Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ СЛОВОСОЧАСТИЯ В ФОРМИРОВАНИИ РЕЧИ
Atajanova Farangis
Современная наука и исследования · 2006
Аннотация
This article comments on the role of the syntactic section and the function of the phrase in the formation, continuation and termination of speech communication. Some comments about the linguistic possibilities of speech communication and the role of speech phraseology are highlighted. Key word: Speech, monologue, speech communication, dialogue, linguistics, syntax, adaptation, negotiation, management. ЗНАЧЕНИЕ СЛОВОСОЧАСТИЯ В ФОРМИРОВАНИИ РЕЧИ Аннотация. В данной статье комментируется роль синтаксического отдела и функция словосочетания в формировании, продолжении и завершении речевого общения. Освещены некоторые замечания о языковых возможностях речевого общения и роли речевой фразеологии. Ключевые слова: Речь, монолог, речевое общение, диалог, лингвистика, синтаксис, адаптация, общение, управление. Kundalik faoliyatimizda insonlar bilan lisoniy va nolisoniy shakllarda nutqiy muloqatga kirishamiz. Albatta, bu nutq sharoiti va vaziyatiga bog‘liq holda amalga oshadi. Shu bois nutqning ham har xil turlari yuzaga keladi. “Nutq arabcha so‘z bo‘lib, “so‘zlash”, “gapirish” qobilyati degan ma’noni bildiradi1. Albatta, bu faqat gapirish va so‘zlash orqaligina amalga oshadi degan fikrdan 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 67. 12 yiroqmiz. Nutq – insonlarning fikrini ifodalash va boshqa insonlar bilan fikr almashinishga xizmat qiluvchi vosita ekanligini hisobga olsak, uning amalga oshishi turli turli xil kechadi. Masalan, og‘zaki nutq, yozma nutq, imo-ishoralar asosida(noverbal) amalga oshadigan nutqlar asosida muloqotga kirishamiz. Nutq inson ongi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Chunki, inson ongida o‘ylagan fikr va g‘oyalarini nutqi orqali boshqalarga yetkazadi. Shu boisdan u vaziyatga, nutq sharoitiga, makonga, nutq holatiga bog‘liq. Xususan, og‘zaki va yozma nutq faol nutqiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Og‘zaki leksemasining lug‘atlardagi ta’rifiga asoslanadigan bo‘lsak, nutqiy muloqat natijasida yuzaga keladigan jarayondir2. O‘TILdagi yozma leksemasiga qaraydigan bo‘sak, xat, yozuv vositasida ifodalangan, yozilgan, yozma ma’lumot3. Albatta, grammatik qoidalarga asoslangan, maxsus qoliplarga ega bo‘lgan nutqning shakllanishiga muhim jarayonlar sabab bo‘ladi. Xususan, sintaksis bo‘limining bundagi ahamiyati muhim sanaladi. “matnda so‘z birikmasi leksema ma’nosini batafsil yoritishga xizmat qilishga ham xizmat qiladi4.” Sintasis [yun.syntaxis tuzish, biriktirish; tuzilma, tarkib, birikma] ma’nosini anglatadi. Ular: a) biror tildagi so‘zlarning so‘z birikmalariga va gaplarga ajratish usullari, shuningdek, so‘z birikmalari va gaplarning turlari va ma’nolarini qamrab oladi. b) so‘z birikmalari va gaplarning, sodda gaplarning esa qo‘shma gaplarga birikish usullarini, so‘z birikmalari va gaplarning tuzulishi, ma’nosi va vazifalarini o‘rganadigan bo‘limi5. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, sintaksisda so‘z birikmasining o‘ziga xos xususiyatlarini va gap va uning turlariga oid bo‘lgan xususiyatlarni tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi6. So‘z birikmasi tobe va hokim so‘zning qaysi vosita orqali bog‘lanishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1)boshqaruv; 2)moslashuv; 3)bitishuv. Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum(-ni), jo‘nalish(-ga, -ka,-qa), o‘rin-payt kelishigi(-da), chiqish kelishik(-dan) qo‘shimchalari va ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi. 2 Bu haqida qarang. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 184. 3 Bu haqida qarang. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 27. 4 Qarang. Yuldashev F. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini”: Filol. fan…dokt.. (DSc) ... diss. avtoref. – Qarshi, 2023. – B. 12 5 Qarang. Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, 2009.– Б. 267 6 Qarang. Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, 2009.– Б. 267 13 Masalan: kitobni o‘qimoq, institutga bormoq, ruchkada yozmoq, uydan chiqmoq, dugonam bilan bormoq. Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi(-ning) yordamida, hokim so‘zning tobe so‘zga egalik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuv deyiladi. Masalan:opamning kitobi. So‘z birikmalari tarkibida tobe va hokim so‘zning hech qanday qo‘shimchasiz faqat ohang yordamida bog‘lanishi bitishuv deyiladi. Masalan: chiroyli yozmoq. Aynan yuqoridagi bog‘lanishlar nutqning eng kichik turlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa savol-javob jarayonidagi nutqda javob tariqasidagi nutq aksariyat hollarda so‘z birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Anashu jarayonda bir nechta holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, nutqning uslubiy qulayligi; nutqning uslubiy g‘alizligi; nutqning ixchamligi, nutq
Доказательный фрагмент
«This article comments on the role of the syntactic section and the function of the phrase in the formation, continuation and termination of speech communication.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article comments on the role of the syntactic section and the function of the phrase in the formation, continuation and termination of speech communication. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Речь, монолог, речевое общение, диалог, лингвистика, синтаксис, syntax, sintaksis, Speech, dialog, management., speech communication, adaptation, общение, tilshunoslik, negotiation, boshqaruv., bitishuv, monologue, monolog, nutqiy muloqot, Nutq, dialogue, linguistics, управление., адаптация, moslashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014