Авторефераты диссертацийXaydarov Ismatulla Asadullayevich2024
ЗНАЧЕНИЕ ЭТОЛОГИИ В ДРЕССИРОВОЧНОЙ СОБАКЕ И ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОСТИ
BUGUNGI KUNDAGI MASALA · Xasanov Maxsudali Maxmudovich
Современная наука и исследования · 99-143 · 2026
Аннотация
In this article, the information about the importance of ethology in the training of service dogs in the canine service in the system of law enforcement bodies of the Republic of Uzbekistan is explained. Key words: kenology, ethology, evolution, general training course, special training course, dog breeds, training methods, behavior, character. ЗНАЧЕНИЕ ЭТОЛОГИИ В ДРЕССИРОВОЧНОЙ СОБАКЕ И ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОСТИ Аннотация. В данной статье поясняются сведения о значении этологии в подготовке служебных собак кинологической службы в системе органов внутренних дел Республики Узбекистан. Ключевые слова: кенология, этология, эволюция, общий курс дрессировки, специальный курс дрессировки, породы собак, методы дрессировки, поведение, характер. Dunyo evolyutsiyasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, it – hayvonlar orasida odam uchun eng sodiq jonivor hisoblanganiga amin boʻlamiz. Taʼkidlash joizki, J.Kyuvening fikriga koʻra itlar insoniyat uchun eng noyob, foydali va oʻta mukammal topilmalardan biridir. Insoniyat evolyutsiyasi va odamlarning qadimgi turarjoy manzillarini oʻrganish jarayonida arxeologlar tomonidan topilgan qazilmalardagi hayvonlar qoldiqlari hamda tosh devorlarga oʻyib ishlangan rasmlarga asoslangan holda odamlar gʻorlarda yashab, ovchilik bilan shugʻullangan davrlardayoq hayvonlar bilan oʻzaro yaqin munosabatda boʻlganligini amin boʻlamiz. 513 Inson itlarning oʻta zehnliligi, hidlarni oʻtkir sezishi, yaxshi koʻrishi, eshitishi, tez chopishi va chidamliligini oldindan sezib, ularni boshqa hayvonlarga nisbatan oʻziga yaqinlashtirgan. Odam va hayvonlarning simbiozi, yaʼni bir-biriga foydasi tegishiga asoslangan oʻzaro yaqinlashuv davrida hayvonlardan faqat xoʻjalik va chorva maqsadlarida foydalanilgan. Yaʼni qadimiy odamlar hayvonlarni jismoniy ishlarni bajarish hamda jun, sut, goʻsht, teri kabi mahsulotlar olishda foydalanish maqsadida koʻpaytirilgan va parvarishlangan. Bugungi kunda hammaga maʼlum boʻlgan va keng tarqalgan uy hayvonlari ibtidoiy davrlardan boshlangan xonakilashtirish jarayonining mahsuli boʻlib, uy hayvonlari orasida alohida oʻziga xos oʻrin tutgan hayvon zoti - bu it hisoblanadi. Etologiya –jonzotlarning xatti-xarakatlari, tabiat bilan uygʻunligi va oʻzaro munosabatlari, xaqidagi fan boʻlib, biologiyaning hayvonlarni xulq - atvorini oʻrganish yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Etologiya soʻzi yunon tilidan ethos - xulq- atvor, logos- fan maʼnosini bildiradi, asosan jonzotlar xulq-atvorining genetik jihatdan aniqlangan (irsiy, instinktiv) tarkibiy qismlari va ularning evolyutsiyasi muammolarini tahlil qilish bilan shugʻullanadi. Bu atama biologiyaga 1859-yilda fransuz zoologi I. Geoffroy Saint-Hilaire tomonidan kiritilgan boʻlib, etologiyaning hayvonlar xulq-atvorini, oʻz turlariga xos xususiyatlari bilan shugʻullanishini koʻrsatadi. Tabiiy sharoitlarda hayvonlarning yuzaga chiqaradigan asosiy xatti-harakatlarini rivojlantirish va oʻrganish ishlari uzoq tarixga ega. Tabiatshunoslarining asarlarida 18-19 asrlarda instinktiv xatti-harakatlar toifasini aniqlash va aniq belgilashga imkon bergan ulkan tavsiflovchi (nemis olimi G. Reymarus, fransuz olimlari J. L. Buffon va J. A. Fabre) va qisman eksperimental (fransuz zoologi F. Kuviyer) materiallar Darvinning evolyutsiya nazariyasini rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan. Ushbu hayvonlarning tabiiy sharoitlarda oʻzini tutishi toʻgʻrisida toʻplagan koʻplab faktlar, ulardagi xulq-atvorning asosiy toifalarini ajratib olishga asos boʻlib, ulardagi instinktiv reaksiyalarni taxlil qilishga imkon berdi. Instinkt - tugʻma xis – tuygʻular va avloddan-avlodga oʻtuvchi shartsiz reflekslardan iborat tushuncha boʻlib, jonzotlardagi oʻrganish, tabiiy moslashish va elementar fikrlash qobiliyatlarining asosini tashkil etuvchi omil hisoblanadi. Hayvonlarning instinktlari oʻziga xos xususiyati va yoʻnalishlari mavjud (1-rasm). 514 HAYVONLARNING INSTINKT TURLARI VA YOʻNALISHLARI Оrganizmning oʻzini asrash Naslini davom ettirish instinktlari instinktlari 1-rasm. Hayvonlarning instinkt oʻziga xos xususiyatlari1 Bulardan tashqari intstinktlarning bir necha yoʻnalishdagi turlari mavjud boʻlib, ularning xar biri oʻz yoʻnalishlaridagi qoʻzgʻatuvchilarga javob reaksiyasi sifatida faoliyat olib boradi. Masalan; - vegetativ instinktlar – organizm ichki sekretsiya bezlarining ishini olib boradi, yaʼni- soʻlak ishlab chiqarish, turli bezlarning zarur vaqtda kerakli suyuqliklarini ishlab chiqarish, ovqat xazm qilish sistemasi va x.k.z. Xulqiy instinktlar yaʼni – ozuqaviy instinktlar, himoya instinktlari, aniqlash instinktlari, jinsiy instinktlar, ota – onalik instinktlari, oʻyin instinktlari, ovchilik instinktlari va x.k.z. Ch.Darvin taʼlimoti hayvonlarning xulq-atvori belgilari, xamda ularning tuzilish belgilari - irsiyat va oʻzgaruvchanlik asosida ajralib turishini taʼkidlaydi. U instinktlar misolida, tabiiy tanlanish jarayonida xulq-atvor xususiyatlarini shakllantirishi mumkin boʻlgan usullarini koʻrsatib oʻtgan. Etologik gʻoyalarning shakllanishiga ingliz olimi D. Spal
Доказательный фрагмент
«In this article, the information about the importance of ethology in the training of service dogs in the canine service in the system of law enforcement bodies of the Republic of Uzbekistan is explained.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the information about the importance of ethology in the training of service dogs in the canine service in the system of law enforcement bodies of the Republic of Uzbekistan is explained. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kenology, ethology, evolution, general training course, special training course
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026