К содержанию
РецензированоRU2024

ХАРАКТЕРИСТИКА СТИЛЯ ПИСЬМА ХУРШИДА ДОСТМУХАММЕДА В РАССКАЗЕ «КУЗА...»

USLUBIGA XOS XUSUSIYATLAR · Xajikurbanova Nilufar

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Khurshid Dostmuhammad's short story "Kuza..." shows the unconventionality of the writer's works and the influence of contemporary modern literature. Key words: Modernism, observation, modern literature, "Kuza..." story, unconventionality, human psyche, observer, observed. ХАРАКТЕРИСТИКА СТИЛЯ ПИСЬМА ХУРШИДА ДОСТМУХАММЕДА В РАССКАЗЕ «КУЗА...» Аннотация. Через рассказ Хуршида Достмухаммеда «Куза…» показаны нестандартность в творчестве писателя и влияние современной современной литературы. Ключевые слова: Модернизм, наблюдение, современная литература, повесть «Куза…», нестандартность, человеческая психика, наблюдатель, наблюдаемый. Istiqlol davri adabiyotida insonning ichki olamini badiiy talqin qilish, turli xil ramzlar, majoziy talqinlar yetakchilik qiladi. Asarda qahramonlarning ruhiyati asosiy e’tibor markazida turadi. Hozirgi o‘zbek adabiyoti bugungi kunda jahon adabiyotida bo‘layotgan shiddatli o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda taraqqiyot etmoqda. Shu jumladan, modernizm, postmodernizm, realizm kabi yo‘nalishlar badiiy adabiyotda o‘z aksini topmoqda. “Keyingi yillar she’riyati va nasrda ham modernizm adabiy oqimining o‘ziga xos tarzda ta’sirini kuzatamiz. An’analar bilan bir qatorda, noan’anaviy asarlarning shakllanishida va yaratilishida bu adabiy oqimning sezilarli ta’siri mavjud”1 XX asrdan buyon jahon san’ati va adabiyotida qo‘llanib kelinayotgan modernizm bugungi kunda o‘zbek adabiyotining dolzarb mavzularidan biri bo‘lib kelmoqda. Hozirgi adabiy jarayonda modernistik yo‘nalishda yozilgan asarlarni tushunish kitobxondan sinchkovlik va o‘tkir zehn talab qiladi. H.Boltaboyev zamonaviy modern adabiyoti haqida quyidagicha fikr bildirgan : “Hozirgi adabiy davralarda urf bo‘lgan “modern” so‘zining adabiy mohiyati haqida so‘z yuritganda bizning she’riyatga G‘arbdan yuqqan “epidemiya” debgina qarash nafaqat mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yish, balki o‘zbek she’rining bugungi mushohada tabiati va yangi shakllar ilinjidagi izlanishlarini imkon etish hamdir”.2Adabiyotimizda nasrda Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam, 1A.Nosirov.Istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik. Samarqand.2014.19-bet 2Boltaboyev H. Istiqlol imkoniyatlari : yangilangan an’analar va postmodernism. G’afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2006. 238-bet. 6 69 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Isajon Sulton ; nazmda esa Bahrom Ro‘zimuhammad, Aziz Said, Shermurod Subhon kabi adiblar modern yo‘nalishida ijod qilganlar. Yangi davr adabiyotidagi asarlarda asosiy e’tibor qahramonlarning ruhiyati, ichki kechinmalari, shaxsiyatiga qaratiladi.“Modern yo‘nalishidagi asar abstrakt rasmlarga o‘xshab, qanday tushunsang shunday angla deb, duch kelgan voqeani hikoya qilish emas, balki ular ma’lum bir konsepsiyaga ega bo‘lib, ma’lum maqsad sari yo‘naltiriladi. Bu narsa qahramon orqali amalga oshiriladi. Modern yo‘nalishidagi asar qahramonlari esa, o‘z o‘y-xayollari ong oqimi misol miyada yo‘nalgan fikrlarda o‘zi yashayotgan hayotni teran badiiy talqin va tahlil qilib, olam muammosini anglashimizga yordam beradi”.3 O‘zbek nasrchiligining yetuk vakillaridan biri Xurshid Do‘stmuhammad o‘zbek adabiyotidagi modern yozuvchilardan biridir. Xurshid Do‘stmuhammad asarlaridagi badiiyat G‘arb va Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.Uning ko‘pchilik asarlarida noan’anaviy, yangicha uslublar ko‘zga tashlanadi. Barcha janrdagi asarlari kabi qissa janridagi asarida ham bu holatni ko‘rishimiz mumkin.Hozirgi kunda qissa janri har vaqtdagidan ham ildam rivojlanmoqda. Unda zamonaviylik chuqurlashib, rang-baranglik ortmoqda. Xurshid Do‘stmuhammadning “Kuza…” qissasini olaylik. “Kuza…” qissasi o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos betakror tasvir usuliga ega asarlardan biridir. Qissada yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi asar sujetiga singdirilgan. Voqelikka va inson dunyosiga, uning ruhiy olamiga o‘ziga xos uslubda yondashilgan. Qahramonlar qalbida ro‘y berayotgan jarayonlar muallif diqqat markazida turadi. Asar shakl jihatdan mukammal bo‘lsa-da, uning mazmuni shunchalar chuqur berkitilganki, bir o‘qiganda mazmunni anglab olish qiyin bo‘lib qoladi. Asarning boshlanish qismida Umid va uning do‘stlari, ustozining kasalligi haqida gapirilayotgandan paytda birdaniga Umidning o‘y-xayollari ichidagi voqealar davom etib ketadi. Xayolotidagi kotiba qiz, opasining arazlashlari haqidagi voqealar o‘zgacha sujet uyushtirib, g‘alizlik tug‘dirgandek bo‘ladi. Ammo buni sinchiklab o‘qigan kitobxon ayni shu o‘y-xayollar asarning badiiyatidagi o‘ziga xoslik ekanini anglaydi. Bir o‘qiganda asar mantiqsizdek tuyuladi, hech qanday mazmun, fikr anglashilmagandek bo`ladi. Bundan chiqadiki, qissada noan’anaviylik ko‘p. Shu bilan bir qatorda asarda insonparvarlik fazilatlari ham aks etgan. Umid ustozi bilan muomalasida kattalarni ulug`laydigan, milliy qadriyatlarni hurmat qiladigan inson ekanligini anglab olamiz. Asarda hamma voqeani bitta narsa, ya’ni kuzatish, kuzatuv bog‘lag

Доказательный фрагмент

«Khurshid Dostmuhammad's short story "Kuza..." shows the unconventionality of the writer's works and the influence of contemporary modern literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

Khurshid Dostmuhammad's short story "Kuza..." shows the unconventionality of the writer's works and the influence of contemporary modern literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Modernism, observation, modern literature, "Kuza..." story, unconventionality
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники