Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СУЩНОСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В ПЕДАГОГИКЕ
Karimova Sevara Shaxriddin qizi · Habibullayeva Shoira Farhod qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
We know that primary school serves as a foundation for the future of the young generation. Didactic games are extremely important in explaining new topics to primary school students. That is why this article talks about the importance of the educational process in primary classes. Key words: elementary school, didactic, game, education methods, types of education methods, methods of encouragement and punishment in education, activity, issue. СУЩНОСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В ПЕДАГОГИКЕ Аннотация. Мы знаем, что начальная школа служит фундаментом будущего молодого поколения. Дидактические игры чрезвычайно важны при объяснении новых тем учащимся начальных классов. Именно поэтому в данной статье говорится о важности образовательного процесса в начальных классах. Ключевые слова: начальная школа, дидактика, игра, методы обучения, виды методов обучения, методы поощрения и наказания в воспитании, деятельность, вопрос. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Tarbiya, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, 4 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ usullar bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish bu usullar. So‘z (keng ma’noda) tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 3.Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 4.Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi.
Доказательный фрагмент
«We know that primary school serves as a foundation for the future of the young generation.»
Образец извлечения
Демо-превьюWe know that primary school serves as a foundation for the future of the young generation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elementary school, didactic, game, education methods, types of education, начальная школа, boshlang‘ich sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026