Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Axboriy muhitda zamonaviy media ta’lim masalalari
Zarina AXMEDOVA
СМИ. Язык и культура. Перевод. · 2026
Аннотация
Axboriy muhitda zamonaviy media ta ’lim masalalarini hal etish takomillashtirilgan texnika va chuqur bilim. Axborotni ishonchli, aniqliligi, holisligiga ko proq e ’tibor berish kerak. Media ta ’lim bilan muloqat madaniyatida media-matnini to‘liq qabul qilish, interpratsiya etish, tahlil qilish chuqurroq o ‘rganish kerak va tezkor yetkazish lozim. Kalitso‘zlar: axborot, media, zamonaviy, jurnalistka, qonunlar, OAV, g‘oya. Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. Zamonaviy axborot biz uchun kerakmi? Media ta’lim masalalariga qanday yondashish to’g’ri bo’ladi? Bu ikki savolning javoblarini bilmasdan turib mavzuni yoritish mushkul. Zamonaviy axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.Axborot asri bo’lgani uchun inson tezkor va ishonchli manbalarga ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bitta axborotning ishonchsiz yoki ishonchli ekanligini tekshirmasdan tarqalayotganligi ko’p uchramoqda. Oqibatda esa salbiy yoki o’ta salbiy jarayonlarni boshdan kechirishga sabab bo’lishda davom etmoqda. Axborotni har kim, har xil joyda, o’zi hohlaganidek olishi va uzatishi qonunlarda ham belgilangan. So’nggi yillarda qabul qilingan qarorlar natijasi buning isboti. Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to’g’risida’’gi qonun 272 2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko’rib chiqilgan va u 23 moddadan iborat. Bu qonunlarga ko’ra zamonaviy axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlshtirish, tarmoqlararo bog’lanishini amalga oshirish, muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarga olingan. Jinoyat kodeksining 191-moddasiga ko’ra shaxsning qonunga xilof ravishda axborot to’plashi, uni oshkor qilishi yoki undan foydalanishi javobgarlikka sabab bo’ladi. Keyingi savolga javobni qidirar ekanmiz umumiy so’zlarga ko’zimiz tushadi. Media ta’lim masalalari qanchalik chuqur o’rganilmasin, baribir yechimlarning hammasi ham yechilmaydi. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim bu media mahsulotlari bilan muloqat madaniyatida media-matnini to’liq qabul qilish, intepritatsiya etish, tahlil qilish hamda baholashdan iboratdir. Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni televideniya, radio, video, kinomatografiya, pressa, matbuot, internet va boshqalarni taqdim etadi. Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan to’g’ri foydalanib, o’zining rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan axborotlarni o’rganish barcha uchun, ham vaqtdan, ham moliyaviy tomondan ustun bo’lishini ta’minlaydi. Televideniya, radio, internet yo’nalishlarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar talaygina. Lekin hammasi ham o’z ishini to’g’ri boshqarishni tushinib yetmaslik oqibatida korrupsiya, noholislik, ishonchsiz axborot tarqatish holatlari ham nazardan chetda qolmagan. Bu muammolarning aksariyati moliyaviy ahvoldan kelib chiqanligini, oylik maoshlari qoniqtirmayotganligini ro’kach qiladi. Yaqin yillarda bu masalalarga yechim topiladi deb o’ylayman. Media-ta’lim masalalarini hal etish uchun professorlar, o’qituvchilar, o’z ishini puxta bajaradiganlarning maslahatlari va kelajak avlodning say-harakatlari tufayli ko’p yutuqlarga erishish mumkin. Oliy ta’lim dargohlarida media sohasiga aloqador bo’lgan darslarni o’z ishining ustalari, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar ta’lim bersa, talaba va o’quvchilarning vaqti ham besamar ketmaydi. Ularga vazifalarni ko’proq berish, o’z ustida ishlashi uchun to’g’ri yo’lga yo’naltirish zarur. Zamonaviy usullar dars jarayonlarini chuqurroq va zerikmasdan e’tiborni jalb qilgan holda o’zlashtirishga sabab bo’ladi. 273 Zamonaviy mediada barcha texnologiyalardan foydalanish mumkin. Jahonda sodir bo’layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi Ommaviy Axborot Vositalari orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlilik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o’zgartirib yubordi. Zamonaviy axborot muhitida media ta’lim masalarini
Доказательный фрагмент
«Axboriy muhitda zamonaviy media ta ’lim masalalarini hal etish takomillashtirilgan texnika va chuqur bilim.»
Образец извлечения
Демо-превьюAxboriy muhitda zamonaviy media ta ’lim masalalarini hal etish takomillashtirilgan texnika va chuqur bilim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonunlar, information, media, laws, g‘oya, modern, законы, современное, journalism, журналистика, zamonaviy, средства массовой информации, jurnalistka, idea, информация, идея, mass media, OAV, axborot
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025