Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УЗБЕКИСТАН И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРАВА НА КОНФИДЕНЦИАЛЬНОСТЬ
XORIJ TAJRIBASI · Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi · Ravshanova Oyshabonu Salom qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes the guarantees of a person's right to privacy in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Foreign experiences related to this right have also been studied. Keywords: Personal life, family secrets, citizenship, political rights, penal system, physical harassment, compulsory community service, judicial investigation activities, administrative punishment, compulsory community service, correctional work. УЗБЕКИСТАН И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРАВА НА КОНФИДЕНЦИАЛЬНОСТЬ Аннотация. В данной статье анализируются гарантии права человека на неприкосновенность частной жизни в законодательстве Республики Узбекистан. Изучался также зарубежный опыт, связанный с этим правом. Ключевые слова: Личная жизнь, семейная тайна, гражданство, политические права, уголовно-исполнительная система, физическое притеснение, обязательные общественные работы, судебно-следственная деятельность, административное наказание, обязательные общественные работы, исправительные работы. Shaxsiy hayot – jismoniy shaxsning o‘zi tomonidan olib boriladigan, tashqi ta’sirdan xoli bo‘lgan uning jismoniy va ruhiy hayotidir. Shuningdek, shaxsiy hayot bu oilaviy, maishiy muloqot muhiti, diniy munosabati, ishdan xoli mashg‘uloti, shaxsiy qiziqishlari va shu doiradagi chegaralangan muhitlar bo‘lib, shaxs bular haqida ma’lumotlar oshkor etilmasligini talab qilishi mumkin. Misol uchun, shaxsiy hamda oilaviy sir sifatida farzandlikka olish sirini, er-xotinning o‘zaro hayoti, shuningdek, boshqa shaxslar bilan yashirin munosabatlari hatto ishqiy 1 19 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ munosabatlari ham shaxsning o‘z roziligisiz oshkor qilinmasligi bo‘yicha qonunchilikda belgilab qo‘yilgan normalar mavjud. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasida har kim shaxsiy daxlsizlik huquq ega ekanligi, shuningdek, 12-moddasida hech kimning shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish mumkin emasligi, shuningdek, har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt”ning 17- moddasida quyidagicha belgilangan: “Hech kim o‘zining shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashishga, o‘zining uy-joyi yoki yozishmalari siri daxlsizligiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va sha’niga noqonuniy tajovuz qilinishiga duchor etilishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega”. Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini tashkillashtirishni takomillashtirish boʻyicha izchil va bosqichma-bosqich, xususan, qiynoqlarning oldini olish uchun zarur tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiga qoʻshilishi davlatning inson huquqlari va erkinliklarining umumeʼtirof etilgan qadriyatlariga boʻlgan intilishlarini yana bir bor tasdiqladi. Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlariga rioya qilish boʻyicha bir qator xalqaro standartlarni tan olish, davlat jazoni ijro etish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalariga eʼtiborini yanada kuchaytirdi. Eng avvalo, insonning shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan bog‘liq kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida belgilangan bo‘lib, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sud-huquq sohasini isloh qilishda muhim hodisa boʻldi. Farmonga koʻra Oʻzbekistonda jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qoʻllash, jinoyat ishi doirasida noqonuniy yoʻl bilan olingan har qanday audio va video yozuv hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish qatʼiyan man qilingan. Bundan tashqari, 2018-yil 4-aprelda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga koʻra qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllaganlik uchun masʼuliyat kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shaxsiy daxl
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the guarantees of a person's right to privacy in the legislation of the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the guarantees of a person's right to privacy in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Personal life, family secrets, citizenship, political rights, penal system, physical, исправительные работы., physical harassment, судебно-следственная деятельность, axloq tuzatish ishlari., correctional work., обязательные общественные работы, administrative punishment, семейная тайна, jismoniy tazyiq, sud-tergov faoliyati, oilaviy sir, compulsory community service, административное наказание, fuqarolik, judicial investigation activities, Shaxsiy hayot, политические права, siyosiy huquqlar, jazoni ijro etish tizimi, уголовно-исполнительная система, гражданство, Личная жизнь, физическое притеснение, majburiy jamoat ishlari, ma’muriy jazo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026