ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Jinoyat protsessida shaxsni uy qamog‘ida saqlashning huquqiy rejimi
HUQUQIY REJIMI · Abdullayev Diyor Ibodillayevich
Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве · 2026
Аннотация
Jinoyat protsessual qonunchilikka ko‘ra, uy qamog‘i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘lig‘i holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo‘llaniladi va bunda shaxsga nisbatan qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir taqiq (cheklov)lar o‘rnatiladi. Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i tanlangan shaxsga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov)larning tushunchasi, ularning turlari, qo‘llash tartibi hamda mazmun-mohiyatining ilmiy- nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy hamda milliy qonunchilik va qonunosti normalari asosida uy qamog‘i ehtiyot chorasini tayinlangan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan taqiq (cheklov)lar bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelgan va amaliyotchi huquqshunoslar o‘rtasida bahs- munozara keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida so‘z yuritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: jinoyat protsessi, ehtiyot choralari, uy qamog‘i, taqiqlar (cheklovlar). Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak [1]. Shu o‘rinda, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i qo‘llanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq(cheklov)lar turi va qo‘llanish doirasiga e’tibor qaratsak. Fikrimcha, shaxsga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov) – bu uning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini erkin amalga oshirishiga mone’lik qiluvchi hamda rioya etmaslik muayyan yuridik oqibat tug‘diruvchi protsessual talablardir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi 5-qismiga muvofiq, sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining shaxsini va haqiqiy holatlarni hisobga olgan holda, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini tanlash jarayonida unga nisbatan quyidagi taqiqlar (cheklovlar)ni belgilashi mumkin: 192 Международная студенческая конференция «Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве» 1) muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish; 2) xat-xabar olish va jo‘natish; 3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so‘zlashuvlar olib borish; 4) uy-joyni tark etish [2]. Demak, jinoyat-protsessual qonunchiligimizda sanab o‘tilgan choralarning qaysi biri taqiqlash, qaysi biri cheklash sifatida qo‘llanilishi kerakligi aniq belgilanmagan, ya’ni taqiqlar va cheklovlar sifatida toifalanmagan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo ba’zi mamlakatlar, jumladan, Tojikiston Jinoyat-protsessual kodeksi[3] ning 110-moddasida, Ukraina Jinoyat- protsessual kodeksi [4]ning 181-moddasida va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat- protsessual kodeksining 107-moddasida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov)larning bayon etilish tartibi (ketma-ketligi)dagini farq bo‘lib, ularning turi va mazmun- mohiyati deyarli bir xil (shu boisdan tadqiqot jarayonida xorijlik mutaxassis olimlar va amaliyotchilar fikrlaridan keng foydalanildi), bunga sabab esa MDH Parlamentlararo Assambleyasi 1996-yil 17-fevralda tasdiqlagan Jinoyat- protsessual Kodeksi Modelida[5] aks ettirilgan tavsiyalardan foydalanilganligida deb bilamiz. Uning 175-moddasida uy qamog‘i qo‘llangan shaxsning zimmasiga: – uyidan muttasil yoki muayyan vaqtlarda chiqib ketmaslik; – telefonda so‘zlashmaslik, aloqa vositalaridan foydalanmaslik, xat- yozishmalar yubormaslik; – uyda o‘rnatilgan maxsus elektron nazorat vositalarining kuzatuvida bo‘lish va ularni soz holda ishlashini ta’minlash; – nazorat tartibida telefon orqali chaqirganda javob berish yoxud muayyan vaqtlarda telefonda o‘zi to‘g‘risida xabar berib turish; – ayblanuvchini yoki uning uy-joyini kuzatish, uyini yoxud unga ajratilgan xonani qo‘riqlab turish; – ayblanuvchining jamiyat bilan aloqasini cheklash yoki uning xulq-atvorini kuzatishga qaratilgan boshqa choralarni ko‘rish kabi majburiyatlar yuklatilishi nazarda tutilgan [6]. Tadqiqot doirasida o‘rganilgan jinoyat-protsessual adabiyotlarda ham qayd etilishicha, qonunda sanab o‘tilgan choralarning qaysi biri taqiqlash, qaysi biri cheklash sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerakligi ko‘rsatilmagan. Ko‘rinib turibdiki, taqiq deganda har qanday harakat yoki faoliyatni to‘liq taqiqlash, uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi, cheklov deganda esa bir xil harakatlar yoxud faoliyatni qisman
Доказательный фрагмент
«Jinoyat protsessual qonunchilikka ko‘ra, uy qamog‘i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘li…»
Образец извлечения
Демо-превьюJinoyat protsessual qonunchilikka ko‘ra, uy qamog‘i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘li… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- home security, ehtiyot choralari, uy qamog‘i, precautions, taqiqlar (cheklovlar), restrictions (limitations), процесс преступления, jinoyat protsessi, домашняя безопасность, ограничения (ограничения свободы), меры предосторожности, criminal process
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025