К содержанию
РецензированоRU2026

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Botirova Dilorom Narkuzievna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article talks about the factors affecting the financial stability of commercial banks. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Key words: commercial banks, financial stability, influencing factors, external and internal factors. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ Аннотация. В данной статье говорится о факторах, влияющих на финансовую устойчивость коммерческих банков. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения. Ключевые слова: коммерческие банки, финансовая устойчивость, факторы влияния, внешние и внутренние факторы. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tarkibi ikki turga, ya’ni tashqi va ichki omillarga bo‘linadi. 1-jadval Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi tashqi omillar № Tashqi omillar 1. Makroiqtisodiy omillar 2. Bank faoliyatiga oid davlat siyosati 3. Talab va taklif, to‘lov qobiliyati 4. Pul bozorining rivojlanganlik darajasi 390 5. Pul aylanishining holati 6. Raqobat muhitining rivojlanganligi 7. Bank tizimi va hamkor tijorat banklari iqtisodiy ahvoli 8. Qonunchilik va normativ hujjatlar ta’minoti 9. Tashqi bank infratuzilmasi holati 10. Banklarga bo‘lgan ishonch Ushbu jadval ma’lumotlarida keltirilgan barcha ta’sir etuvchi omillar tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ham ijobiy ham salbiy ta’sir etishi mumkin, barcha omillarni ta’sir etishidan kelib chiqqan holda, ularni inkor etib bo‘lmaydi, boshqa ta’sir etuvchi omillar bilan birga o‘zaro aloqadorligi hamda banklar iqtisodiy ahvoliga ta’sir etishidan kelib chiqqan holda kuchli ta’sir etishi ham mumkin. 1-jadval ma’lumotlari asosida tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi tashqi omillarni o‘rganishga harakat qilamiz. Makroiqtisodiy omillarni ko‘rib chiqishda eng avvalo, har qanday tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakat YaIM o‘zgarish hajmi, tovarlar aylanishi, eksport va import hajmi, investitsiyalar hajmi, aholi real daromadlilik darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyoti to‘g‘risida so‘z ketganda, davlat moliyasining holati, ya’ni davlatning tashqi qarzi miqdori va byudjet defitsitiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari ham katta ahamiyatga ega, ayniqsa, iqtisodiyot aniq bir tarmog‘iga katta bog‘liqligi bo‘lsa, ushbu tarmoqdagi holat tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etadi. Shu bois, iqtisodiyot tarmoqlari barchasi bir tekis rivojlanishi banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida (jonlanish – o‘sish –pasayish – inqiroz – depressiya ) tijorat banklarida turlicha vazifalari bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etishda davlatning, jumladan, davlat siyosatining o‘rni beqiyosdir, bunga sabab, iqtisodiy va moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan banklarga davlat yordam qo‘lini cho‘zadi. Sababi, bu orqali banklarga davlat bozordagi mavqeini tiklashga, ularning moliyaviy shoklarni oldini olishga xizmat qiladi. Davlat bunda tijorat banklari kapitallashuviga mablag‘ ajratadi, buning natijasida moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan banklar likvidliligi, to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati paydo bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi makroiqtisodiy omillar ichida davlatning soliq siyosatini ham misol sifatida keltirib o‘tish mumkin. Sababi, soliqlar hajmi ham tijorat banklarini rivojlantirish, yangi bank mahsulotlarini mijozlarga taqdim etishini kechiktirish 391 yoki xizmatlarning ancha qimmatlishishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, O’zbekiston Respublikasida yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari uchun soliq to‘lovlariga turli imtiyozlar berish amaliyoti qo‘llanib kelinmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy va xorijiy banklar tajribasiga muvofiq, texnologik, mahsuldorlik va innovatsiyalarni joriy etish, risklarni kamaytirish, banklar faoliyati barqarorligini ta’minlashda strategik qarorlar qabul qilishni aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois, banklar faoliyatiga oid qonunchilik tizimini yangilash ular faoliyatini tubdan yangilashlarga, turli innovatsiyalarni joriy etishga sabab bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga talab va taklif, shuningdek, to‘lov qobiliyati ham ta’sir etadi. Banklar xizmatlari va mahsulotlariga talabning oshishi, ularning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, banklar yanada ko‘p foyda olishga va buning natijasida moliyaviy barqarorligini mustahkamlab yanada yangi imkoniyatlar yaratishiga xizmat qiladi va zamin yaratadi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga pul va moliya bozorining holati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Barchamizga ma’lumki, har qanday moliyaviy barqaror bo‘lgan tijorat banklari ham ma’lum bir vaqtlarda moliyaviy qiyin ahvolga tushishi, to‘lov qobiliyatini qisqa vaqtlarda yo‘qotishi mumkin. Bunday hollarda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati katta rol o‘yn

Доказательный фрагмент

«This article talks about the factors affecting the financial stability of commercial banks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the factors affecting the financial stability of commercial banks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
commercial banks, financial stability, influencing factors, external and internal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники