Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
Madaminjonova Muxlisa Mahmudjon qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
В этой статье рассказывается, в каком порядке на уроке изобразительного искусства ученики наносят акварельные и гуашевые краски, работая с этими красками в соответствии с правилами закона. В основном освещается правильное использование краски, на что обращать внимание при работе с ней. Ключевые слова: Акварель, водяной знак, темпера, мальберт, планшет, гуашь, планшет, палитра, ткань. Tasviriy san’atning muhim xususiyatlaridan biri- inson uchun faqat borliqni, tabiat va jamiyatdagi voqea- hodisalar va narsalarni bildiribgina qolmay, odamlarga yangi bilim, tasavvur va tushunchalar berib, ma’naviy boyituvchi, ijodiy yuksalishga boshlovchi omil bolib xizmat qiladi. Rassomlar voqeani turli uslub xarakter va mazmunda ifodalaydilar. Ana shu tasvirlash uslubi, xarakteri va mazmuniga ko’ra, san’at asarlari rang tasvir, haykaltaroshlik, memorchilik va grafika kabi san’at turlariga bo’linadi.Rang tasvir real borliqni voqea hodisalarni bo’yoqlar 43 yordamida asosan qog’oz, taxta, mato va kartonlarda tasvirlanadi.Rang tasvir asarlarini ishlashda biz guash, akvarel, moybo’yoq, tempera bo’yoqlaridan foydalanamiz. Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigon qilib jixozlash kerak. Birinchi o’rinda planshet va malbertdan foydalanishni bilish kerak. Planshetda foydalanishda qog’ozni tog’ri tortishni bilish shart. Chunki akvarelda suv bilan ishlanganligi uchun qog’oz usti notekis holga kelishi mumkin. Shuning uchun birinchi o’rinda qog’oz suvlanib planshetga tarang holda tortilishi kerak. Keyin bo’yoqning ham sifatiga e’tibor berilishi shart. Ushbu suvli bo’yoqlarda maxsus qog’oz ishlatiladi. Akvarel bilan ishlashda suv uchun maxsus idish, bo’yoqlarni arashlashtirish uchun palitra yoki qog’oz bo’lagidan foydalanish maqsadga muvofiq. Akvarel bilan ishlash texnikasini puxta o’zlashtirish uchun dastlab grizayl uslubi bilan boshlash ma’qul. Bunda o’quvchi qora, to’q jigarrang va ko’k ranglardan foydalangan holda ishlasa ranglarni qo’yish dastlabki texnikasini o’rganadi. Akvarel bilan ishlashda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak. 1. Planshet yoki malbertga qog’oz tog’ri tortilganligi; 2. Kerakli bo’yoqlar, maxsus suv idish va palitra yoki qog’oz bo’lagi tayyorligi; 3. Akvarel bo’yog’i uchun maxsus mo’yqalamlar va ular quruq holda bo’lishi 4. Akvarelda oq rangdan foydalanmaslik, chunki qog’ozning o’zi ushbu vazifani bajaradi; 5. Qo’yilgan bo’yoq qavati ostidan qog’ozning sirti sezilib turishi; 6. Birinchi qavatdagi bo’yoq qurimaguncha, ustma-ust boyoqlar bermaslik kerak, chunki bo’yoqlar biri bilan qo’shilib ketilishi mumkin; 7. Uchtadan ortiq ranglarni aralashtirmaslik,chunki bo’yoqlarni holati o’zgarib ketadi; Ushbu qoidalarga amal qilish orqali akvarel bilan ishlash samaradorligini oshirish mumkin. Akvarelda birinchi ochroq ranglardan foydalangan holda ishlanadi keyin, ketma-ketlik bilan to’qroq ranglardan foydalangan holda yorug’ soya joylari ajratiladi. Guashda esa buning aksi ya’ni birinchi to’qroq ranglar qo’yilib undan so’ng ochroq ranglar bilan ishlanadi. Guash bo’yoqlari akvarelga nisbatan ko’rimsiz, nursiz va tiniq bo’lmaydi. Aynan guash bilan bajariladigon tasvir qurigach, bir muncha mayin va oqimtir ko’rinishga ega va nursiz ko’ringanligi sababli asosan amaliy bezak san’atida qollaniladi.Guash bilan ishlashda oq rangdan bemalol foydalana olish mumkin, chunki yorug’ va blik joylarini ushbu rang orqali ishlash mumkin. Guashdan shunday foydalanish kerakki, u mo’yqalamda oson olinishi, qog’oz sirtiga tekkis yopishishi, quriganda uqalanib, surkalib ketmasligi, ostidagi bo’yoq qavatini to’la berkitadigon bo’lishi shart. Taniqli rang tasvir ustalarining asarlarini kuzatib, guash texnikasidan qanday foydalanganligini kuzatgan holda bilim tajribalarni boyitish mumkin. 44
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассказывается, в каком порядке на уроке изобразительного искусства ученики наносят акварельные и гуашевые краски, работая с этими красками в соответствии с правилами закона.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассказывается, в каком порядке на уроке изобразительного искусства ученики наносят акварельные и гуашевые краски, работая с этими красками в соответствии с правилами закона. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- watercolor, watermark, tempera, malbert, tablet, gouache, tablet, palette, art, natura, искусство, натура, san’at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024