Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОТРАЖЕНИЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА В ЗАКОНЕ О СТАТУСЕ ПЕДАГОГА
AKS ETISHI · Fayziev Xurshid Jumaevich
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article talks about the specific features of the law "On the status of a teacher" and the expression of human rights in this law. Key words: the law "On the status of the pedagogue", human rights, the Ministry of Justice, the rights of the pedagogue. ОТРАЖЕНИЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА В ЗАКОНЕ О СТАТУСЕ ПЕДАГОГА Аннотация. В данной статье говорится об особенностях закона «О статусе учителя» и выражении прав человека в этом законе. Ключевые слова: закон «О статусе педагога», права человека, Министерство юстиции, права педагога. Ma`lumki jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning roli juda ham beqiyosdir. Har tomonlama ziyoli va o`qimishli avlodni ta`minlashda pedagoglarning roli salmoqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan o‘qituvchi va muallimlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirish kerakligini ta’kidlagandi. Davlat rahbarining shu tashabbusi ijrosi sifatida Adliya vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi[1]. “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi qonun joriy yilning 1 fevralida prezidentimiz tomonidan imzolandi. Ushbu qonun ilk bor pedagog huquqlarini inson huquqlarining bir qismi sifatida qonunchiligimizda yangi sahifa ochdi. Bundan buyon, pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi[2]. Pedagogni siyosiy va ijtimoiy aхamiyatga ega boʻlgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini roʻyхatga olish ishlarida koʻmaklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga koʻra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qoʻshimcha haq toʻlash evaziga, ishdan boʻsh vaqtida yoki ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi[3]. Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish; 1 19 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik ko‘rsatish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish; kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish; o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish; ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olish; ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; o‘z kasbiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagoglarning jamoat birlashmalariga birlashish va ularda ishtirok etish; o‘z kasbiy faoliyatiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish; pedagogik faoliyati davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta’lim oluvchilarning bilimini mustaqil baholash; ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish (davlat ta’lim tashkilotlari uchun); ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish. Pedagog qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin[4]. Shu bilan birga, pedagog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi ham ushbu qonunda nazarda tutilgan. Hozirgi kunda, O‘zbekistonda 10 mingdan ziyod ta‘lim muassasalarida 700 ming atrofida pedagoglar faoliyat yuritishmoqda[5]. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan reformalarning bir qismi sifatida qarash lozim. Albatta bu kelgusida, kelajak avlod ta`limi va tarbiyasi bilan band bo`lgan soha vakillarining faoliyatida samarali ta`sir ko`rsatadi.
Доказательный фрагмент
«This article talks about the specific features of the law "On the status of a teacher" and the expression of human rights in this law.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the specific features of the law "On the status of a teacher" and the expression of human rights in this law. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the law "On the status of the pedagogue", human rights, the Ministry of Justice, “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi qonun, the law, Министерство юстиции, права человека, pedagogning huquqlari., Adliya vazirligi, права педагога., inson huquqlari, закон «О статусе педагога»
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025