Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Xo’janazarov Samandar Bobir o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagokika insituti Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi tel +998( 91) 584 47 04
Xo’janazarov Samandar Bobir o’g’li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026
Аннотация
Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim joriy aktivlardan biridir. Ularni to‘g‘ri baholash va samarali tahlil qilish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulot tannarxining aniqligi hamda korxona foydaliligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda tovar-moddiy zahiralarni baholashning amaldagi usullari, ularning ustun va zaif jihatlari, shuningdek,zahiralarni baholashda bo’ladigan muammolar aks ettirilgan, korxonalarda hisob va tahlil jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so’zlar:Tovar-moddiy zahiralar, tovar moddiy zahirlarini baholash,materiallsr ,uzluksizlik, tayyor mahsulot ,samaradorlik,tovar moddiy zahiralar tahlili. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tovar-moddiy zahiralar ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib, ular katta hajmdagi moliyaviy resurslarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu zahiralarni to‘g‘ri baholash va tahlil qilish korxona ishlab chiqarish hajmi, tannarxi hamda moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Amaliyotda esa ko‘plab korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni boshqarish va baholashga yetarli e’tibor berilmasligi natijasida ortiqcha mablag‘ sarflanishi yoki resurslardan samarasiz foydalanish holatlari kuzatiladi. Shu bois, tovar-moddiy zahiralarni baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish va ularni muntazam tahlil qilib borish korxonada ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi hamda iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy- madaniy vazifalami amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar1 Tovar-moddiy zaxiralar-bu quyidagi aktivlardir: - odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan; - bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan; -ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xomashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar. “Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz ta’minlash va mahsulotni iste’molchiga yetkazishdagi asosiy vositalardan biridir. Ularning to‘g‘ri hisobga olinishi va baholanishi korxonaning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir qiladi.” Ishlab chiqarish zaxiralari - xo‘jalik yurituvchi subyektda keyinchalik qayta ishlashga yo‘naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan buyumlardir2 Xomashyo va asosiy materiallar - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming moddiy asosini tashkil etadi yoki uni tayyorlashningzaruriy qismi hisoblanadi. Samaradorlik — bu iqtisodiyotda, boshqaruvda yoki ishlab chiqarishda erishilgan natija bilan unga sarflangan resurslar (vaqt, mehnat, mablag‘, materiallar) o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydigan tushunchadir.Oddiy qilib aytganda, samaradorlik — bu kam resurs bilan ko‘proq natija olish demakdir.Ya’ni korxona qancha resurs sarflab, shuncha foyda yoki mahsulot olganini ko‘rsatadi. 1 . Вarry Elliot, Jam Elliot. Financial accounting and reporting. (IS B N 9 7 8 -1 -292- 08057-4) L ondon, 2015. 17 th Edition. 101 p 2 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 232-page, 2014 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 409 ISSN: 2181-2861 Uzluksizlik — bu korxonaning ishlab chiqarish yoki savdo faoliyati to‘xtovsiz, muntazam ravishda amalga oshib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda tovar-moddiy zahiralar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki zarur materiallar yoki xomashyo yetishmasa, butun ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qoladi. Tayyor mahsulot - barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan hamda sotish uchun moijallangan buyumlar3 Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda: mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish, maʼmuriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar zaxiralari; boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari; mexanizm qismlari, qurilmalar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yigʻilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar koʻrinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Xizmatlar koʻrsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tom
Доказательный фрагмент
«Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim joriy aktivlardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюTovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim joriy aktivlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ishlab chiqarish, tovar-moddiy zahiralar, jalik yurituvchi, chiqarish jarayonining, tovar-moddiy zahiralarni, chiqarish jarayonida, mahsulot ishlab
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009