Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФУНКЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ НА ОСНОВЕ КРЕДИТНОГО МОДУЛЯ
Choriqulov Rustamjon Ibodullo o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2020
Аннотация
In this thesis, information about the functions of organizing independent education based on the Credit module was presented. Key words. Credit module, independent education, student, personnel, cognitive, problematic issue. ФУНКЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ НА ОСНОВЕ КРЕДИТНОГО МОДУЛЯ Аннотация. В данной дипломной работе была представлена информация о функциях организации самостоятельного образования на основе Кредитного модуля. Ключевые слова. Кредитный модуль, самостоятельное образование, студент, кадры, познавательный, проблемный вопрос. Hozirgi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilayotganligi sir emas.O’zbekistondagi deyarli barcha universitet, institut oliy ta’lim muassasalariga o’quv tizimini yanada takomillashtirish, dars jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida jahon standartlariga mos ravishda kredit modul tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida “Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” nizom tasdiqlangandir. Mazkur tizimda talabaning reyting bali maxsus formula yordamida hisoblab chiqiladi.Aynan kredit modul tizimining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, bunda talaba ko’proq student centered learning (ya’ni dars jarayonining markazida talaba turadi va o’zi ko’proq mustaqil izlanadi) mustaqil ta’limga asoslanganligidadir. An’anaviy ta’lim tizimini foizlarda 423 ifodalaydigan bo’lsak 60-70/30% nisbatda (70 o’qituvchi/30 talaba) bo’lsa, bu ko’rsatkich kredit modul tizimida aksinchadir.(60% talaba, 40% o’qituvchi nisbatida). O’z –o’zidan bu ta’lim tizimining joriy etilganligi talabaning o’quv jarayonini samarali rag’batlantirish va mustaqil izlanishga undash uchun juda muhim omildir. Ta’lim jarayonida kredit uchun tanlangan fanlarning uchdan ikki qismi ya’ni bir qator kerakli masalalari va muammolari mustaqil ta’lim orqali o’zlashtiriladi. Kelajakda sifatli va yetuk kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalishlaridan biri bu: talabalar o’zlari mustaqil bilimlarini toʻldirishi, ma’lumotlar oqimidan kerakli ma’lumotlarni ajratishi, qayta ishlay olishi shu bilan birga tahlil qila olish qobiliyatlarini ham shakllantirishidir. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun o’qitishning interfaol usullaridan turli xillarini qo’llash, aynan o’quv jarayonida pedagogik faoliyat elementlaridan keng foydalanishni nazarda tutadi. Talabalar uchun mustaqil ta’lim faoliyatining to’rtta asosiy turi (funksiyalari) mavjud bo’lib ular: 1) O’rganish (o’quv) jarayonida o’zi javob topishi kerak bo’lgan savollarni ajratib ko’rsata olish qobilyatini shakllantirishga qaratilgan tur. Bu tur talabalarga ma’lum bir bilim sohasining obyektini tanish uchun xizmat qiladi. 2) Ikkinchi turda esa mustaqil ta’lim olish uchun muammolarni hal qilish uchun bilimlarini nusxalash, ya’ni ko’p ma’lumotlar ichidan keraklisini ajratib olish. 3) Uchinchi turda tahlil qilingan ko’nikmalarni shakllantirishadi. Shu bilan birga noodatiy bo’lgan muammolarni (yangi muammolarni) ishlab chiqadi va vaziyatlarni o’rganadi. 4) Bu so’nggi tur bo’lib ijodiy-tarkibiy qismini rivojlantirish bosqichi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bu turda o’rganilayotgan obyektlar chuqur tadqiq qilinadi va o’rganilayotgan obyektning tamomila yangi aloqalari va munosabatlari o’rnatilinadi. Mustaqil ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun kredit-modul tizimida obyektiv va subyektiv sharoitlar talab qilinadi. Sinf xonasidagi yetarli sharoitlar: kompyuter va uning internet aloqasi bilan ta’minlanganligi, sinf xonasini so’nggi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi va boshqalarni obyektiv tomoni sifatida sanasak, subyektiv jihatiga esa asosan o’z-o’zini rivojlantirishni kiritamiz. Yuqorida aytganimizdek kedit modul tizimida talaba faol va yuqori motivatsiya bilan ishlasa, o’qituvchi uni faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi. Bu kelajakda talabaning innovatsion faoliyati uchun ijodkorlik qobiliyatini shakllantiriradi. Mustaqil ta’limning asosiy belgilari: kognitiv (amaliy vazifaning mavjudligi), muammoli masala, topshiriqlarni bajarish vaqtida qo’yilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, bilim va amaliy faoliyatni boshqarishi, vaqtida topshirishi, talabaning mustaqilligi va faolligi, o’z navbatida ruhiy 424 stressing namoyon bo’lishi bilan ajratiladi. Mustaqil ta’limning asosiy qismi butun o’quv jarayoni mobaynida belgilanadigan bilim va muammoli vazifa hisoblanadi. Kredit modul tizimida mustaqil ta’limga alohida urg’u berilganining asosiy sababi bo’lajak mutaxasislarda o’qib-o’rganish ko’nikmasining shakllanishiga xizmat qilishidir.
Доказательный фрагмент
«In this thesis, information about the functions of organizing independent education based on the Credit module was presented.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, information about the functions of organizing independent education based on the Credit module was presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Credit module, independent education, student, personnel, cognitive
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026