К содержанию
РецензированоUZ2008

Language and speech are a reflection of culture

Farida EShQOBILOVA · o’qituvchi Saodat AGZAMXODJAYEVA

СМИ. Язык и культура. Перевод. · 2008

Аннотация

This thesis describes the importance and the role of language and speech in cultural views. When the discuss about harmony of language, speech and culture comes to, it is necessary to dwell about relationship among language, speech and culture. Key words: Culture, speech, language, lingvioculture, society. Til - millatning ruhi, uning ma’naviy boyligi, tarix va kelajagini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Har bir millat o’zining tili va madaniy qarashlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Shubhasiz, millat madaniyati, uning xalqaro mavqeyini va milliyligini namoyon etishda tilning ahamiyati katta. Til va madaniyat munosabatlarini uzoq yillar mobaynida o’rganish va tahlil qilish natijasida XX asrning 90 - yillarida “Lingvokulturologiya” atamasi fanga kiritildi. Ya’ni “lingvistika” tillarni o’rganishga oid soha bo’lsa, „culture’’ madaniyat yoki madaniyatshunoslik tushunchalarini qamrab oladi. Lingvokulturologiya hozirda shu kabi zamonaviy fanlarning shakllanishi va rivojlanishida asos bo’lib kelmoqda. Zamonaviy tishunoslikda V.V.Vorobyovning “Lingvokulturologiya” keng yoritilgan bo’lib, muallif lingvomadaniyatshunislikni bir necha jihatlarini tavsiflaydi [2008: 32]. 1) Lingvomadaniyatshunoslikning asosiy obyekti - madaniyat va tilning faoliyat ko’rsatish jarayonidagi munosabati va o’zaro ta’siri va bu ta’sirning yagona tizimli yaxlitlikda talqinni o’rganish 2) lingvomadaniyatshunoslikning predmeti - jamiyat borligining til aloqasi tizimida takror ishlab chiqariladigan va uning madaniy qadriyatlariga asoslangan milliy shakllari, “dunyoning lisoniy manzarasini” tashkil etuvchi barcha narsalar Dunyo tilshunosligida til, nutq, va madaniyat munosabatini tafsivlash jarayonida 15 turli xil munozara“lMaregdaia .d Tuicl hva kmealdaamniiyza.t . JTuamrjilmaad”a nta,l anbealmari sil moilyi-mami aVliyi lkgoenlfmere nfosinya sGi u- 2m02b3old: “Garchi til hamma odamlar uchun universal bo’lsada, dunyo tillari bir-biridan farq qiladi, har bir tilda dunyoqarash mavjud” degan g’oyani ilgari surdi. Demak, tillar xalqlarning madaniy qarashlarining xilma- xilligi bilan birga, ularning ma’naviyatini, aqliy qobilyatini ham aks ettirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda dunyo iqtisodiyotida yetakchi o’rinni egallab ulgurgan Xitoy Xalq Respublikasining xitoy tili, diniy va axloqiy qarashlari Xitoy madaniyatini to’laqonli birlashtiradi. Ayniqsa, xitoy madaniyati doirasida vujudga kelgan konfutsilik ta’limoti, Xitoy madaniyati va tilini global miqyosda tan olinishi bunga yaqqol misoldir. Bundan tashqari, professor N. Mahmudov ham til va madaniyat haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, odatda, til orqali u yoki bu madaniyatni, yoki aksincha madaniyatni o’rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi” Darhaqiqat, til orqali jamiyat saviyasi, uning nufuzi, ziyolilik qatlami va eng asosiysi madaniyatini anglash unga chuqurroq kirib borish mumkin. Hozirga qadar o’z tili, ijtimoiy qarashlari va madaniyati bilan jahon miqyosida boshqa til va madaniyatlarga sezilarli ta’sir ko’rsatayotgan Buyuk Britaniyaning ingliz tilini misol qilib olsak, britaniyaliklarning talaffuz me’yorlari, so’zlashish ohangi va nutqida Britan madaniyatini (dunyoqarash, fikrlash usuli, tarixiy va diniy, axloqiy xususiyatlar) ko’z o’ngimizda yaqqol tasavvur qilamiz. Bundan ko’rinib turibdiki, ma’lum bir tilda so’zlovchi tili va nutqida butun bir jamiyat va madaniyat aks etadi. Til va madaniyat uyg’unligi yuzasidan kelib chiqqan qarashlar zamirida, nutq tushunchasi ham yotadi. Nutq - til birliklari, uning grammatik va leksik me’yorlarini o’z o’rnida ishlatish natijasida yuzaga keladigan lingvistik jarayondir. Nutq faoliyati psixik jarayonning til vositasida ifodalanishi, yillar mobaynida inson ongiga singdirilgan qarashlarni, milliy qadriyat va tushunchalarni subyektiv tarzda aks ettirishidir. Kundalik turmushga nazar solsak, millatidan qat’iy nazar biror-bir inson bilananniq bir mavzuda suhbat qursak, u o’zining ijtimoiy, etnik va madaniy kelib chiqishiga ko’ra fikr va mulohazalarni nutqida namoyon qiladi. Demak, til, nutq va madaniyat har bir ijtimoiy tuzumning asosiy va ajralmas bo’lagi hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, til va nutq millatning muhim tayanchi, madaniyat ko’zgusi, mustahkam jamiyat me’zonining poydevoridir. Xalq Madaniyatni yoritishda 16 til va nutqning o’rni qanchalik muhim bo’lsa, til va nutq ham madaniyat va madaniy qarashlarga shunchalik muhtojdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. https://uz.m. wikipediya.org/wiki/ Xitoy _madaniyati 2. Vorobyov V. V. Lingvokulturologiya. - 2008, C 32. 3. Бакиева, Х. В., Караева, Б. Х., Коршунова, Е. Н., Краева, И. А., Тешабаева, Д. М., & Фролова, Г. М. (2012). Узбекский язык для стран СНГ. 4. Тешабаева, Нодира Джураевна, and Зухриддин Ахтамжонович Умирзаков. "Значение физиологических свойств почвообразования." Проблемы современной науки и образования 1 (146) (2020): 22-24. 5. Бакиева, Х. В., Караева, Б. Х., Коршунова, Е. Н., Краева, И. А., Тешабаева, Д. М., & Фролова, Г. М.

Доказательный фрагмент

«This thesis describes the importance and the role of language and speech in cultural views.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis describes the importance and the role of language and speech in cultural views. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Culture, speech, language, lingvioculture, society, лингвиокультура, речь, Культура, til, общество, jamiyat, nutq, madaniyat, язык, lingvomadaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники