К содержанию
РецензированоRU2024

МЕТОДИКА ПРОВЕДЕНИЯ ДИКТАНОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ШКОЛЫ

O‘TKAZISH METODIKASI · Mag‘ribova Gulnihol Qaxramon qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education. It reflects the role of emphatic dictation in the formation of spelling literacy in elementary school students. The type of visual dictation of emphatic dictation and methodical aspects of its organization are shown. Key words: primary education, mother tongue and reading literacy, spelling, spelling literacy, dictation, emphatic dictation, visual dictation, auditory dictation, spelling rule. МЕТОДИКА ПРОВЕДЕНИЯ ДИКТАНОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ШКОЛЫ Аннотация. В данной статье рассматривается методика проведения эмфатических диктантов в начальных классах. Отражена роль эмфатического диктанта в формировании орфографической грамотности учащихся начальной школы, показаны виды диктанта и его методические аспекты. Ключевые слова: начальное образование, родной язык и грамотность чтения, правописание, орфографическая грамотность, диктант, эмфатический диктант, визуальный диктант, слуховой диктант, орфографическое правило. So‘nggi ikki yil davomida boshlang‘ich ta’lim sohasida ta’lim-tarbiya jarayonida keng ko‘lamli o‘zgarishlar olib borilmoqda. Xususan, xalqaro ta’lim sifati tadqiqotlarida yuqori natija ko‘rsatgan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar tavsiyasiga asosan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozish, o‘qish, fikr bildirish ko‘nikmalarni sifatli shakllantirish maqsadida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani kiritildi va shu nomdagi darsliklar amaliyotga joriy qilindi. 1-2-3-sinf uchun mo‘ljallangan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qismning mashq daftari ham yaratildi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslari bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli oʻstirish zaminida kelgusida fanlarni puxta oʻzlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli boslangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining asosiy vazifalaridan biri ham o‘quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini oʻstirishdir. Binobarin, ta’lim jarayonida oʻquvchilar yozma nutqini oʻstirishga ham ona tili oʻqitishning asosiy vazifasi sifatida yondashiladi. 1 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ma’lumki o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish bevosita imloviy savodxonlik bilan bog‘liq. Bu esa oʻquvchilarda orfografik malakalarni shakllantirishni tizimli ravishda amalga oshirish muhimligini belgilaydi. O‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantitirishda diktantning o‘rni juda katta. Diktantning ham bir qancha turlari mavjud bo‘lib, quyida biz ta’kidiy diktant, uning turlari hamda uni o‘tkazish yo‘llari haqida fikr yuritmoqchimiz. Ta’kidiy diktant barcha ta’limiy diktantlar ichida eng muhimi va ahamiyatlisidir, chunki ta’kidiy diktant o‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi. Bu diktant turi har qanday so‘zning imlosini o‘quvchilarga oldindan eslatish orqali yozdirishga asoslanadi. Zero, agar o‘quvchi xato yozilgan so‘zlarni ko‘rsa, uni o‘zi xato yozsa, imloda xato ko‘nikmaga ega bo‘lib qolsa, u o‘quvchiga imlo o‘rgatish juda murakkab ishga aylanib qoladi. Bu jihatdan qaraganda ham ta’kidiy diktantning ahamiyati katta. Diktantning bu turi o‘quvchilarni diktant matnidagi barcha so‘zlarning imlosini o‘ziga singdira olishga odatlantiradi. Shuningdek, bu diktant orqali o‘quvchilar so‘z imlosini turli orfografik toifalar asosida ongli o‘zlashtiradilar. Bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘la savodli qilish chidam va sezgirlik talab qiladi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga biror yangi so‘z o‘rgatar ekan, avvalo shu so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatishi lozim; undan keyingina bu so‘z yuzasidan yozuv mashqi o‘tkazadi. Bu orfografiya bilan orfoepiyaning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Metodik adabiyotlarda o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi quyidagicha ko‘rsatiladi: 1. Imlo qoidasi o‘rganilmagan ba’zi so‘zlar diktant matn tarkibiga kirib qoladi. 2. Biror imlo qoidasi bo‘sh o‘zlashtirilgani sababli tegishli so‘zlarni bu orfografik qoidaga bog‘lay olmaydilar va ularni xato yozadilar. 3. Imlosi qoidalashtirilmagan so‘zlarga oid xatolar. 4. Ba’zan o‘quvchilarning beparvoligi tufayli so‘zlar xato yoziladi. 5. Yozuvda o‘quvchilar kalligrafik jihatdan xato qiladilar, buning oqibatida ayrim harflar boshqa shaklga o‘tib, bu so‘z xato yozilganday seziladi. Bu xatolarning barchasi ta’kidiy diktant orqali bartaraf qilinadi. Buning uchun ko‘proq boshlang‘ich sinflarda imlosi o‘rgatiladigan so‘zlarni o‘quvchilarga ko‘rsatish, ularning imlosini ta’kidlash orqali yozdirish zarur. Ayniqsa, 1-sinf o‘quvchilari og‘zaki eshitganlarini yozuvda osonlik bilan ifoda eta olmaydilar. Bu hol o‘quvchilarni xatosiz yozishga o‘rgatishda yozilayotgan so‘zning imlosini oldindan ko‘rsatishni talab qiladi. 2-3- sinflarda o‘quvchilarning to‘g‘ri yozuv ko‘nikmasi bir oz shakllangach, bolalar biror sohada mustaqil fikrlay oladi

Доказательный фрагмент

«This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, mother tongue and reading literacy, spelling, spelling, boshlang‘ich ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники