Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИОГРАФИЯ СВЕДЕНИЙ О НАСЕЛЕНИИ ЗАРАВШАНСКОГО ОАЗИСА. (20 ВЕК)
TARIXSHUNOSLIGI. (XX ASR) · Sayfutdinov Feruz Ilniyazovich
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Ethnological studies were carried out by many historians and researchers in the Zarafshan oasis during the 20th century. In our article, scientists provided valuable information about the ethnological composition of the oasis. Key words: Ethnology, historiography, ethnological research, Zarafshan oasis, clan, tribe, nation. ИСТОРИОГРАФИЯ СВЕДЕНИЙ О НАСЕЛЕНИИ ЗАРАВШАНСКОГО ОАЗИСА. (20 ВЕК) Аннотация. Этнологические исследования проводились многими историками и исследователями Зарафшанского оазиса на протяжении XX века.В нашей статье ученые предоставили ценные сведения об этнологическом составе оазиса. Ключевые слова: Этнология, историография, этнологическое исследование, Заравшанский оазис, род, племя, народ. XX asr Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu borada keng qamrovli ishlar olib borilmagan bo‘lsa-da, bevosita mavzu doirasida turli rakurslarda tadqiqotlar amalga oshirilganligi ko‘zga tashlanadi. Aslida Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi bo‘yicha dastlabki ilmiy izlanishlar XIX asrning so‘nggi choragida boshlangan bo‘lib, asosan rus sharqshunos va etnograf olimlari vohaga tashrif buyurib, bu borada o‘zlarining dastlabki fikr-mulohazalarini bildirgan edilar. Bundan ancha oldin N. Xanikov tomonidan boshlangan bu tarzdagi izlanishlar A.D. Grebenkin tomonidan yanada izchillik bilan davom ettirildi. Vohaga tashrif buyurgan mashhur rus turkologi V.V. Radlov bir qator viloyat va tumanlarda bo‘lib, mahalliy aholining etnik tarkibi, til va lahja xususiyatlari masalalarni o‘z asarlarida ancha batafsil yoritdi1. 1Радлов В.В. Из Сибири. Страницы дневника. – М.: 1989. – С. 532. 9 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ XX asrning 20-yillaridan O‘rta Osiyo aholisini etnografik jihatdan tadqiq etishning yangi bir bosqichi boshlandi. Bu davrda etnografik tadqiqotlar xarakteri va ahamiyati haqida tarixshunoslik tadqiqotlarida tahlil etilgan. Bu tadqiqotlar XIX asr oxiri–XX asr boshlarida olib borilgan ko‘plab tadqiqot natijalariga tayangan, yangi ilmiy materiallar to‘plashga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, asosan, Turkistonning milliy-hududiy chegaralanishi bilan bog‘liq keng qamrovli tadqiqotlardan iborat bo‘lgan, shuningdek, Zarafshon vohasini o‘rganishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab nashr etila boshlagan “Samarqand viloyatini maʼlumot kitobi” nomli statistik jurnal alohida manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu statistik maʼlumotlar jurnalida ko‘pgina tarixiy, etnik va etnografik maʼlumotlar berib borgan tadqiqotchilardan V.L. Vyatkin, jurnal muharriri M.M. Virskiy2, M.Andryev tadqiqotlari o‘z aksini topgan. V.L. Vyatkin3 tomonidan Abu Tohir Hojaning “Samariya” kitobi tarjimasi, Samarqandning tarixiy obidalari, jumladan “Afrosiyob” qadimiy shaharning o‘rganilishi asnosida “Afrosiyob” nomli kitobini nashr qilgan. XX asrning 20- yillarida o‘zbeklar etnogenezi va urug‘-qabilaviy tuzilishi, ijtimoiy va oilaviy turmushi, xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid bir necha etnografik asarlar paydo bo‘ldi. Ilk nashrlardan professor YE.D. Polivanov4 va etnograf A.P. Potapovlarning5 ishlari diqqatga sazovordir. Bu davrdagi statistik maʼlumotlarda nafaqat Zarafshon vohasi balki Turkiston o‘lkasining barcha hududlaridan to‘plangan aholi etnik tarkibi, turli etnoslar hamda etnik jamoalar soni, joylashuv xususiyatlari, aholining barcha okrug, uyezd, volost, qishloq jamoalari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar umumlashtirilgan. XX asr boshlarida Turkistondagi etnik holat, shu jumladan, Zarafshon vohasining etnik tarkibi, turmush-tarzi, xo‘jaligi bo‘yicha M.S. Andryev6, I.I. Zarubin7, I. Magidovich8 kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar voha tarixshunosligi uchun muhim manbadir. I.I. Zarubinning “Samarqand viloyati aholisi” nomli kitobida viloyatda istiqomat qiluvchi axolining soni, etnik tarkibi va joylashuvi taxlil qilgan bo‘lsa, M.S. Andryev viloyatdagi tarixiy obidalardagi rang-tasvir, yodgorliklardagi yozuvlarni o‘rganish orqali aholining etnografiyasini tahlil etgan. I.P. Magidovich esa nafaqat vohaning balki O‘rta Osiyo mintaqasining geografik xaritasini tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil etib, ularning joylashuv o‘rni, aholi punktlari o‘rnini ko‘rsatib bergan. 2 Вирский М.М. Волости Зерафшанского округа по сведениям 1873-1874 гг. // МСТК. Под. ред. Н.А. Маева. Вып. 4. – СПб, 1876. – C. 261. 3 Вяткин В.Л. Материалы к исторической географии Самаркандского вилаета // СКСО. 1912. Вып. VII. – Самарканд, 1902. – C. 309. 4 Поливанов Е.Д. Этнографическая характеристика узбеков. Вып. 1. Происхождение и наименование узбеков. – Т. 1926. – C. 198. 5 Потапов Л.П. Материалы по семейно-родовому строю у узбеков «кунград». 1930. – C. 98. 6 Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандской области в 1921 году. – Ташкент: “Наука”, 1922. – C. 200. 7Зарубин И.И. Насел
Доказательный фрагмент
«Ethnological studies were carried out by many historians and researchers in the Zarafshan oasis during the 20th century.»
Образец извлечения
Демо-превьюEthnological studies were carried out by many historians and researchers in the Zarafshan oasis during the 20th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ethnology, historiography, ethnological research, Zarafshan oasis, clan, tribe, Этнология, народ., Zarafshon vohasi, род, этнологическое исследование, историография, qabila, millat., Etnologiya, urug’, племя, Заравшанский оазис, nation., etnologik tadqiqotlar, tarixshunoslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025