К содержанию
РецензированоRU2024

ПАТРИОТИЗМ В СОЗДАНИИ RAUF PARFI

Qayumova Gulsanam Sadriddin qizi · Mirboboyeva Dilnoza Rustamovna (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Rauf Parfi, one of the brightest representatives of Uzbek literature of the 20th century, has always had his admirers, his sincere and silent poems. In this article, the great representative of modern Uzbek poetry, the talented poet Rauf Parfi, depicts symbols such as Motherland and Motherland in a unique and beautiful way. Key words: Poetry, poetry, artistic analysis and interpretation, artistic creativity, lyrical experience, national spirit, national idea. ПАТРИОТИЗМ В СОЗДАНИИ RAUF PARFI Аннотация. Рауф Парфи – один из ярких представителей узбекской литературы ХХ века. Его стихи, искренние и лишенные молчания, всегда имели своих поклонников. В этой статье великий представитель современной узбекской поэзии, талантливый поэт Рауф Парфи неповторимо и красиво изображает такие символы, как Родина и Родина. Ключевые слова: Поэзия, поэзия, художественный анализ и интерпретация, художественное творчество, лирический опыт, национальный дух, национальная идея. Shoirning “Ona tilim”, “Turkiston”, “Uyg‘onar Turkiston, uyg‘onar dunyo”, “Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon” kabi o‘nlab she’rlarida Vatanning olis o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan bog‘liq badiiy talqinlarini ko‘ramiz. Badiiy so‘zning shunchalar imkoniyati kengligidan, betakrorligidan hayratlanamiz, zavqlanamiz. Vatan – muqaddas, juda ham chiroyli va shukuhli so‘z. Mana shu so‘z shoir ijodida alohida mavqega egaligi uning she’rlarida namoyon. Shoirning “Ona Turkiston” she’rida Vatanga bo‘lgan lirik qahramon munosabati go‘zal aks ettirilgan: Ko‘ringiz tarixni. Ko‘z oldim parda. Qo‘limda uchmoqda bu yer, bu Vatan… Oshno tutinarman po‘lat xanjarga… Jang maydoni sari otilarman man… Vatan, aylanarman bir keskir tanga, Qoshingga o‘q kabi uchib borarman… Nahot til boshqadir, nahot dil boshqa?! Shoirning bu misralarida ona yurt, ona Vatan uchun o‘z jonini-da qurbon qilishga shay lirik qahramon holati aks ettirilganki, bu shoir mahoratining mevasidir. Chunki o‘quvchi she’rni 6 09 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘qigani zahoti qalbida o‘zining ham mana shu Vatanning bir zarrasi ekanligi, shu yurt, shu tuproq uchun mas’ulligi uyg‘onadi. Yoki she’rning keyingi bandlariga murojaat qilar ekanmiz: U ona Turkiston, kuylayman yonib, Dunyo jur’atini berding qo‘limga. Men endi angladim Turkiy dunyoni Mana men tayyorman endi o‘limga. Bergil faqat kuyib kuylamak haqqin, Ortiq mas’ul etar topilgan bu Baxt. Betakror va go‘zal jumlalar. Bu betakrorlik shoirning ona Vatani, ona Turkistoni uchun hattoki o‘z jonini berishga tayyorligi, bu esa shoir lirik qahramoni uchun katta baxtligi tasvirlanadi. Filalogiya fanlari doktori, professor N.Rahimjonov o‘zining “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati” nomli kitobida R.Parfi ijodi haqida: “Shoirning ko‘nglini , ijodini bilmoqchi bo‘lsang, uning ona yurtini borib ko‘r, degan hikmat bor. Shoirning Vatani bu – uning sehrli, purhikmat ma’nolarni o‘ziga singdirgan sirli qiyofalar dunyosi. R.Parfi lirikasidagi So‘z, Ko‘z, Qushcha, Buloq, Daraxt, Chiroq, Xayol, Nur singari obrazlar tagdor, purma’no mazmun ifodalashiga ko‘ra timsolga aylanayotir. Ular Turonzamin, Turkiston xalqlarini tarixiy hayoti sahifalarini suratlantiradi. Turkiy xalqlar taqdiridagi fojiali voqealar mohiyatini aks ettiradi”. Darhaqiqat, shoirning bu kabi she’rlari kitobxonni faollikka, qahramonlikka da’vat etadi. Bu usul shoirning Vatan haqidagi she’rlarining yetakchi xususiyatlaridan biridir. “Ishq so‘zidan kuydi bulbul maskani”, Til bilan kuylanmas ona Vatanim Men seni kuylamak istayman faqat. Ishq, muhabbatni tarannum etish bulbulning asosiy mashg‘uloti. Mana shu ishq- muhabbatning kuchliligi tufayli uning maskani kuydi. Uning o‘z maskaniga bo‘lgan muhabbati, hattoki , o‘z uyini-da, kuydirdi. Chunki o‘sha qushning o‘z Vataniga bo‘lgan mehri kuchli. Lekin bu muhabbatni til bilan kuylab bo‘lmaydi. Ammo shoir lirik qahramoni bu muhabbatni ichiga sig‘dira olmaydi. Baribir, Vatanga bo‘lgan mehrini shoir misralarida nurlantirdi, jilvalantiradi. Shuningdek, ijodkorning: Ayriliq shamshiri boshimda sindi, Borligim chopildi, ichdim qonimni. Dunyo tarixini o‘qib yukindim, Uyqudan uyg‘otdim Turkistonimni. Kabi misralarida g‘aflatda yotgan xalqni hurlikka, ozodlikka olib chiqish onlari she’r mazmunida o‘zining ifodasini topgan. Chunki yurt ozodligi hamma narsadan ustun va eng real saodatligi misralar qatida namoyon. Rauf Parfi ijodi o‘zining isyonkor she’rlari bilan, takrorlanmas metaforalari bilan, go‘zal oksyumoron va okkazional so‘zlar yaratgani bilan ham ajralib turadi. Shoirning butun bir lirikasida o‘ziga xos mushohada yo‘sini, ruhiy kechinmalarning nozik ifodasi, quyma satrlarda so‘zdan qanday injalik bilan foydalanganligida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, biz isyonkor shoir Rauf Parfi she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, bu haqda adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshev fikrlarini keltirishni lozim topdik: “Rauf Parfi she’rlari o‘quvchiga yo‘l ko‘rsatmaydi, aql o‘rgatmaydi. Haqiqat qayerda eka

Доказательный фрагмент

«Rauf Parfi, one of the brightest representatives of Uzbek literature of the 20th century, has always had his admirers, his sincere and silent poems.»

Образец извлечения

Демо-превью

Rauf Parfi, one of the brightest representatives of Uzbek literature of the 20th century, has always had his admirers, his sincere and silent poems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Poetry, poetry, artistic analysis and interpretation, artistic creativity, lyrical, Поэзия, She’r, she’riyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники