К содержанию
РецензированоRU2026

Сущность гендерного анализа в управлении государством и обществом и его методологические подходы

MOHIYATI VA UNING USLUBIY YONDASHUVLARI · Azizova Mahbuba · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика · 28 · 2026

Аннотация

В статье раскрывается сущность понятия гендерного анализа и подчеркивается необходимость его применения в социально- политической реальности. Также рассматриваются методологические подходы к проведению гендерного анализа. Ключевые слова: гендерный анализ, государственная гендерная политика, схема Мозера, матрица гендерного анализа, Гарвардский аналитический подход. Annotation. The article describes the essence of the concept of gender analysis and the need for its application in social-political reality, as well as methodological approaches to gender analysis. Key words: gender analysis, state gender policy, Moser scheme, gender analysis matrix, Harvard analytical approach. Gender tushunchasi (inglizcha gender, lot. Genus – urug‘, jins) jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u an’anaviy jamiyatlarda erkaklarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ayollardan ustunligining sabablarini aniqlash asosida tashkil topgan. Oxirgi o‘n yilliklarda mazkur hodisalar qayta ko‘rib chiqilmoqda, va bu jarayonlar siyosiy va ijtimoiy gender masalalari bo‘yicha muhokamalarda o‘z ifodasini topmoqda. Misol uchun, BMT kun tartibiga kiritilgan gender tengligi bo‘yicha vazifalar o‘z ichiga ayollarning jamiyat siyosiy hayotida faolligini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi ta’sirini oshirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish kabilarni oladi. Gender tengligi sohasidagi eng samarali va foydali qurollardan biri – bu gender tahlili (GT) hisoblanadi va u jamiyatning barcha sohalaridagi ayollar va erkaklarning turli guruhlarining manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun byudjet mablag‘larini 85 "Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика" yo‘naltirish imkonini beradi. GT davomida ayollar va erkaklarga xos bo‘lgan turli faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning hayot tarzlari, ehtiyojlari, ularning turli resurslarga egalik qilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Gender tahlilida mazkur o‘zaro aloqador hodisalarning barchasi kengroq ijtimoiy, siyosiy va ekologik kontekstda tadqiq qilinadi, va unda hokimiyatning taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va sabablari nisbatan chuqur o‘rganiladi. Gender tahlilining metodlaridan, shuningdek, inson resurslarini boshqarish va davlat byudjetini ishlab chiqish kabi amaliy sohalarni baholashda ham qo‘llanilishi mumkin. Gender tahlili - o‘rganilayotgan ob’yektning, masalan, ijtimoiy hodisaning gender omiliga bog‘liqligini yoki aksincha - o‘rganilayotgan ob’yektning jinsga ta’sirini aniqlash [1]. Shuningdek, gender tahlili - jamiyat va davlatning barcha sohalarida mavjud yoki taklif etilayotgan dasturlar, qonunchilik, davlat siyosati orqali ayollar va erkaklarga turli ta’sirlarni baholash jarayonidir hamda sifatli ma’lumot to‘plash va iqtisodiyot va jamiyatdagi gender tendensiyalarini tushunish, bu bilimlardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va kundalik ishda yechim topish uchun foydalanishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy jarayonlarni tushunish uchun vositadir. Gender tahlili jamiyatdagi erkaklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarini tadqiq etadi va aniqlaydi, bu boradagi tengliklarga urg‘u beradi va quyidagi savollarni o‘rtaga tashlaydi: Kim nima bilan shug‘ullanyapti? Kim nimaga egalik qilyapti? Kim qanday tarzda qaror qabul qilyapti? Kim yutyapti? Kim yutqazyapti? Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida tadqiqotchilar, shuningdek, erkaklar va ayollarning jamiyatdagi rollari va maqomlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘ladi. Gender tahlilida oiladagi hukmronlik munosabatlari va xalqaro, davlat, bozor va mahalliy jamoatchilik darajasidagi hokimiyat munosabatlari bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi. Ayollar va erkaklar orasidagi barcha tengsizliklar, shuningdek, ijtimoiy sinf, irq etnik va diniy kelib chiqish, nogironlikning mavjud bo‘lishi kabi omillar bilan ham belgilanadi. Erkaklar va ayollar tomonidan bir xil sharoitlarda qabul qilinadigan qarorlar bir-biridan keskin farqlanishi mumkin va u yoki bu savollarning turli gender guruhlari uchun ahamiyati ham bir xil emas. Masalan, UN Global Pulse va Leyden universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Sex disaggregation of social media posts” (UN Global Pulse, 2016) loyihasida ayollar va erkaklarning muhim deb hisoblovchi sohalari turlicha bo‘lib chiqqan (mazkur tahlil Twitter tarmog‘iga joylangan postlar asosida o‘tkazildi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarni 86 «Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика» ko‘proq transport tizimi va yo‘l tarmog‘ining yaxshilanishi, yaxshi ta’lim, erkaklar va ayollar tengligi, jinoyatchilik va zo‘ravonlikdan himoya, telefon aloqasi va Internet tarmog‘iga egalik muammolari o‘ylantiradi. Erkaklar esa ko‘proq iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish, korrupsiyalashgan mas’uliyatli hukumat, mehnat bozorida imkoniyatlarning yaxshilanishi, va siyosiy erkinliklar masalalari ustida ko‘proq bosh qotiradi. Tadqiqot shundan

Доказательный фрагмент

«В статье раскрывается сущность понятия гендерного анализа и подчеркивается необходимость его применения в социально- политической реальности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье раскрывается сущность понятия гендерного анализа и подчеркивается необходимость его применения в социально- политической реальности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender analysis, state gender policy, Moser scheme, gender, Moser sxemasi, государственная гендерная политика, гендерный анализ, Moser scheme, матрица гендерного анализа, Harvard analytical approach, gender analysis, davlatning gender siyosati, gender tahlil matritsasi, state gender policy, Гарвардский аналитический подход, Garvard analitik yondashuvi, gender analysis matrix, gender tahlil, схема Мозера
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники