Экономика и инновационные технологииШерзод Салимов2020
ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К БЕНЗОПИЛАМ И ИХ ОСНОВНЫМ РАБОЧИМ ОРГАНАМ
TЕХNОLОGIK TАLАBLАR · Quvondiqova Xumora Toir qizi · Odilova Shohista Abduqodir qizi · Qudratova Nilufar Ibrohimovna · WORKING PARTS (Guliston Davlat pedagogika instituti talabasi)
Современная наука и исследования · 1142 · 1990
Аннотация
A cluster is a combination of similar elements that can be considered as an independent unit with certain characteristics. The cluster system is a whole system that includes the processes from the production of raw materials to the delivery of processed finished products to the consumer. Key words: cluster, textile. farmer, cotton, fiber, seed, spinning, processing. ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К БЕНЗОПИЛАМ И ИХ ОСНОВНЫМ РАБОЧИМ ОРГАНАМ Аннотация. Кластер – это совокупность одинаковых элементов, которую можно рассматривать как самостоятельную единицу с определенными характеристиками. Кластерная система – это целая система, включающая в себя процессы от добычи сырья до доставки готовой обработанной продукции потребителю. Ключевые слова: кластер, текстиль. фермер, хлопок, волокно, семена, прядение, переработка. Mamlakatimizda bugungi kunda klaster tizimi keng qo‘llanilmoqda. Demak klaster nima degani. “Klaster” fransuzcha so‘z bo‘lib “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish’’ degan ma’nolarni anglatadi. Klaster tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning 243 raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “BCT cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil birlik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan bir xil elementlarning birikmasi hisoblanadi. Klasterlar tizimi- bu xom-ashyo yetishtirishdan boshlab to qayta ishlangan tayyor maxsulotni istemolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamram olgan bir butun tizim hisoblanadi. Respublikada klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan. Shuning natijasida 2022-yilga kelib 134 taga yetdi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 134 ta paxta to‘qimachilik klasterlariga 1034.2 mingga (100%) yaqin yer maydonlari biriktirilgan. Klasterlar tomonidan 2022-yilda yetishtiriladigan 3mln 800mimg tonna paxta xom- ashyosidan me’yor bo‘yicha 1.3 mln tonna (34%) tola ishlab chiqariladi. Ayni paytda klasterlardan 1.9 mln tonna tola ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‘lib, yetishtiriladigan paxta xom-ashyosi mavjud quvvatlarni 58% ga ishlashini taminlaydi (705ming tonna ortiqcha tola ishlab chiqarish quvvatlari mavjud). Sohaga ilm-fan, inovatsiya yutuqlari hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish natijasida 2016-2021- yillarda paxta hosildorligi 26.4 tonnadan 32.7 tonnaga (+6.6ga) oshadi.yalpi hosil 2021- yilda 3.4 mln tonnaga yetkazildi. Klaster iqtisodiyotimizga nima beryapti hamda paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlarga yoki xo‘jalik azolariga qanday foyda keltirmoqda. Birinchidan, qishloq xo‘jaligida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish, yangi ish joylari yaratish va manfaatdorlikni taminlash imkonini beradi. Ikkinchidan ,paxtachilikka ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish uchun qulaylik yaratadi, raqobatbardoshlikni oshiradi. Uchinchidan ,fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan taminlashga xizmat qiladi. 244 To‘rtinchidan, paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirib ,uning eksportbopligini ta’minlaydi. Respublikada 2022-yilda jami 134 ta paxta- to‘qimachilik klasterlari faoliyat yuritadi. Paxta- to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2022-yilda 1034223 gektar yer maydonida paxta xom- ashyosi yetishtiriladi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta xom-ashyosi yetishtirish davrida ilg‘or zamonaviy inovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini qo‘shimcha 10 sentnerga oshiradi. Klaster bu- urug‘ni yerga qadashdan boshlab ,undan yuqori va qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni ichki bozorga va eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan ishlarni birlashtiruvchi tizimdir. Xususan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan “Poly tex Sirdaryo” paxta to‘qimachilik klasteri o‘tgan qisqa vaqt ichida 500 mlrd so‘m investitsiya kiritishga erishdi. Natijada 2ming nafardan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratildi. Bugungi kunda klaster faoliyatini amalga oshirishda bir qancha muammolar mavjud, jumladan: Klaster faoliyatlarini tartibga solib turuvchi yagona normativ- xuquqiy hujjatning mavjud emasligini aytib o‘tishimiz mumkin. Fermerlarda o‘z maxsulotlarini sotishda xaridorni tanlash imkoniyati mavjud emasligi Tadbirkorlar klaster maqomini olganda , rag‘batlantirish mexanizmi va yagona soliq imtiyozlarining mavjud emasligi. Bu muammolarni yechimi sifatida: Klasterlar yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan korxonalar majmuasida bo‘lishi kerak. Klaster
Доказательный фрагмент
«A cluster is a combination of similar elements that can be considered as an independent unit with certain characteristics.»
Образец извлечения
Демо-превьюA cluster is a combination of similar elements that can be considered as an independent unit with certain characteristics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cluster, textile. farmer, cotton, fiber, seed, spinning, processing
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025