К содержанию
РецензированоRU2026

Понятие и задача торгового эксперимента

TERGOV EKSPERIMENTI TUSHUNCHASI VA VAZIFASI · Baratov Azim Shamsiyevich

Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tergov eksperimentini o‘tkazishni oʻziga xos xususiyatlari, tamoiylari, usullari va amalga oshirish tartibi, amalga oshiruvchi subyektlar, tergov eksperimentini o‘tkazishda oʻzaro hamkorlik masalalari bayon qilingan. Kalit soʻzlar: tergov eksperimentini, usullar, kuzatish metodi, versiya, dalillar, tergov-tezkor choralari. Аннотатция. В данной статье излагаются особенности, принципы, методы и порядок проведения следственного эксперимента, субъекты его проведения, вопросы взаимодействия при проведении следственного эксперимента. Ключевые слова: следственный эксперимент, методы, метод наблюдения, версия, доказательства, оперативно-следственные мероприятия. Annotation. This article describes the features, principles, methods and procedure for conducting an investigative experiment, the subjects of its conduct, and issues of interaction during an investigative experiment. Key words: investigative experiment, methods, method of observation, version, evidence, operational investigative measures. Jinoyatlarni tergov qilish paytida koʻpincha ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hollarni tajriba yoʻli bilan tekshirishga zaruriyat tugʻiladi. Tergov eksperimenti mustaqil tergov-protsessual harakati sifatida Kriminalistika fanining taktika tizimida maʼlum oʻrinni egallaydi. Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida sodir boʻlgan xodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirish bilan shugʻullanadi. OʻzR JPKning 153-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir [1]. Tergov eksperimenti, yaʼni tajriba oʻtkazib ishning turli holatlarini, muqaddam boʻlib oʻtgan xodisalarni, voqealarni va jinoyat ishiga aloqador boʻlgan hollarni voqeʼlikda haqiqatdan boʻlganini yoki boʻlmaganini aniqlash maqsadida 64 «Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика» oʻtkaziladi. Eksperimentning tarkibiy qismi sifatida muqaddam boʻlib oʻtgan hodisalarni voqeʼlikda, aynan maʼlum sharoitlarda boʻlib oʻtganligi tekshiriladi. Shuning uchun tajriba harakatlarini oʻtkazishdan avval oʻsha xodisa voqea boʻlgan sharoitni tiklab, yaʼni modelini yaratib, tergov eksperimentini oʻtkazish lozim boʻladi. Eksperimentni tashkil qilish va oʻtkazish zarurati biror xodisani idrok qilish, eshitish, muayyan harakatlarni bajarish, biror xodisalarning sodir boʻlish sababini tekshirish va xodisaning kelib chiqishi va izlarning xosil boʻlish sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Shu bilan birga eksperiment harakatlari qonun normasi chegarasida amalga oshirilmogʻi lozim. Bunday holatda tergovchi oʻzi tergov qilayotgan jinoiy voqeaning ayrim detallarini sunʼiy tiklash, yaʼni tergov eksperimenti oʻtkazish yoʻli bilan yoki bevosita kuzatish orqali voqeaning kelib chiqish mexanizmini oʻrganadi. Tergov eksperimenti aslida lotincha “experimentum” – soʻzidan olingan boʻlib, tergovchi tomonidan bajariladigan tajriba demakdir. Maʼlumki, tergovchi oʻzi tomonidan tergov harakatlari oʻtkazilayotgan voqeaning asosiy guvohi boʻlmaydi. Sodir qilingan jinoyatning xarakteri va ayblanuvchilar koʻrsatmasiga binoan, hamda ishdagi mavjud boʻlgan daliliy ashyolar va boshqa dalillarga asosan muhokama qiladi. Shu bilan birga tergovchining toʻplangan dalillarni toʻgʻri baholash va tergov olib borilayotgan jinoyatning sodir qilish holatlari xaqidagi masalalarni tekshirishda oʻsha harakatlarni bevosita kuzatish zarurati ham paydo boʻlib qoladi. Lekin jinoyat va u bilan bogʻliq boʻlgan voqeani bevosita qabul qilish uchun imkoniyat boʻlmaydi, chunki bu voqea sodir boʻlib tugallangan boʻladi. Bu vaqtda tergovchi eksperiment, yaʼni tajriba yoʻli bilan tergovni qiziqtiradigan holatni qayta tiklash va uni oʻrganish bilan haqiqatda sodir boʻlish yoki boʻlmasligini tekshiradi. Tergov eksperimenti jinoyatlarni tergov qilish amaliyotida ishda toʻplangan dalillarni tekshirish va yangi dalillar topish vositasi sifatida dastlabki tergov, surishtiruv va sud organlari tomonidan keng qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 153-moddasida belgilanishicha: tergov eksperimenti tajriba harakatlarini oʻtkazishdan iborat boʻlib surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlar voqelikda xaqiqatdan boʻlganini yoki boʻlmaganligini aniqlash maqsadida ularni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga xaqlidir. Tekshirilayotgan holatlar, guvohlar, jablanuvchilar, jinoyatda gumon qilinayotgan va ayblanuvchilarning koʻrsatuvlaridagi biron hodisani idrok qilish, eshitish, ayrim harakatlarni bajarish imkoniyati boʻlgan-boʻlmaganligini a

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tergov eksperimentini o‘tkazishni oʻziga xos xususiyatlari, tamoiylari, usullari va amalga oshirish tartibi, amalga oshiruvchi subyektlar, tergov eksperimentini o‘tkazishda oʻzaro hamkorlik masalalari b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tergov eksperimentini o‘tkazishni oʻziga xos xususiyatlari, tamoiylari, usullari va amalga oshirish tartibi, amalga oshiruvchi subyektlar, tergov eksperimentini o‘tkazishda oʻzaro hamkorlik masalalari b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
investigative experiment, methods, method of observation, tergov-tezkor choralari, operational-investigative measures, доказательства, методы, usullar, observation method, kuzatish metodi, версия, versiya, следственный эксперимент, investigation experiment, evidence, dalillar, version, tergov eksperimentini, метод наблюдения, оперативно-следственные мероприятия
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники