К содержанию
РецензированоRU2026

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ВАЛЮТНЫЙ КУРС

Abduraximova Mashxura Baxrombekovna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article talks about the factors affecting the exchange rate. The article also focuses on the economic process and macroeconomic problems and their solutions. Key words: deepening of integration processes, interdependence of national economies, macroeconomic problems. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ВАЛЮТНЫЙ КУРС Аннотация. В данной статье говорится о факторах, влияющих на валютный курс. В статье также уделяется внимание экономическому процессу и макроэкономическим проблемам и их решениям. Ключевые слова: углубление интеграционных процессов, взаимозависимость национальных экономик, макроэкономические проблемы. Iqtisodiy hayotning tobora o‘sib borayotgan baynalmilallashuvi va uning globallashuvi, integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi bugungi kunda jahon iqtisodiyoti rivojlanishining eng muhim unsuridir. Bunday sharoitda davlat iqtisodiy siyosatining vositasi sifatida valyuta kursining o‘rni tobora ortib bormoqda. Valyuta kursi darajasiga va uning dinamikasiga ta’sir qilish orqali davlat asosiy makroiqtisodiy muammolarni hal qilishga intiladi. Shu bilan birga, zamonaviy ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat vositalarini tanlash va umuman, uning samaradorligi ko‘p jihatdan qo‘llaniladigan valyuta kursi rejimiga bog‘liq. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini 376 kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish zaruriyatini ko‘rsatib beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston milliy valyutasining barqarorligi masalasi mamlakat uchun alohida dolzarblik kasb etmoqda. Mamlakat milliy valyutasi so‘mning hozirgi bosqichda qadrsizlanib borayotganligi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni olib borilishi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar bo‘lib, mazkur masala mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga rahna soluvchi asosiy tahdidlarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning tebranishlari moliya bozoriga va shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatayotganligi sababli va pulning o‘zi tovarlar va xizmatlar tannarxining yagona o‘lchovi bo‘lganligi sababli, milliy valyuta muhim omilga aylanib bormoqda hamda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda asosiy ta’sir kuchiga ega bo‘lmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz joizki, 2022 yil boshidan to shu yil mart oyiga kelib, so‘m dollarga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi. Agar butun 2021 yil mobaynida so‘mning qadrsizlanishi dollarga nisbatan 3.4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning atigi 2,5 oyi ichida so‘m qadrsizlanishi ikki baravarga o‘sishga ulgurdi. Rasmiy kurs joriy yilning mart oyida keskin oshib, maksimal o‘sish nuqtasi 11571 so‘m bo‘ldi. May oyi o‘rtalariga kelib, kurs 11200 so‘mdan pastlay boshladi va muntazam pasaya borish tendentsiyasini ko‘rsatdi. Hatto iyul oyida kurs yil boshidagi 10 800 so‘mlik ko‘rsatkichgacha tushdi. Ammo, 2022 yil 10 oktyabrda dollar kursi yana 11000 so‘mlik dovondan oshib o‘tdi. Markaziy bank 2022 yil 18 noyabrda e’lon qilgan valyuta kurslari ma’lumotida dollar kursi 11220 so‘mga etgani ma’lum qilindi va bunda so‘mning qadrsizlanishi davom etayotganligi kuzatilmoqda. Mavjud beqarorlik sharoitida esa ushbu masalani o‘rganish taqoza etiladi va muayyan echimlarini ko‘rsatish orqali davlat siyosatining samarali yo‘nalishlari ochib beriladi va buning natijasida milliy valyuta barqarorligi asnosida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga erishiladi. Chunki, milliy valyuta barqarorligisiz mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligiga erishish mumkin emas. Shunga ko‘ra, maqolaning asosiy maqsadi valyuta kursini barqarorlashtirish bo‘yicha yo‘nalishlarni ishlab chiqish, milliy valyuta kursining 377 o‘zgarishining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlashtirish orqali iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni zaiflashtirishdir. J.Tobinning xulosasiga ko‘ra, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talab va ular taklifini boshqarish, ularning daromadliliga ta’sir etish orqali kapitalning investorlar uchun maqbul bo‘lgan daromad me’yoriga ta’sir etishlari mumkin. Agar monyyetar hokimiyat kapitalning kutilayotgan, investorlar uchun maqbul bo‘lgan daromad me’yorini pasaytirmoqchi bo‘lsa, u holda, real kapitalga investitsiyalar sifatida aktsiyal

Доказательный фрагмент

«This article talks about the factors affecting the exchange rate.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the factors affecting the exchange rate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deepening of integration processes, interdependence of national economies
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники