Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
САФАР АХМАД АРТ МИР
Ikrom Asadov
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
The article presents “Gulsana”, “Ok tulpor”, “Zhondor navolari”, “Zhakon hazinasining zhavohiri”, “Bukhoro matbuotchilari”, “Dunyo bu”, “Men bosmachi emasman”, “Oltin kilich”, “She tuprok” , “Kungil Gavgari” and dozens of articles on current issues aimed at solving social problems, poems, as well as inspired by the ideas of sincerity, love for the Motherland, preservation of Mother Nature, reverence for higher human feelings. We will think about the artistic world of Safar Ahmad, whose observation left a strong and pleasant, unforgettable impression on readers. Key words: lesson, word, work, good, father, hope, sprout, moon, ink, heart, life, love. САФАР АХМАД АРТ МИР Аннотация: В статье представлен«Гулсана», «Оқ тулпор», «Жондор наволари», «Жаҳон хазинасининг жавоҳири», «Бухоро матбуотчилари», «Дунё бу», «Мен босмачи эмасман», «Олтин қилич», «Она тупроқ», «Кўнгил гавҳари» и десятки статей по актуальным проблемам, направленным на решение социальных проблем, стихи, а также вдохновленные идеями искренности, любви к Родине, сохранения Матери-природы, почитания высшего человеческие чувства.Мы подумаем о художественном мире Сафара Ахмада, наблюдение которого оставило у читателей сильное и приятное, незабываемое впечатление. Ключевые слова: урок, слово, труд, добро, отец, надежда, росток, луна, чернила, сердце, жизнь, любовь. 275 “Safar Ahmad she’rlari mavzusi rang-barang: azaliy va abadiy muhabbat, Vatanga mehr, sadoqat va xiyonat, mardlik va nomardlik, ezgulik va yovuzlik,--deydi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Samandar Vohidov “Ajdodlardan faxrlanib” maqolasida,-- xullas,insonni fikr-mulohaza yuritishga undaydigan mavzularda o’z in’ikosini topgan”1. Safar Ahmad bilan har gal suhbat qurganimizda yangi yozilgan, qalb osmonidan to’kilgan nazmiy navolaridan ko’tarinki ruhda, yoqimli ovozda o’qib beradilar. Ularni eshitib, juda samimiy, tabiiy tug’ilganligiga guvoh bo’lamiz. Ohori to’kilmagan misralarda dard borligini his etamiz. “O’rtoqlar, biz shoirlikka da’vogar emasmiz. Ilhom kelganda bir-ikki narsalarni qoralab turamiz, xolos”,-deydi. Yaratganning o’zi ijodkor ko’ngliga tabiiy zavqni joylardi. Shuning uchun qalamkashning barcha bitiklarida quyma satrlar ko’lami bisyor. Har bir quymalikda iztirob va quvonch mujassam. Professor G’ayrat Murodov “Misralarga ko’chgan tuyg’ular” maqolasida ta’kidlanganidek,”Safar Ahmad lirik ijodida saodat, umrdan shodumonlik kayfiyati, Vatan, ona- tuproqdan faxr hislarining ustuvorligini yaqqol his etish mumkin, ammo armon, dard ham unga begona emas”2. Bu ko‘hna ochunda bir fasl namoyonki, u o‘zining turfa, anvoyi gullari bilan chor atrofga xushbo‘y hidlarini – muattar his va islarini taratib turadi. Bu KO‘NGIL faslidir. Uning ichida dunyolar yashaydi, olamlar istiqomat qiladi; daryolar oqib turadi, dengizlar mavjlanadi. Ko‘ngilning har lahzasi shodlikka sherik, har oni iztirobga ilhaq, har soniyasi zer-u zabarga qo‘ldosh, har nafasi orzularga umidbaxsh yo‘ldosh. Bugun men qalb qarorgohiga kirib qoldim. Bunday so‘lim dargohga tashrif buyurganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Sababi – “Dunyo bu” kitobi. Safar Ahmadning tabiiy tartiblangan she’riy tizmalarini, xilma-xil bo‘yoqdagi his- hayajonlarini – o‘tli, falsafiy, quyma satrlarini o‘qigan kitobxonning yuragida allaqanday zavqli ohanglar paydo bo‘ladi. Ular bexosdan yuragingiz torlarini chertib yuboradi: kuylamasdan, xirgoyi qilmasdan turolmaysiz. O‘zingizga yoqqan tug‘yonli “gavhar”larni yon daftaringizga ishtiyoq bilan ko‘chirib olishga ham oshiqasiz… Shoirning samimiy satrlarini o‘qib, bu aqli ojizimiz yetganicha misralar qatidagi ma’nolarni, biroz bo‘lsa-da, uqib, ijodkorning ko‘ngil kechinmalaridan xabardor bo‘ldik. Anglaganlarimizni Siz, aziz, zukko kitobxonlar bilan baham ko‘rmoqni lozim topdik. 1 Hayrat cho‘qqisidagi umr. – Toshkent, 2021. – B. 57-58. 2 Ko‘rsatilgan asar. – B. 61. 276 Olovqalb, otashyurak shoir Safar Ahmadning “Dunyo bu” kitobi 2019-yil “Buxoro” nashriyotida tayyorlanib, ”Sadriddin Salim Buxoriy” MCHJ bosmaxonasida chop etilgan. To‘plamdan yigirmadan ortiq o‘rtacha hajmdagi she’rlar, uchta to‘rtlik, o‘ttiz bitta fard, ikkita ertak doston (“Ko‘zyoshko‘l” va “Lobo”) o‘rin olgan. Ularning har biri tahlil-u talqinga arzirli. Biz faqat “Marvarid shodalar” turkumidagi ikkiliklarga to‘xtaldik bugun. Safar Ahmad fardlarini o‘qir ekansiz, ularning tabiiy tug‘ilganligini, eng muhimi, dardlari, mitti tasvirlari soxta emasligini idrok etasiz. Lirik qahramon bir o‘rinda mehnatkash, tinib- tinchimas chumolidan ibrat olishga; g‘aflatda yotmaslikka, doimiy harakatda – hayot uchun, porloq kelajak uchun kurashga undaydi: Chumolidan ibrat ol, odam, Qishlov uchun to‘plar u g‘aram. Shunday kimsalar borki, birovning muvaffaqiyatini, g‘alabasini ko‘rolmaydi, bundaylarning ichki dunyosi ham zim-ziyodir. Qalamkash ularning yuragini ko‘mirga o‘xshatadi: Yurak-bag‘ri ko‘mirning o‘zi, Zahardan ham achchiqdir so‘zi. Ichida tonnalab ko‘mir tashib yuradiganlar, oxir-oqibat, o‘zining “sog‘lom” ildiziga bolta uradi. Dono xalq
Доказательный фрагмент
«The article presents “Gulsana”, “Ok tulpor”, “Zhondor navolari”, “Zhakon hazinasining zhavohiri”, “Bukhoro matbuotchilari”, “Dunyo bu”, “Men bosmachi emasman”, “Oltin kilich”, “She tuprok” , “Kungil Gavgari” and dozen…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents “Gulsana”, “Ok tulpor”, “Zhondor navolari”, “Zhakon hazinasining zhavohiri”, “Bukhoro matbuotchilari”, “Dunyo bu”, “Men bosmachi emasman”, “Oltin kilich”, “She tuprok” , “Kungil Gavgari” and dozen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lesson, word, work, good, father, hope, sprout, moon, ink, heart, life, love
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025