandek ko‘zlari charaqlab qalbi yayrab ketgandek bo‘ldi. Nogahon u vatanning ko‘z qorachig‘idek aziz ekanligini his etdi. Nurim, qorachiqqinam Yorim, onajonginam...[1] Lirik qahramon atrofga boqib tabiatning tengsiz rassomligidan hayratda qoladi. Bahor qishloqqa o‘zining ilk yomg‘irlarini sovg‘a qilgan va bu bilan u yanada iforli, shukuhli qiyofa kasb etgandi. Shoir ham Darg‘omga yuragining shabnamdek toza yomg‘iri – naysonni hadya etadi 1 21 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bahorning ilk yomg‘irlaridan Ko‘ngli toshib ketganday Darg‘om To‘kay dedim men ham bag‘rimni Yuragimning yomg‘iri - Nayson.[1] A.Qutbiddin siyqa qofiyabozlik, quruq va’z, soxta ba landparvozliklardan qochadi. U o‘y kechinmalarini oshkora bayon etmaydi, she’rlarida g‘oya va ma’no “mana men” deb bo‘y ko‘rsatmaydi. Balki bu asarlar she’rxonni o‘ylashga, mushohada yuritishga majbur qiladi. O‘zining rangin olamiga oshno etadi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldosh shoirning lirik qahramoni haqida shunday yozadi:”A.Qutbiddinning lirik qahramoni – 80 yillar farzandini turg‘unlik yillari tarbiyalab, hayotga yo‘l ko‘rsatgan edi. 80 yillar avlodi oldida mashaqqatli vazifa – juda ko‘p yolg‘on aralashgan kechagi va bugungi hayotdan insoniy haqiqatni zarra-zarralab terib Buyuk Haqiqatning yaxlit vujudini yaratish zarur edi. Bunga esa buyuk va sohir badiiyat qodir, xolos. Faqat ugina sohir aqldan ilgarilab ketishi, tarix sahifalari bo‘ylab sochilib ketgan hayotni faqatgina badiiy obrazlar bir nuqtaga jamlab, ko‘ngil mulkiga aylantirishi mumkin”. She’riyat - ko‘ngil mulki, yurak, sog‘inch farzandi. U sog‘inchdan yaraladi. Ko‘ngil esa hamisha mehrga, sevgiga tashna. Shoirning lirik qahramoni yuragida ham ishq – tashnalikdir. U qalbini o‘zgalarga, uni yaxshi ko‘rgan odamga hadya qiladi, “dilini sevgiga sotadi”. “Bir qiz olib ketdi uni uzoqqa U qizning qalbida kunday oqadi, U baxtdan ketadi endi semirib, Qiz uni muhabbat bilan boqadi”.[1] Inson tabiati ruhiyati bilan tirik. Ruhiyatidan ayrilgan odam faqat jism bilan yolg‘iz qoladi. Ba’zan yuraging dardga, iztirobga to‘lgan vaqtlarda yolg‘izlikni qo‘msab qolasan. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim [] aytganidek: “yolg‘izlik yarashar faqat xudoga”. Yolg‘izlik, telbalik bir orol... Mushtday kabutarga bir armon. O‘ylaysan dunyoda zo‘r qirol – Nahotki Robinzon, Robinzon.[1] Robinzon kimsasiz orolda taqdir hukmi bilan yigirma yetti yil yashagan, lekin hech qachon insonlik qiyofasini yo‘qotmagan. Ammo lirik qahramon Robinzon taqdiriga buysunolmaydi. Yolg‘izlik, telbalik sho‘r taqdir. Mushtday kabutarga bir armon. Sen sog‘inib kelgan oroldan Ketib qolgan ekan Robinzon...[1] Yolg‘izlik tushunchasi shoirning “Sevilmagan ayol” she’rida o‘ziga xos yo‘sinda ifodalanadi. Aslida bu dunyo g‘alati. Sevsangu sevilmasang? Sevilib sevmasang? Kunlar yozingizni tark etib qo‘ydi, Chiroq yog‘dusida yuzingiz o‘chiq. Mo‘riday seruchqun umid yopildi, Tutun yo‘q 1 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kulga aylanibdi xushbo‘y isiriq...[1] Shoir she’rda ohori to‘kilmagan tashbih, metafora va oksimoron birikmalarni qo‘llaydi. Masalan;”ko‘zingi
Доказательный фрагмент
«In this article, the life and work of Abduvali Qutbiddin, who created modernism in modern Uzbek poetry, is studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the life and work of Abduvali Qutbiddin, who created modernism in modern Uzbek poetry, is studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: modernism, image, symbol, metaphor, artistry, image, lyrical, метафора, художественность, lirik qahramon, ramz, лирический герой., modernism, символ, lyrical hero., модернизм, metafora, badiiylik, modernizm, tasvir, образ, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025