ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Huquq sohasidagi zamonaviy tendensiyalarning dolzarb jihatlari
HUQUQ SOHASIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALARNING DOLZARB · Turg‘unboyev Otabek · Jahon iqtisodiyoti va
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026
Аннотация
Maqolada xalqaro huquq normalarining tushunchasi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, “Xalqaro huquq” tushunchasini aniqlash va uning ta’rifi, xalqaro huquq davlatlararo yoki kengroq ma’noda xalqaro munosabatlarga xos bo‘lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko‘rib chiqishi, xalqaro huquqning rivojlanish tarixi haqida batafsil so’z yuritiladi. Kalit so‘zlar: norma, prinsip, evolutsiya, fragmentatsiya, xalqaro tashkilotlar, qonunlar. Xalqaro huquq bu - davlatlarning do‘stlik va diplomatik munosabatlarini tartibga solib turuvchi prinsip va normalardan tashkil topgan alohida huquqiy tizimdir. Bundan tashqari, xalqaro huquqqa bir necha ta’riflar berilgan, ularning umumiy tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin: Xalqaro huquq - bu tinchlik va hamkorlikni ta’minlash maqsadida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me’yorlar tizimidir. Xalqaro huquq g‘oyat keng va turli tarmoqlarni o‘z ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir. Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan huquqning asosiy xususiyatlari xalqaro huquqqa ham xosdir. U davlat idora xarakteriga ega bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik normalar tizimidan iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali ta’minlanadi. Ichki davlat subyektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat organlaridan iborat. Xalqaro huquq subyektlari esa, asosan ustidan hech qanday hukmronlik bo‘lmagan suveren davlatlardan, xalqaro va davlatlararo tashkilotlar, mustaqillik uchun kurash olib borayotgan millatlar va xalqlardan iborat. Xalqaro huquq o‘z harakat predmetiga ega. Bu davlatlararo munosabatlar, umuman olganda, xalqaro huquq tizimining barcha subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar. Xalqaro huquq normalari uning subyektlari tomonidan tuziladigan bitimlar orqali yaratiladi. Ichki davlat huquqi singari xalqaro huquq ham xalqaro normalarga rioya qilishni ta’minlash uchun davlat tomonidan majbur qilish usulining qo‘llanishini ko‘zda tutadi. Xalqaro huquq tarixi davlat va huquq umumiy tarixining ajralmas qismi bo‘lib, davlatning dastlab vujudga kelishi bilan boshlangan. Qadimgi tarix, eng qadimgi davr tarixi ibtidoiy va qadimgi jamiyat ishlab chiqarish munosabatlari hukm surgan davrdir. U paytlarda hali yagona xalqaro huquq tizimi shakllanmagan edi. Xalqaro huquq rivojlangan asosiy mintaqalar ikki daryo oralig‘i va Misr, Hindiston, Xitoy, Qadimgi Yunoniston hamda qadimgi Rim bo‘lgan. Buni Misr firavni Ramzes II Xetlar shohi Xatteshul III bilan eramizdan avvalgi 1300-yilda tuzilgan xalqaro shartnoma misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu shartnoma isyonlarni bostirish, qochoqlarni tutib egalariga qaytarish va shunga o‘xshash qoidalarni ko‘zda tutgan edi. Buyuk sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari harbiy harakatlarni tartibga solish zarurligi va urush qonunlari hamda odatlari insonparvarlikka yo‘naltirishga qaratilgan xalqaro huquq doktrinasining rivojlanishiga progressiv ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, XV asr boshlarida Amir Temur Ispaniya va boshqa davlatlar elchilarini qabul qilayotib, o‘rta asr diplomatiyasida rasmiy qabul va tantanali marosimlarda elchilar uchun belgilangan imtiyozlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga asos ekanligini ko‘rsatib berdi. Xalqaro huquq muhim huquqiy kategoriya bo‘lib, xalqaro munosabatlardan, ularning iqtisodiy, siyosiy, harbiy, madaniy va boshqa xususiyatlardan o‘sib chiqqan. Shunday qilib, xalqaro huquqning paydo bo‘lishi bevosita davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Davlatlar taraqqiyotining obyektiv shart-sharoiti ular o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy munosabatlarni o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o‘laroq huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir. Hozirgi davr xalqaro huquqi uchun xalqaro tashkilotlar, atrof- muhitni himoya qilish kabi yangi xalqaro huquq sohalarining vujudga kelishi bilan xarakterlidir. Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. XXI asr insoniyat jamiyati hayotining baynalminallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayish harakati bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay, yagona xalqaro jamiyatda mamlakatlarning o‘zaro aloqalari o‘sib bormoqda. Xalqaro munosabatlar nafaqat davlatlar hayotiga, balki har bir alohida odamga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U ko‘p yoki oz darajada davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquq va davlat ichki hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois, xalqaro huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi mutaxassislar, balki jahon siyosati va iqtisodiyotida, tadbirkorlikda yo
Доказательный фрагмент
«Maqolada xalqaro huquq normalarining tushunchasi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, “Xalqaro huquq” tushunchasini aniqlash va uning ta’rifi, xalqaro huquq davlatlararo yoki…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada xalqaro huquq normalarining tushunchasi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, “Xalqaro huquq” tushunchasini aniqlash va uning ta’rifi, xalqaro huquq davlatlararo yoki… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- международный организации, эволюция, qonunlar, fragmentation, норма, norma, prinsip, фрагментация, evolutsiya, fragmentatsiya, international organizations, xalqaro tashkilotlar, laws, principle, norm, evolution, принцип, законы
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙХожаярова Нилуфар Немат кизи,2025
Журнал вестник врачаИ Ахмедов, Ш Кодирова +22022