Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОРМА И МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ ОБУЧАЮЩИХСЯ К СЕМЬЕ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ
Islomova Nilufar Baxtiyor qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
At the present time, when family and marriage issues are among the most important problems, preparing young people for family life on the basis of national values is of particular importance. This thesis provides some information about the importance of instilling family values into the minds of students and educating them in the spirit of love and affection for the family. Key words: Family, marriage, preparing students for family life, moral standards in family and marriage issues. ФОРМА И МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ ОБУЧАЮЩИХСЯ К СЕМЬЕ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ Аннотация. В современную эпоху, когда вопросы семьи и брака являются одной из важнейших проблем, особую актуальность приобретает подготовка молодежи к семейной жизни на основе национальных ценностей. Данная дипломная работа дает некоторую информацию о важности привития семейных ценностей в сознании студентов и воспитания их в духе любви и привязанности к семье. Ключевые слова: Семья, брак, подготовка студентов к семейной жизни, моральные нормы в вопросах семьи и брака. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni, shakl va metodlarini belgilashda jamiyatning shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga qo‘yiladigan talablari asos qilib olindi. Oila 11 tarbiyasiga doir kitoblarga tayangan holda talaba-yoshlarni unga tayyorlashda quyidagi muhim omillarni hisobga olish nazarda tutilgan: 1. Ijtimoiy omil. Talaba-yoshlarga mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda oila-nikoh munosabatlarini tashkil etishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, demografiya masalalarining mohiyati va oilada sog‘lom turmush tarzi, uning ijtimoiy institut sifatidagi ahamiyati, oilada er-xotinning o‘rni, oila qadriyatlari haqida ma'lumot beriladi. 2. Ma'naviy-axloqiy omil. Bunda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar: oilada ota-onaga va boshqa katta yoshdagilarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik; bolalar tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar; mas'uliyatni his etish; sadoqat, to‘g‘rilik, insoniylik, bosiqlik, adolatlilik, samimiylik, kechirimlilik va boshqalar; oila nikohning axloqiy asoslarini saqlash; sevgi-muhabbatga oilaning axloqiy negizi sifatida qarash; oila, er-xotin va bolalar o‘rtasidagi burchni his etish; botiniy his tuyg‘ular madaniyati; er va xotin, ota-ona to‘g‘risida ideal tasavvurlarni tarbiyalash nazarda tutiladi. 3. Huquqiy omil. Talaba-yoshlarga oila va nikoh to‘g‘risidagi qonun asoslari; oila huquqlarining eng muhim me'yorlari; er va xotinning o‘zaro hamda bolalarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati va burchlari tanishtiriladi. 4. Psixologik omil. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi, yoshlarga bo‘lgan munosabatlar, oilaviy hayotga nikohning psixologik asoslari; o‘zgalar bilan munosabatda ularning psixologiyasini tushuna olish; er-xotinlik va oilaviy hayotda eng zarur tuyg‘ularni rivojlantirish, muomala, muloqot madaniyatini egallab olishga doir ko‘nikmalar hosil qilinadi. 5. Jismoniy-gigienik omil. Bunda erkaklar va ayollar fiziologik xususiyatlari, jismoniy bilimga ega bo‘lish; shaxsiy gigiena, jinsiy munosabatlar masalalariga doir ma'lumotlar beriladi. 6. Pedagogik omil. Bola tarbiyasida oilaning ahamiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, uning pedagogik imkoniyatlari; oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ota va onaning tarbiyaviy vazifasi, ularning pedagogik madaniyatini oshirish yo‘llari, shuningdek, yoshlarni bolalar tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha bilimlar bilan qurollantirishga e'tibor beriladi. 7. Estetik omil. Oilaviy hayotga munosabatni estetik qadriyatlar sifatida shakllantirishga harakat qilinadi. 8. Xo‘jalik-iqtisodiy omil. Oila byudjeti, turmush madaniyati, uy xo‘jaligini yuritish malakalarini hosil qilishga doir bilimlar beriladi. Talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash konsepsiyasi mazmuni quyidagi qamrab olishi kerak: 12 -oila – muhim ijtimoiy institut, davlat tayanchi. U mafkuraviy tarbiyaning muhim ijtimoiy omillardan ekanligi, jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, uning farovonligi va ahilligini ta'minlash. Oila tushunchasi va uning mohiyati, oilaning maqsad va vazifalari, o‘zbek oilalarining o‘ziga xos xususiyatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlarning oila mustahkamligiga ta'sirini ko‘rsatish nazarda tutiladi. Ota-ona va farzandlik burchi, ota-onaning oila tayanchi ekanligi, ularning oila-bobolar, buvilar, farzandlar bilan munosabati. -Otaning oilani moddiy jihatdan ta'minlashi, ota va onaning oilada farzandlar oldidagi burchi yoritib beriladi. -Oilada farzand burchi, ota va ona haqi, islom ta'limotida farzandlarning burchi va mas'uliyati haqida bilim beriladi. -Axloqiylik – ma'naviyat mezoni ekanligi, yoshlarning axloqiy xislatlari: yigitlardagi mardlik, botirlik, jasurlik, tantilik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, vatanga sadoqat, mehr-shavqat, do‘stlik, o‘rtoqlik va boshqa xislatlilik; qizlardagi xushxulqlik, hayo va ibo, nazokatlilik, mehr- muhabbat, sadoqat va vafodorlik, latofatlilik, zukkolik va boshqalar. -Yoshlarning xulq-odob qoidalariga rioya etishlari, muomala munosabatda axloqiy me'yorlarini anglab olishlar
Доказательный фрагмент
«At the present time, when family and marriage issues are among the most important problems, preparing young people for family life on the basis of national values is of particular importance.»
Образец извлечения
Демо-превьюAt the present time, when family and marriage issues are among the most important problems, preparing young people for family life on the basis of national values is of particular importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, marriage, preparing students for family life, moral standards in family, Family, marriage, Oila, nikoh,, Семья, брак
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025