Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВКЛАД МАЛИКА НАБИЕБА В ЖАНР ПОРТРЕТА
Fatullayeva Sojida
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this state, a large contribution of Malika Nabieva is made in the portrait genre. Key words: genre, portrait, artist, color, perception, thinking, imagination. ВКЛАД МАЛИКА НАБИЕБА В ЖАНР ПОРТРЕТА Аннотация. В данной статье рассматривается большой вклад Малика Набиева в портретный жанр. Ключевые слова: жанр, портрет, художник, цвет, восприятие, мышление, воображение. Tasviriy san`atning eng murakkab janrlaridan biri odam yuzini tasvirlash bo`lib, bu rassomdan shakl, nisbat va ranglarni mohir ustasi bo`lish bilan birga, odam shaxsini, yaxshi tushunishi, uning psixik holatini idrok eta olishi, uning his-tuyg`ularini ko`ra olishi, yuz tarangligi, yuzdagi rangni rasm ishlayotgandagi holatiga mos kelishi, kishining yuragidagi bo`layotgan o`zgarishlarni, psixik hayajonni real holda ifodalash malakalariga ham ega bo`lishi kerak, chunki, asar tasvirdagi kishini kimligini, yoshini, fe`lu-odatini, amal-unvonini, hatto gavda tuzilishi, boy- kambag`alligini ham ko`rsatib berishi lozim. Har bir inson o`ziga xos murakkab va shu bilan birga qiziqarli xarakterga ega bo`lib, xilma- xil obrazlarga boy xayoti portretda yetakchi o`rinni egallaydi. Portret san`ati bir necha ming yillik uzoq tarixga ega. Qadimgi Misrda inson qiyofasini tasvirlashda haykaltaroshlarning o`rni beqiyos bo`lgan. Ular insonning ichki hissiyoti va kechinmalarini ko`rsatib bermagan bo`lsalarda, odam tasvirini o`ziga o`xshatib tasvirlashda etarlicha aniqlikka erishganlar. Qadimgi yunon usta hunarmandlari xudolar va afsonaviy qahramonlar, shoir, faylasuf va mashhur shaxslarining obrazlarini ideallashtirgan holda tasvirlashga harakat qilganlar. Bu bilan ular o`zlarining go`zallik va nafosat olamiga bo`lgan munosabatlarini badiiylashtirgan. Keskin insoning psixologiyasi va xarakterini juda aniqlik va haqqoniylik bilan ifodalaganlar. Portretda bosh va qo`lning bilakdan pastki qismi muhim ahamiyatga ega, surat chizayotgan kishi tomoshabin nigohini birinchi navbatda shu omillarga jalb qilmog`i kerak. Insonga xos xarakterni ifodalashda qo`l katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik odamlar qo`l imo-ishoralari ko`magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yoritishda yordam beradi. Portretda ko`z murakkab joylardan biri bo`lib, o`ta aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi Portretchi rassom inson xarakteri va uning individualligi ustida ishlaydi. Bu esa rassomdan chuqur bilim talab qiladi, tasvirlanuvchi haqida hamma narsani, uning yuz elementlarini ko‘p 1 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tomonlama obrazli holatlarini, eng asosiysi esa, haqqoniy, tushunarli va obrazli ifodalay bilishni talab etadi. Insonni haqqoniy tasvirlamoq uchun uni diqqat e’tibor bilan uzoq kuzatmoq kerak, shunday holat, shunday pozani, shunday kayfiyatni topish kerakki, xarakterning xususiyati, sifatini to‘liq ifodalash mumkin bo‘lsin. Portretda «qalbni tutish» kerak, «kiyimni va tanani emas». Portret janrida samarali iz qoldirgan Malik Nabiev buyuk inson Amir Temur obrazini tasvirlash borasida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Temurni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi ekanini ham ifodalay oldi. Xullas, Malik Nabiev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Temurni uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan. Kezi kelganda yana bir tarixiy voqeani aytmasdan o‘tib bo‘lmaydi. 1993 yil iyunda ustoz rassom butun ijodiy faoliyati davomida mehnat qilib kelgan Nizomiy nomidagi pedagogika institutining badiiy-grafika fakultetida juda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Eng xavflisi shunda ediki, ustoz rassomning shu binodagi ijodxonasida «Sohibqiron Temur», «Mirzo Bobur» kabi shoh asarlari saqlanayotgan edi. Qarangki, yong‘in paytida faqatgina shu asarlar turgan xona yong‘indan mutloq zarar ko‘rmagan. Bu ham inson hayotidagi anglash qiyin Sirlardan biri bo‘lsa ajab emas! Rassomning ko‘plab portretlarida buyuk siymolar obrazi zamonaga hamohang darajada gavdalanganligini ko‘ramiz va beixtiyor hayratlanamiz. Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino, Jomiy va Navoiy, Al Roziy, Rudakiy, Al Xorazmiy kabi bir qancha yirik arboblar, olim, shoir, mutafakkirlarning portretlarining har biri jonli tasvirlangan. Malik Nabiyevning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘aniston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M.Nabiyevning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani, uning achchiq vasermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz. Bobur o‘z yurtidan olislarga ketib, ona yurtiga mehru-muhabbatini go‘yoki izhor qilayotgan holatini, rassomning jonli bo‘yoqlarida namoyon bo‘lgan. Xullas, Bobur portretidagi turli xil bo‘yoqlarda aks ettirilgan tuyg‘ular uyg‘unligi butun borlig‘
Доказательный фрагмент
«In this state, a large contribution of Malika Nabieva is made in the portrait genre.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this state, a large contribution of Malika Nabieva is made in the portrait genre. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- genre, portrait, artist, color, perception, thinking, imagination, жанр, portret, портрет, In this state, janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025