К содержанию
РецензированоRU2024

ЛИНГВОПРАГМАТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РАССКАЗА «СИНЧАЛАК»

Ruziyeva Sabina

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, the language features of Abdulla Qahhor's short story "Sinchalak", the pragmatic effect of the words in the work on the reader, and the meanings they express are shown. Key words: pragmatic effect, occasional meaning, figurative meaning. ЛИНГВОПРАГМАТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РАССКАЗА «СИНЧАЛАК» Аннотация. В данной статье показаны языковые особенности рассказа Абдуллы Каххора «Синчалак», прагматическое воздействие слов в произведении на читателя, смыслы, которые они выражают. Ключевые слова: прагматический эффект, окказиональное значение, переносное значение. Bugungi zamonaviy tilshunosligda badiiy asarni lingvopragmatik jihatdan tahlili, asarda qo‘llangan tasviriy vositalar, uslubiy vazifa bajaradigan so‘zlar, ko‘chma ma’nodagi so‘z va so‘z birikmalarining xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinmoqda. Bu tahlillar orqali ijtimoiy tuzum vaziyati hamda ijodkorning o‘ziga xos so’z qo’llash mahorati namoyon bo’ladi. Badiiy asar tilini lingvopoetik jihatdan tahlil qilish asarda keltirilgan so’zlarning leksik – semantik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Zamonaviy tilshunoslikda matnni faqatgina grammatik jihatdan emas, balki ma’noviy xususiyatlarini ham tahlil qilish masalasi qo‘yilyapti. Ma’lumki, so‘z ham moddiy, ham ma’no tomoniga ega. Birgina moddiyat orqali so‘zda turli xil ma’nolar anglashishi mumkin. Til belgilar sistemasi ekan, unda faoliyat va shu faoliyat mahsuli ruh hamda moddiyat kabilarni o‘zida mujassamlashtiradi. Taniqli adib Abdulla Qahhor o‘z asarlarida o‘sha davr tuzumini qisqa, ammo keng ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar orqali ifodalaydi. Bu kabi xususiyatlarni “Sinchalak” qissasi orqali le1ksik-semantik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik. Avvalo, Abdulla Qahhor o‘z asarlari orqali o‘sha davr muhitini o‘quvchiga ochib berish uchun shu davrdagi faol so’zlardan keng foydalangan. Sovet hukumati davrida ishlatilgan, lekin hozirga kelib arxaiklashib qolgan so‘zlarni qo‘llagan. Masalan, prava, uchastka, nachalnik, raport, pravleniy, kandidat, talant, sekretar , (ruscha soʻzlar) kolxoz, savxoz prezidum,(tarixiy soʻzlar) rayon, oblast(arxaik soʻzlar) va boshqalar. Asarda foydalanilgan bu so‘zlar kitobxon davr muhitini, oʻsha paytdagi hujjatchilik rus tilida ekanligini anglashga yordam beradi. O‘quvchiga estetik ta’sir o‘tkazish maqsadida ko‘chma ma’nodagi so‘z, ibora va so‘z birikmalaridan foydalangan. Bu so‘zlar badiiy asarda 5 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ uslubiy vazifani o‘taydi. Misol uchun: Sekretar kolxozning o‘zidan bo‘lsa Qalandarov uni qoqqanda qoziq, ilganda xumcha qilib olar ekan, rayondan yuborilsa sig’dirmas, cho‘qib tashlar ekan;"Choʻqib tashlamoq" asli maʼnoda tumshugʻi bilan ilib olib yemoq maʼnosida;koʻchma maʼnoda esa hadeb urishavermoq, boʻlar- boʻlmasga koyiyvermoq; har yondan tinmay tanbeh bermoq; talamoq kabi maʼnolari izohli lugʻatda koʻrsatib oʻtilgan. Ayvonda xira osma chiroq allanechuk kir yog‘du to‘kib turibdi."Kir yogʻdu" soʻz birikmasidagi kir soʻzining asl maʼnosi izohli lugʻatda kir bosgan, kirlangan maʼnolarini berishi koʻrsatilgan,ammo ushbu gapda bu maʼnosida emas, balki koʻchma maʼnoda yogʻdu soʻzi bilan boshqa maʼnoni berib, metofora hodisasi yuzaga kelishini koʻrishimiz mumkin.Endi shu gapni ko‘mib qo‘ya qolsak. "Koʻmib qoʻymoq" soʻziasl maʼnosida kovlangan yerga joylab ustini berkitmoq maʼnosini bersa, gapni soʻzi bilan yana bir bor metofora hodisasisini yuzaga kelishini guvohi boʻlamiz,bu yerda: bu gapni qaytmaylik degan maʼnoda. Saida piqillab kulib yubordi. Soyada o‘sgan raislardan,-dedi kulgi yoshini artib. “Soyada o‘sgan”degan ibora rayon partiya konferensiyasidan chiqqan: ko‘p vakillar muzokarada raykom byurosining faoliyatini tanqid qilib, kolxozlarda partiyaviy-siyosiy ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, siyosiy-tarbiyaviy ishlar xo‘jalik ishlari soyasida qolib ketganligi, birmuncha kolxozlarda rahbar kadrlar soyada o‘sayotganligi to‘g‘risida gapirishgan edi.Soyada oʻsgan" iborasiga adib asar davomida oʻzi aniqlik kiritib oʻtgan. Kurort ora yo‘lda qoldi-putyovkaning sakkiz kuni kuydi. "Kuydi"soʻzi oʻz maʼnosida alanga chiqarmoq, yonmoq maʼnosida boʻlsa, kontekstda esa bekor boʻlmoq, behuda ketmoq kabi koʻchma maʼnoda kelgan. Ushbu ajratib ko‘rsatigan so‘zlar adresatni idrok etishga undaydi hamda kontekst orqali bu so‘zlarning ma’nosini tushunib olishga zamin yaratadi. Ijodkorning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri asarlarida noadabiy qatlam so‘zlarini qo‘llab o‘quvchiga pragmatik ta’sir o‘tkazadi. So‘zlarning uzual ma’nosidan ko‘ra okkazional ma’nosini qo‘llashni ma’qul ko’radi. Bu ma’no esa konteksdan anglashiladi va individual xarakterda bo‘ladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: Qalandarov yo‘l bo‘yidagi tiniq yashil daraxtlar, barra o‘tlardan ko’zi quvonib, kishining vujudini yayratadigan may havosidan mast bo‘lib,xirgoyi qilib ketayotgan edi, yo‘l bo‘yida turgan militsioner qo‘lidagi ola tayoq bilan yo‘l ch

Доказательный фрагмент

«In this article, the language features of Abdulla Qahhor's short story "Sinchalak", the pragmatic effect of the words in the work on the reader, and the meanings they express are shown.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the language features of Abdulla Qahhor's short story "Sinchalak", the pragmatic effect of the words in the work on the reader, and the meanings they express are shown. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pragmatic effect, occasional meaning, figurative meaning
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники