Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ СТРАНЫ В СФЕРЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ
Naimova Nargiza Akbarovna · E-COMMERCE DEVELOPMENT
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the economic potential of the country in the fields of digital economy and e-commerce development has been studied, and the author has given relevant conclusions and suggestions in this regard. Keywords: digital economy, e-commerce, logistics, free economic zone. ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ СТРАНЫ В СФЕРЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ Аннотация. В данной статье исследован экономический потенциал страны в сфере цифровой экономики и развития электронной коммерции, а также сделаны соответствующие выводы и предложения автором по этому поводу. Ключевые слова: цифровая экономика, электронная коммерция, логистика, свободная экономическая зона. Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va „qora iqtisodiyot“ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Maʼlumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Jahonda elektron tijorat tizimlari orqali onlayn-savdo bozori tobora rivojlanib bormoqda. Elektron tijoratning supergigantlari hisoblangan Amazon (AQSh), Alibaba va JD.com (ikkisi ham Xitoy) kabi kompaniyalar hozirda xalqaro onlayn savdoning 40 foizini nazorat qilib, jahondagi eng yirik 10 ta elektron tijorat bozorlaridan yettitasini boshqarmoqda va global logistika tarmog‘ida tovarlar harakatining yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Elektron tijorat bozorining mahsuli — chegarabilmas turli posilkalar va mayda paketlar almashinuvining kundan-kun o‘sib borishi turli mamlakatlar pochta va bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni har qachongidan ham mukammal qilishni talab qilmoqda. Bojxona tartibi 2 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va tartibga solish mexanizmlari elektron tijoratning jadal o‘sishiga mos kelmay qolmoqda. Yangi bozor global logistika tarmog‘ining uzluksiz, muvofiqlashtirilgan va ishonchli ishlashini ta’minlash masalasida Jahon pochta ittifoqi (JPI)ning Xalqaro bojxona va transport idoralari — Jahon bojxona tashkiloti (JBT), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi (IKAO) bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda. JBT—JPIning pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha qo‘shma qo‘llanmasiga binoan, bojxona ma’muriyati tayinlangan operator bilan hamkorlikda bojxona orqali o‘tadigan pochta jo‘natmalarini chiqarish tartib-qoidalarini soddalashtirish, amalda standartlar/protseduralarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilishida amaliy yordam berishi kerak. Masalan, Bojxona hamkorlik kengashi qiymati 30 SPZ (41 AQSh dollari)dan oshmaydigan sovg‘alarni Bojsiz qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilgan tovarlar ro‘yxatiga kiritgan. Bundan tashqari, ushbu tavsiyaviy ro‘yxatda qaysi tovarlar sovg‘alar toifasiga kirishi mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq ushbu yo‘nalishda ham tartibga solinmagan import faoliyatini kamaytirish uchun cheklov choralari qo‘llaniladi. Quyidagi jadvalda turli mamlakatlarda pochta orqali tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlari keltirilgan. 1. Xorijiy davlatlarda Internet-savdo — pochta jo‘natmalari orqali tovarlarni bojsiz olib kirish me’yori 2 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Izoh: Bazi bir davlatlarning qonunchiligida jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga yuboriladigan shaxsiy sovg‘alar uchun bojsiz olib kirish me’yorlari turlicha o‘rnatilgan. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2020-yil 1-yanvardan boshlab internet-savdo doirasida jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish chegarasi 500 yevrodan 200 yevrogacha pasaytirildi. Aprelda Rossiya Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyuldan bojsiz olib kirish chegarasini 100 yevrogacha, 2021-yildan 50 yevrogacha, 2022-yil boshidan 20 yevrogacha tushirishni taklif qildi. Shu bilan birga, agar tovarning qiymati yoki vazn chegarasi hozirgi bir kilogramm uchun 2 yevrodan 3 yevroga oshsa, soliqning minimal stavkasini oshirishni taklif etgan. Biroq Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi hozirgi vaqtda YeOII mamlakatlari uchun onlayn- xaridlarni amalga oshirishda bojsiz olib kirish me’yorini tushirishni maqbul deb hisoblamaydi. Yevroosiyo Iqtisodiy k
Доказательный фрагмент
«In this article, the economic potential of the country in the fields of digital economy and e-commerce development has been studied, and the author has given relevant conclusions and suggestions in this regard.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the economic potential of the country in the fields of digital economy and e-commerce development has been studied, and the author has given relevant conclusions and suggestions in this regard. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital economy, e-commerce, logistics, free economic zone, цифровая экономика, raqamli iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025