Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛЕКСЕМ ОБЩЕГО ЗНАЧЕНИЯ «ПАТРИОТИЗМ»
SEMANTIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI · Tojiboyeva Mushtariy Rustam qizi
Современная наука и исследования · 1998
Аннотация
This article aims to reveal several features of the lexeme "patriotism" based on the principles of field theory. Key words: field theory, genetic feature, semantic-structural feature, patriotism, morpheme structure, lexical field, linguistic unit. СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛЕКСЕМ ОБЩЕГО ЗНАЧЕНИЯ «ПАТРИОТИЗМ» Аннотация. Целью данной статьи является раскрытие некоторых особенностей лексемы «патриотизм» на основе принципов теории поля. Ключевые слова: теория поля, генетический признак, семантико-структурный признак, патриотизм, морфемная структура, лексическое поле, языковая единица. “Hozirgi kunda zamonaviy tilshunoslikda sistemaviy tadqiqotlarga jiddiy e’tibor berila boshladi. Bu tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘rganilayotgan leksik birliklarga bir tomonlama emas, har qaysi leksik birlikning kishilar lisoniy ongida yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga diqqat qilinadi. Tadqiqotchi e’tibori ko‘proq lisoniy hodisalar o‘rtasidagi munosabatni yoritishga qaratiladi. Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma’no asosida ma’lum paradigmalarga birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi”.1 Ushbu maqolada 1 Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 13 346 “vatanparvarlik” leksemasini maydon nazariyasi tamoyillari asosida bir necha xususiyatlarini ochish nazarda tutiladi. Vatanparvarlik – kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millat uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan vatanparvarlik kishilarning o‘z vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o‘zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg‘ular jamlanmasi hamdir.2 Ijtimoiy qatlam vakillari ongiga ona suti bilan birga singan bu leksik birlik muloqot maydonida ancha faoldir. Shu jumladan, “vatanparvarlik” umumiy semali leksemalarning tilimizdagi hajmi va uni ifodalovchi birliklar sermahsul. Bu esa ushbu leksemaning ijtimoiy qatlam vakillari muomalasidagi faolligidan dalolatdir. Vatanparvarlik leksemasining morfem tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u quyidagicha tasniflanadi: Vatan arabcha so'z tug'ilib o'sgan joy, yurt -parvar otlarga qo'shilib, tarbiyalash, yaxshi forscha- tarbiyalovchi, g'amxo'rlik qiluvchi, munosabat, sevish ma'nolarini anglatuvchi erkalovchi sifat yasaydi. -lik turli xil so'z turkumlariga qo'shilib, mavhum ma'noli ot yasaydi(belgi oti) 1-rasm. Vatanparvarlik leksemasining morfem tuzilishi Yuqoridagi so‘z yasalish semantikasiga e’tibor qaratsak, asos qism (Vatan) madaniyatga oid tushuncha bo‘lib, so‘z yasovchi morfema (-parvar) uni ma’naviyatga oid so‘zlar qatoriga olib 2 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vatanparvarlik 347 kiryapti. Bundan ko‘rinadiki, tilimizga fors tilidan o‘zlashgan –parvar morfemasi ma’naviyatga oid leksemalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda: elparvar, xalqparvar, vatanparvar, oilaparvar, adolatparvar va hokazo. Vatanparvarlik leksemasini butun bir kategoriya deb nazarda tutadigan bo’lsak, uni ikki tarkibiy qismga – harbiy vatanparvarlik va ma’naviy vatanparvarlik kabi mavzuiy guruhlarga ajratish mumkin. Bu elementlarning har biri yana alohida mikrosistemalarni tashkil etib, o‘z tarkibiga ko‘plab tushunchalarni qamrab olishi bilan ahamiyatlidir. Masalan, “harbiy vatanparvarlik” semali leksemalar: himoyachi, askar, qurolli kuchlar, armiya, mudofaa, jangovar, tank, ofitser; “ma’naviy vatanparvarlik” semali leksemalar fidoyi, jonkuyar, elparvar, xalqsevar, hurriyatchi, sodiq kabi kategoriyalarga ega. Vatanparvarlik semali leksemalar struktur jihatdan sodda va murakkab turlari bilan xarakterlanadi: a) sodda so‘zlar: bahodir, himmatli, mard, jasurlik, manfaat, armiya, harbiy; b) murakkab so‘zlar: oliyjanoblik, jonkuyar, qurolli kuchlar, shon-sharaf. Sodda so‘zlarni o‘z navbatida sodda tub (burch, sodiq, fido, askar) va sodda yasama (mardlik, himoyachi, jangovar, himmatli), murakkab so‘zlarni esa qo‘shma (qurolli kuchlar, oliyhimmat, erksevar), juft (shon-sharaf) hamda takroriy so‘zlarga ajratish mumkin. Vatanparvarlik semali leksemalar orasida takroriy so‘zlar kuzatilmadi. “Vatanparvarlik” semali leksemalar genetik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi: a) o‘z qatlam birliklari: burch, elparvar, elsevar, askar, qalqon; b) o‘zlashma qatlam birliklari: bahodir, botir, mard, jasorat, jur’at, harbiy, armiya tank, mudofaa kabilar. “Vatanparvarlik” semali leksemalarning o‘zlashma qatlamida rang-baranglikka guvoh bo‘lamiz. Xususan, arabcha so‘zlar: himmatli, jasorat, sodiq, jur’at, fidoyi, g‘urur, himoyachi, harbiy, vatan, sharaf; forscha so‘zlar: mard, jonbozlik, qahramon, jangovar; mo‘g‘ulcha so‘zlar: bahodir, botir; nemischa so‘z: ofitser; lotincha so‘z: armiya; inglizcha so‘z: tank kabilar shular jumlasidandir. Lingvistikada maydon nazariyasining keyingi y
Доказательный фрагмент
«This article aims to reveal several features of the lexeme "patriotism" based on the principles of field theory.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article aims to reveal several features of the lexeme "patriotism" based on the principles of field theory. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- field theory, genetic feature, semantic-structural feature, patriotism, maydon nazariyasi, семантико-структурный признак, morfem tuzilish, lexical field, vatanparvarlik, morpheme structure, lisoniy birlik., leksik maydon, semantik-struktur xususiyat, лексическое поле, теория поля, linguistic unit., генетический признак, морфемная структура, genetik xususiyat, языковая единица., патриотизм
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026