К содержанию
РецензированоRU2026

БЮДЖЕТНАЯ СИСТЕМА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВОПРОСЫ РАСШИРЕНИЯ РОЛИ МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ В НЕЙ

Axmedova Shohnoza Ma’mur qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This thesis talks about the budget system of the Republic of Uzbekistan and issues of expanding the role of local budgets in it. Key words: budget system, economic reforms, budget funds, budget system, state programs. БЮДЖЕТНАЯ СИСТЕМА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВОПРОСЫ РАСШИРЕНИЯ РОЛИ МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ В НЕЙ Аннотация. В данной дипломной работе говорится о бюджетной системе Республики Узбекистан и вопросах расширения роли местных бюджетов в ней. Ключевые слова: бюджетная система, экономические реформы, бюджетные средства, бюджетная система, государственные программы. Amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistondagi budjet jarayonini, ya’ni budjet loyihasini ishlab chiqish, muhokama qilish, qabul qilish, ijro etish va ijrosi yuzasidan hisobottayyorlashgacha bo‘lgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, budjet tomonidan bir yildan ortiq davom etadigan davlat dasturlarini moliyalashtirilishini ta’minlashni yaxshilash, davlat dasturlarini bajarish uchun kerak bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan bog‘lash va budjet jarayonini oshkoralik darajasini oshirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksiga asosan budjet buyurtmasida kelgusi uch yil uchun budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. Budjet tizimi muayyan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Budjet tizimi bu turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil 358 etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuidir. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud budjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi. Demak, budjet tizimi - bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan, davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, budjet munosabatlarida mustaqil bo‘lgan davlat tashkilotlari va fondlarining majmuidir. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjet tizimi tushunchasi va tamoyillari” deb nomlanuvchi 2-bobi 6-moddasida “Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish tamoyillari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi”-deb, tushuntirish berilgan. Budjet tizimi mamlakat budjet tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, budjet tizimi mamlakat budjetining o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda budjet tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy budjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy budjet, federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar) iborat bo‘lishi mumkin. Har bir mamlakatning budjet tizimi ma’lum bir tamoyil (tamoyil)larga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimiga xos bo‘lgan tamoyillar esa quyidagilardan iborat: Budjet tizimining yagonaligi tamoyili budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini ko‘zda tutadi Masalan, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, tuman, shaharlarining budjetlari bir xil, yagona belgilangan tartib asosida shakllantirilib, yagona me’yorlar asosida ulardan xarajatlar amalga oshiriladi. Qolaversa, mamlakat hududidagi barcha budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalar hududiy joylashuvidan qat’iy nazar bir xil budjet qonunchiliga rioya etadi. Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi tamoyili esa budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. Ya’ni, 14 ta yirik ma’muriy hududlar 359 (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) hamda mazkur hududlar tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar soniga teng jami 220 ga yaqin mahalliy budjetlar mavjud. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi tamoyili budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishini, hamda budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag‘lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uc

Доказательный фрагмент

«This thesis talks about the budget system of the Republic of Uzbekistan and issues of expanding the role of local budgets in it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis talks about the budget system of the Republic of Uzbekistan and issues of expanding the role of local budgets in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
budget system, economic reforms, budget funds, budget system, state, budjet tizimi, state programs., государственные программы., бюджетная система, экономические реформы, бюджетные средства, budjet mablag‘lari, davlat dasturlari., iqtisodiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники