К содержанию
РецензированоRU2026

ФОРМА, МЕТОДЫ И СПОСОБЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi · THROUGH NATIONAL VALUES

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides some information about the importance of forming a sense of national value in young students and the factors, methods, forms and ways of forming national value. Key words: Concept of value, national value, national education, concept of morality. ФОРМА, МЕТОДЫ И СПОСОБЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ Аннотация. В данной дипломной работе даны сведения о важности формирования чувства национальной ценности у студенческой молодежи, а также о факторах, методах, формах и способах формирования национальных ценностей. Ключевые слова: понятие ценности, национальная ценность, национальное образование, понятие морали. Qadriyatlar ‒ inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. U jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsuli. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o‘sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Zamonlar o‘tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma’nosi o‘zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho berganda konkret tarixiy shart-sharoitlarni doimo nazarda tutish kerak. Inson qadri, uning sha’ni, or-nomusi, milliy g‘ururi, albatta, milliy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. 15 Milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir. Bizni qurshab turgan olamni asrab – avaylash, boy milliy ma’naviy merosimizni avlodlarga yetkazish uchun ota - bobolarimiz e’tiqodini bilish, tajribasini qunt bilan egallash kerak bo’ladi. Bu esa talabalardan chuqur bilim va mahoratni talab etadi. Shuning uchun ham biz ta’lim-tarbiya jarayonlarining ajralmasligiga tayanib, ulug’ allomalarimiz hayoti va faoliyatini, milliy qadriyatlarning bebaho qirralari sifatida o’rganish orqali talabalarni yuksak madaniyatli, o’z Vataniga, kasbiga sadoqatli inson qilib tarbiyalash zaruriyati tug’iladi. Bunga bugungi kunda ijtimoiy asoslarimiz to’laligicha yetadi va bu yo’nalishdagi ishlarni amalga oshirishiga Respublikamiz hukumati tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan: • o’tmishimiz qanday bo’lsa, o’shanday o’rganish imkoniyati yaratildi, • oldin taqiqlangan yozma manbalardan bugun bemalol foydalanish imkoniyati bor, • ommaviy, diniy va umumxalq marosimlarini o’tkazishga va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga imkoniyat yaratildi. Milliy qadriyatlar – muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o’tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog’liqdir deb falsafa bo’yicha qomusiy lug’atda ta’rif berib o’tilgan. Bu chiqarilgan xulosa milliy qadriyatlarni o’rganishda talabalarda milliy g’oya, milliy ong, milliy g’urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozimligini ko’rsatdi. Chunki milliy g’ururi bo’lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya’ni vatanparvar, fidoyi inson bo’lib yetisha olmaydi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan jamiyatimiz hayotida erishilgan ko’plab ijobiy o’zgarishlar qatorida xalqimizning o’zligini anglay boshlaganligi, milliy an’analarning tiklanishi eng muhim ahamiyat kasb etadi. Kun sayin yoshlarimizda milliy ong, milliy g’urur kabi tuyg’ular shakllanib, rivojlanib bormoqda. Biroq, milliy ong, milliy g’ururning kundan-kunga o’sib, yuksalib borishi, bu sohadagi muammolar to’laligicha hal etildi, degani emas. Hali o’qituvchilar, mutaxassis – olimlar, ota - onalar oldida ko’plab hal qilinishi lozim bo’lgun ma’suliyatli vazifalar turibdi. 16 Bir inson o‘z vatanini sevishi unga sitqidildan xizmat qilishi uchun nima kerak deb o‘ylaysiz? Albatta o‘sha inson milliy qariyat ruhida tarbiyalangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa yoshlikdan bog‘cha yoshodan boshlab ota-ona va pedagoglar milliy qadriyat nima ekanligini bola ongiga singdirishi juda muhimdir. Milliy qadriyat ruhida tarbiyalangan talaba va milliy qadriyat haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan talaba o‘rtasida qanday farqlar bo‘lishi mumkin sizningcha. Agar Olloh asrasin bir urush chiqadigan bo‘lsa milliy qadriyatda tarbiyalangan talaba o‘z tuprog‘i uchun o‘limga tik boqa oladi. Milliylik ruhida tarbiyalanmagan bola esa faqat o‘z jonini qutqarishni o‘ylaydi. Yoki aytaylik davlatimiz tomonidan katta mabla

Доказательный фрагмент

«This thesis provides some information about the importance of forming a sense of national value in young students and the factors, methods, forms and ways of forming national value.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides some information about the importance of forming a sense of national value in young students and the factors, methods, forms and ways of forming national value. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Concept of value, national value, national education, concept of morality, Qadriyat tushunchasi, понятие ценности
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники