Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТИПЫ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И МЕТОДЫ ИХ ВЛИЯНИЯ В СООБЩЕНИЕ МОЛОДЫХ СТУДЕНТОВ
SINGDIRISH USULLARI · Islomova Nilufar Baxtiyor qizi · THROUGH NATIONAL VALUES
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this thesis, the concept of national value, the reasons and importance of inculcating national value in the minds of students, as well as the fact that young people who grow up without national value can pose a threat to our future life are given. Key words: Concept of national value, forms of national value, national education, national consciousness. ТИПЫ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И МЕТОДЫ ИХ ВЛИЯНИЯ В СООБЩЕНИЕ МОЛОДЫХ СТУДЕНТОВ Аннотация. В данной дипломной работе даются сведения о понятии национальной ценности, причинах и важности формирования национальной ценности в сознании студентов, а также о том, что молодые люди, вырастающие без национальных ценностей, могут представлять угрозу нашему будущая жизнь. Ключевые слова: понятие национальной ценности, формы национальной ценности, национальное образование, национальное сознание. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab 20 qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini, madaniyati va ilm-fan bobidagi kо‘p asrlik tajribalarini о‘rgatish ijobiy pedagogik samaralarni beradi. Shuning bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli kishi, mustaqil va erkin fikrga ega bо‘lgan shaxs va fuqarolik jamiyati ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish О‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham о‘qituvchining serqirrali va murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi. Natijada ta’lim va tarbiya dasturlariga milliy qadriyatlar omillarini kiritish ishlari bosqichma bosqich va sharoitga mos holda puxta amalga oshirilmoqda. Endilikdai esa, milliy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim mazmuniga singdirilishi va integrasion jarayonning natijalarini ilmiy о‘rganish ilmiy doiralarning asosiy mavzularidan biriga aylanmoqda. Qadriyatlarning tarixiy-pedagogik jihatlari va uning turli qirralarini о‘rganish kо‘p tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot va ilmiy nashrlari doirasida amalga oshirilgan. Bu borada, ayniqsa, rus olimlari – A.A.Koychuev, Y.A.Rezvan; o‘zbek olimlaridan – A.A. Bolibekov, D.M.Kenjayevlar tomonidan olib borilgan, milliy qadriyatlarning pedagogik jihatlari bilan diniy axloqiy qadriyatlarning mushtarakligi masalasiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarini qayd etish lozim. Ilmiy qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar rо‘yobga chiqishi bilan bog‘liq bо‘lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat bо‘ladi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.Bundan kelib chiqib milliy qadriyat turlarini: 21 tarixiy qadriyatlar, oila qadriyatlari, ta’limiy qadriyatlar, vatanga bo‘lagan qadriyatlar kani turlarga ajratish mumkin. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.Jumladan inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr- qimmati haqida so’zlash be’manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’liqini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalis
Доказательный фрагмент
«In this thesis, the concept of national value, the reasons and importance of inculcating national value in the minds of students, as well as the fact that young people who grow up without national value can pose a thr…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, the concept of national value, the reasons and importance of inculcating national value in the minds of students, as well as the fact that young people who grow up without national value can pose a thr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Concept of national value, forms of national value, national education, понятие национальной ценности, Milliy qadriyat tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025