Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ВОЕННОЙ РЕФОРМЫ В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ ПРИ ШЕЙБАНИДАХ В ЖИЗНИ ГОСУДАРСТВА
Muyiddinov Bekali
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
this article touches more broadly and analytically on the reforms that the early dynasty, which ruled in the Bukharan Khanate, carried out militarily during the reign of the Shaybanids. Key words: Shaybani, Zahiriddin Muhammad Babur, Abdullahan II, Army, Khan, War- Part, barong’or (right wing), javong’or (left), zambarak, bargoh, city, jevachi. РОЛЬ ВОЕННОЙ РЕФОРМЫ В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ ПРИ ШЕЙБАНИДАХ В ЖИЗНИ ГОСУДАРСТВА Аннотация. В этой статье Более подробно и аналитически будут рассмотрены реформы, которые Первая династия, правившая в Бухарском ханстве, провела в военном отношении во время правления Шейбанидов. Ключевые слова: Шейбаниды, Захириддин Мухаммад Бабур, абдуллахан II, армия, Хан, боевая часть, баронгор (правый фланг), джавангор (левый), пушка, баргох, город, джевачи. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida harbiy islohotlarning davlat hayotida tutgan o’rni Shayboniylar davlatida qo’shin to’plash, qo’shin ta’minoti, uning tarkibi, qo’shinni jangga tayyorlash, qurol-aslahalar, harbiy va qorovullik xizmatini o’tash, harbiy harakatlami olib borish asosan Chingizxon va Amir Temur qo’shinlarining harbiy tuzilmasi va tizimiga asoslangan. Qo’shinda himoya vositasi sifatida qalqon (sipar), hamda temir simdan mayda qilib to’qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut (jovshan) yoki jiba (jeva) - temir yoki po’latdan ishlangan maxsus kiyim kabilardan foydalanilgan1. Abdullaxon II davrida Usmoniylar davlati va Rossiyadan pilta miltiq va zambaraklar ham keltirila boshlangan. Qo’shinning asosiy jangovar qismini suvoriylar tashkil etardi. Manbalarda kamon o’qi o’tmasligi uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq - gejm (kejim) yopilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxon qo’shinida Farangistondan olib kelingan pilta miltiqlar, farangi javshan (sovut) hamda zambaraklar borilgi haqida yozadi. Shuningdek, bu davrda 1 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - Toshkent: Sharq, 2000, 148-b 6 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Usmoniylar davlati bilan harbiy sohada ham ma’lum aloqalar o’rnatilgan edi. Masalan, Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) o’z qarorgohiga 300 nafar turk yanicharlarini xizmatga olgan. Shayboniylar qo’shinining oliy bosh qo’mondoni xonning o’zi hisoblangan2. Alohida bo’linmalar - o’ng qanot, so’l qanot, qalb, qorovul va hirovullarga xonning o’g’illari, qarindoshlari yoki jangda sinalgan, tajribali va dovyurak nuyonlar (yoki sultonlar) boshliq qilib tayinlangan. Ilgarigi davrlarda bo’lgani kabi Shayboniylar qo’shini ham o’n minglik (tuman), minglik, yuzlik, o’nlik bo’linmalarga bo’lingan. Shayboniylar qo’shini asosan qalb (qavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong’or (o’ng qanot) va javong’or (so’l qanot) qismlaridan va hirovul (qo’shinning orqa qismi)dan tashkil topgan3. Manbalarda qo’shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o’g’lon deb ham eslatiladi. Qo’shin oldida manglay deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism - ilg’or bo’lgan. Qo’shin tarkibida tug’chi qism, ya’ni, bayroq ostida zaxirada turuvchi (tug’ni qo’riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovar harbiy bo’linma hamda xabargiri - dushman to’g’risida ma’lumot keltiruvchi (razvedka) maxsus bo’linmalar ham bor edi. Harbiy yurish vaqtida qo’shinning oziq-ovqat zaxirasini aholining qo’lida bo’lgan ortiqcha oziq-ovqatni musodara qilish yo’li bilan to’latib turgan. Bunday tarzda oziq-ovqat to’plash yurtovul (yurt ovlamoq) deb atalgan. Bunda xon sultonlardan birining boshchiligida yo’l yoqasidagi qishloqlarga maxsus harbiy qism yuborar va bu qism aholidan oziq-ovqat va chorvalarni to’plab kelar edi4. Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o’tkaziladigan joy - bargoh deb atalgan. Qo’shinni yig’ish va yurishga tayyorlash, ularning maoshini to’lash hamda boshqa tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor-tavochi shug’ullangan. Lashkar to’plash ishi jarchi deb ataladigan amaldorlarga ham topshirib turilgan. Qo’shinni qurol- yarog’ bilan ta’minlashga ma’sul bo’lgan amaldor jevachi boiib, u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bo’lgan5. Xon va qo’shin boshliqlarining alohida topshiriqlarini bajaruvchi shaxslar yasovul (Abdullaxon II davrida - muboshir) deb atalgan. Xonning shaxsi va saroyni qo’riqlovchilar qo’rchi, xon bayrogini ko’tarib yuruvchilar yalovbardor deb nomlangan. Abdullaxon II davrida qo’shinga zambaraklar joriy etilgan bo’lib, qo’shinda to’pchiboshi mansabi paydo bo’ladi. Harbiylar ustidan qattiq nazorat o’rnatilgan bo’lib, ular sodir etgan jinoyat va jazo turlari maxsus harbiy sudyalar – qozi askar hamda muftiy askar tomonidan kо’rib chiqilgan6. Zahiriddin Muhammad Bobur shayboniylarning to’lg’ama – dushman qanotlarini aylanib o’tib, orqadan hujum qilish deb atalgan jang usulini maqtab yozadi. Ibn Ro’zbehon shayboniylarning jang oldidan juda tez to’plana olishi, birdamlik va hamjihatlik bilan jang qilishini o’z
Доказательный фрагмент
«this article touches more broadly and analytically on the reforms that the early dynasty, which ruled in the Bukharan Khanate, carried out militarily during the reign of the Shaybanids.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article touches more broadly and analytically on the reforms that the early dynasty, which ruled in the Bukharan Khanate, carried out militarily during the reign of the Shaybanids. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shaybani, Zahiriddin Muhammad Babur, Abdullahan II, Army, Khan, War-, xon, jevachi., Zahiriddin Muhammad Bobur, jangovor qism, zambarak, javong’or (left), Хан, джевачи., city, пушка, Захириддин Мухаммад Бабур, Abdullaxon II, War-Part, джавангор (левый), qo’shin, javong’or (so’l), Шейбаниды, баронгор (правый фланг), баргох, shahar, barong’or (o’ng qanot), Shayboniylar, боевая часть, армия, barong’or (right wing), абдуллахан II, город, bargoh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026