Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕИМУЩЕСТВА МЕЖДУНАРОДНОГО ПРИНЦИПА ХАССП В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПИЩЕВОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Asilova F. M. · Nasirova Nilufarxon Kabildjanovna · Mullaboyeva Marjona Baxrom qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article highlights the advantages of Uzbekistan joining the World Trade Organization. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Key words: World Trade Organization, strategy, competition, agreement, liberalization, strengthening. ПРЕИМУЩЕСТВА ВСТУПЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА ВО ВСЕМИРНУЮ ТОРГОВУЮ ОРГАНИЗАЦИЮ Аннотация. В данной статье освещены преимущества вступления Узбекистана во Всемирную торговую организацию. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения. Ключевые слова: Всемирная торговая организация, стратегия, конкуренция, соглашение, либерализация, укрепление. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib 6 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmonida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyasining 3.1-bandida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish lozimligi belgilandi. Shu sababdan 2018 yildan boshlab mamlakatimizda ham JST qo‘shilishi bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini- oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va davlatning ichki bozorini chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini ragʻbatlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatdir. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat beradi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga tezroq qo‘shilish uchun saʼy- harakatlarni jadallashtirdi. Xo‘sh, O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lsa, bundan nima yutadi-yu, nima yutqazadi? Haqiqatan ham, Jahon savdo tashkilotining dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni qanday ekanligiga ko‘pchilik qiziqadi. Bu borada juda ko‘plab mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirgan. Ushbu tashkilot dunyoda o‘yin qoidalarini begilovchi yoki xalqaro savdoni tartibga soluvchi tashkilot hisoblanadi. 6 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jahon savdo tashkil
Доказательный фрагмент
«This article highlights the advantages of Uzbekistan joining the World Trade Organization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the advantages of Uzbekistan joining the World Trade Organization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- World Trade Organization, strategy, competition, agreement, liberalization, анализ рисков и критические контрольные точки., xavfsizlik, safety, Hazard analysis and critical control points., Xavfli tahlil va keskin nazorat nuqtalari., HACCP tizimi, безопасность, система HACCP, Food chain, Oziq -ovqat zanjiri, Пищевая цепочка, HACCP system
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025