К содержанию
РецензированоUZ1992

Tel:+998990738629

Rustamov Said Kamol o’g’li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 1992

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. WTOga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xalqaro savdoga integratsiyalashuv, investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon bilan bog‘liq xavf va muammolar ham mavjud bo‘lib, ular davlat tomonidan samarali siyosat va islohotlar orqali bartaraf etilishi kerak. Maqolada ana shu imkoniyat va muammolar chuqur o‘rganilgan, statistik ma’lumotlar, xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida tahliliy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar : O‘zbekiston, Jahon Savdo Tashkiloti, WTO, xalqaro avdo, moliyaviy xizmatlar, investitsiyalar, iqtisodiy integratsiya, eksport, iqtisodiy barqarorlik, islohotlar, moliya tizimi, iqtisodiy raqobat, tashqi savdo siyosati. Kirish : 1992 yildan buyon O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining iqtisodiy siyosatini shakllantirib kelmoqda. Globalizatsiya jarayonlari sharoitida davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi ko‘p jihatdan xalqaro integratsiyaga bog‘liq. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni tartibga soluvchi asosiy tashkilot sifatida dunyo iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. JSTga a’zo bo‘lish har bir davlat uchun o‘zining iqtisodiy siyosatini modernizatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini beradi. O‘zbekistonning JST a’zoligi uzoq davom etgan muzokaralar va tayyorgarlik jarayonlaridan so‘ng 2026-yilda yakunlanishi belgilangan. Ushbu maqola O‘zbekiston uchun bu jarayonning moliya va iqtisodiyotga ta’sirlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Jahon Savdo Tashkiloti — 164 ta a’zosiga savdo qoidalari asosida o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi xalqaro tashkilotdir. Uning asosiy vazifalari: savdo tariflari va bojxona to‘siqlarini kamaytirish, xalqaro savdoda adolat va oshkoralikni ta’minlash, savdo nizolarini hal qilish mexanizmlarini yaratishdan iborat. O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonida qonunchiligini global talablar bilan uyg‘unlashtirib, soliq, bojxona va moliyaviy regulyatsiya sohalarida islohotlar amalga oshiradi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonining mamlakat moliya va iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash hamda ushbu jarayonni yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston iqtisodiyoti va moliya tizimi tanlangan bo‘lsa, predmeti esa Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni hamda uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri hisoblanadi. Asosiy qism : Tadqiqot jarayonida bir qancha usullar qo‘llaniladi. Avvalo, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, hukumat hisobotlari, JST rasmiy materiallari hamda xalqaro tashkilotlarning tahlil hujjatlari keng qamrovda o‘rganiladi. Bu usul orqali tadqiqotning nazariy asoslari shakllantiriladi va JSTga a’zo bo‘lishning iqtisodiyotga ta’sirining asosiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, tadqiqotda statistik ma’lumotlar tahlili katta o‘rin tutadi. Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon Savdo Tashkiloti va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, eksport-import hajmi, investitsiyalar darajasi va moliyaviy tizim ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi. Bu orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan oldingi va keyingi davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Tadqiqotda taqqoslash usuli ham qo‘llanilib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining xalqaro standartlarga moslashuvi va uning global iqtisodiyotga integratsiyasi darajasini baholashga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot amaliy jihatlarini yanada boyitish maqsadida iqtisodchilar, moliya sohasidagi mutaxassislari hamda davlat tashkilotlari vakillari bilan intervyu va so‘rovnomalar o‘tkazadi. Ushbu metodlar orqali tadqiqot sub’ektlarining fikrlari va JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi tajribalari o‘rganiladi.Tadqiqotning empirik qismida esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo statistikasi asosida turli statistik usullar — xususan, regressiya tahlili qo‘llanib, JSTga a’zo bo‘lishning Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 629 ISSN: 2181-2861 iqtisodiyotga ta’siri aniqlanadi. Bu usul orqali o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqlik va JST a’zoligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri ko‘rsatiladi. Tadqiqotda foydalanilgan asosiy ma’lumotlar milliy statistika hisobotlari, JSTning rasmiy hujjatlari, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondining iqtisodiy tahlillari, shuningdek, ilmiy maqolalar va intervyu natijalaridan iborat.Shu bilan birga, tadqiqotda ba’zi cheklovlar ham mavjud. Jumladan, ayrim ma’lumotlarning to‘liqligi va yangilig

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jahon savdo, savdo tashkiloti, jstga lish, tashkiloti wto, lish jarayoni, jarayoni hamda, mamlakat moliya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники