К содержанию
РецензированоRU2024

ИСТОРИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ПСИХОЛОГИИ

IJTIMOIY PSIXOLOGIYA TARIYXI · Daribaev Atabay Baxit o'g'li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The purpose of this article is to step-by-step study the history of the science of Social Psychology and the ways of its development, and to get acquainted with the scientists and their opinions who have made their contributions to the development of the science of Social Psychology. Keywords: psychology, personality, Social Psychology, Society, behavior. ИСТОРИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ПСИХОЛОГИИ Аннотация. Целью данной статьи является поэтапное изучение истории науки социальной психологии и путей ее развития и знакомство с учеными, внесшими свой вклад в развитие науки социальной психологии, и их мнениями. Ключевые слова: психология, личность, социальная психология, общество, поведение. Biz bilamiz Psixologiya fani tarixi uzоq o'tmishga borib taqaladi. Psixologiya fani 1879- yili Vilgelm Vundt tomonidan Lepsik universitetida birinchi bor Eksperiment laboratoryaning tashkil etilishi bilan mustaqil fan sifatida e’lon qilindi. Lekin Psixologiya fani unnan ilgari ham bor boʻlganligi uning falsafa fani tarkibida rivojlanganligini bilamiz. Ana shunday Ijtimoiy psixologiyaning bir yo’nalishi bo'lgani uchun u bilan bir xil rivojlangan. Bunga misol Amerikalik olim S.Olport ijtimoiy Psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko‘zga ko‘ringan arboblardan hisoblangan Platon nomi bilan bog‘liq deb yozgan edi. Platon o‘zining “Davlat va Qonunlar” 1 deb nomlangan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqasi masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir birlikka, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlariga bo‘ysinadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o‘zgarishlarning sababchisi, chunki unda, imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Bunnan ko’rinadi- ki Psixologiya fanining rivojlanishida o’z hissasini qoshgan olimlar usha davrda ijtimoiy psixoliya rivojlanishida dastlabki maʼlumotlarni berib o’tkan. Ulardan keyingi – yangi davr faylasuflari – Gobbs, Gelvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Sharq faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda izohlashga uringanlar, lekin hech qaysisi bu muammoni ijtimoiy – psixologik muammo darajasiga ko‘tara olmadilar. Ijtimoiy psixologiya fanini faylasuflar bilan bir qatorda sotsiyoliklar ham o’rgangan. 9 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyuns Kont, Gerbert Spenser va boshqalar jamiyatdagi ijtimoiy xodisalarni o‘rganish uchun albatta o‘ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o‘rganmoq lozim, degan fikrni qat‘iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriyel Tard har bir individda ijtimoiy fakt borligini, bu narsa uning miya doirasidagini emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha, doimo individlar aro munosabatni o‘z ichiga olib bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o‘rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Keyinchalik XX asrning boshida Ijtimoiy xulq-atvor instiklari nazariyasi Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Vilyam Magduall bo’lib, u o’zining 1908- yilda yozgan “Ijtimoiy psixologiyaga kirish“2 kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatka keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Ham shu yili Amerikalik sotsiolog E.Ross ijtimoiy Psixologiya darsligini nashirdan chiqardi. Ham shu yili ijtimoiy psixologiya tarixida katta yangilik yani ijtimoiy psixologiya fani mustaqil fan sifatida tan olindi. Ham keyinchalik bu fanga boʻlgan eʼtibor yanada kuchaydi. Shu singari bizning yurtimizda ham bu fanga boʻlgan eʼtibor juda ham kuchaydi bu yorqin ko’rinishi sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov Oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo’lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo`lmogʼi, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog’i zarur.

Доказательный фрагмент

«The purpose of this article is to step-by-step study the history of the science of Social Psychology and the ways of its development, and to get acquainted with the scientists and their opinions who have made their co…»

Образец извлечения

Демо-превью

The purpose of this article is to step-by-step study the history of the science of Social Psychology and the ways of its development, and to get acquainted with the scientists and their opinions who have made their co… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psychology, personality, Social Psychology, Society, behavior, Psixologiya, поведение., личность, Ijtimoiy psixologiya, xulq-atvor., социальная психология, общество, behavior., jamiyat, shaxs, психология
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники