Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI YARATISH ASOSI Feruza G‘OZIYEVA IIV Farg‘ona akademik litseyi huquq fani o‘qituvchisi
YARATISH ASOSI · Feruza G‘OZIYEVA
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
This article discusses the importance of digital technologies for society, and as a part of it for education, in the world economy and education today. Keywords: information, technology, innovation, digital technology, digital economy, digital education. Аннотация: В современной мировой экономике и образовании в данной статье обсуждается важность цифровых технологий для общества и, отчасти, для образования. Ключевые слова: информация, технологии, инновации, цифровые технологии, цифровая экономика, цифровое образование. Jahon miqyosida global axborot sharoitida insoniyat har soniyada innovatsion xarakterdagi o‘zgarishlar sodir bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqda. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra “innovatsion jarayon”lar sanaladi. Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini raqamlashtirish global axborotlashuv muhitiga xos xarakterli xususiyatlardan biri sanaladi. Kishilik jamiyatiga xos sohalarni raqamlashtirish ijtimoiy munosabatlarni shaxslarning bevosita aralashuvisiz Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) yordamida onlayn shaklda amalga oshirilishini anglatadi. AKT mavjud innovatsion jarayonlarni harakatga keltiruvchi asosiy, muhim mexanizmdir. Bugungi kunda AKTsiz insoniyat hayotini tasavvur qilish qiyin. Ishlab https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 61 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, tibbiyot, madaniyat kabi ko‘plab sohalarida ham ijtimoiy munosabatlarning asosiy qismi AKT yordamida amalga oshirilayotgan bir vaqtda ta’lim muhitini raqamlashtirish muammosi ham tobora dolzarb ahamiyatga aylanmoqda. Raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimiga joriy etilishi sohaga taalluqli xizmatlarning on-line ta’lim va off-line ta’lim (bevosita va bilvosita AKT yordamida tashkil etiladigan masofaviy ta’lim) yordamida ko‘rsatilishini ifodalaydi. Mazkur tushunchalarning ijtimoiy muhit va til iste’moliga kirib kelishi AKTning jadal rivoji bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son (2018 yil 19 fevral) Farmoni1, “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3549-son (2018 yil 3 iyul) Qarori O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 24 yanvar)2da qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish dolzarb vazifa ekanligiga alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra joriy yilda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda faol qo‘llanilmoqda. Jamiyatning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish dolzarb ijtimoiy zarurat ekaniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev alohida urg‘u beradi: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ахборот технологиялари ва коммуникациялари соҳасини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5349-сон (2018 йил 19 февраль) Фармони // https://lex.uz/ docs/3564970. 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга йўллаган Мурожаатномаси (2020 йил 24 январь) // https://nrm.uz/contentf?doc=612868. https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 62 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi”3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4996-son (2021-yil 17-fevral) Qaroriga muvofiq 2021-yilning 31-iyulida Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Raqamli texnologiyalar va va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (475-son) Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asos qilib olingan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Tabiiyki, ushbu institut oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi. Ular quyidagilardan iboratdir: “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of digital technologies for society, and as a part of it for education, in the world economy and education today.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of digital technologies for society, and as a part of it for education, in the world economy and education today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information, technology, innovation, digital technology, digital, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, digital economy, innovatsiya, Keywords: information, Ключевые слова: информация, texnologiya, инновации, цифровые технологии, цифровая экономика, Kalit so‘zlar: axborot, цифровое образование., технологии, raqamli ta’lim, digital education.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024