К содержанию
РецензированоRU2026

ОБЩАЯ ИНФОРМАЦИЯ О ПРОГРАММЕ MICROSOFT EXCEL

Abduvali Yusupaliyevich Mo‘minov

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article explores general information about Microsoft Excel and the basic elements of an Excel spreadsheet. Keywords: Microsoft Excel program, data, formula, documents. ОБЩАЯ ИНФОРМАЦИЯ О ПРОГРАММЕ MICROSOFT EXCEL Аннотация. В данной статье рассматриваются общие сведения о программе Microsoft Excel и основные элементы электронной таблицы Excel. Ключевые слова: программа Microsoft Excel, данные, формулы, документы. MS Excel dasturi asosan hisob-kitobga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‘rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. Microsoft Excel dasturidagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin: — matnli; — sonli ifodalar; — formulalar. 300 Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. MS Excel dasturining asosiy ishlov berish obyekti hujjatlar (Dokumentlar) hisoblanadi. MS Excel dasturi hujjatlari (Dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS Excel dasturida bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. Excel dasturida ishchi kitobning tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan -A1:A4 MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish Microsoft Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin: 1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali: «Пуск» → «Все программы» → «Microsoft Office» → «Microsoft Excel » (1-rasm). 2. Microsoft Excel dasturi da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida (1-rasm), bunda MS Excel dasturi dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi. 301 MS Excel ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi: ilovalar oynasi va hujjatlar oynasi. 1 . Sarlavha satri. Unda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobning nomi beriladi. 2. Menyu satri (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud: «Файл» (Fayl), «Правка» (Тahrirlash), «Вид» (Ko‘rinish), «Вставка» (Qo‘yish), «Формат» (Bichim), «Сервис» (Хizmat ko‘rsatish), «Данныe» (Ma’lumotlar), «Oкно» (Oyna), «Справка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun satrdagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. Menyular bilan ishlash MS Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi. 3. Vositalar paneli. MS Excel ning buyruqlari bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida ushbu buyruqlar ilovalar oynasida vosita (piktogramma, tugmacha) lar shaklida tasvirlanadi. Bu vositalar bajaradigan vazifalariga ko’ra bir nechta panellarga bo’lingan. Odatda ilovalar oynasida Стандартная

Доказательный фрагмент

«This article explores general information about Microsoft Excel and the basic elements of an Excel spreadsheet.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores general information about Microsoft Excel and the basic elements of an Excel spreadsheet. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Microsoft Excel program, data, formula, documents
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники