К содержанию
РецензированоUZ2026

«O‘zbekistonda qonun ustuvorligi, milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro huquqiy masalalarni o‘rganish»

TAKOMILLASHTIRISH VA XALQARO HUQUQIY MASALALARNI · Sharifjonov Dadajon Qaxramon o’g’li JIDU · Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonda qonun · Kalit so’z: O’zbekiston Respublikasi · Konstitutsiya, huquq

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonda qonun ustuvorligi,milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro huquqiy masalalar haqida keng tushuntirishlar olib borilgan.O’zbekistonning huquq sohasida amalga oshirgan va oshirayotgan ishlari haqida ham keng ma’lumotlar yoritib o’tilgan.Shu bilan bir qatorda O’zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) da tutgan o’rni,unda amalga oshirayotgan huquqiy masalalardagi ishtiroklari,hamda xalqaro talablarga javob beradigan ma’lumotlarni,yangiliklarni O’zbekistonda qo’llagani haqida ham fikr bildirib o’tilgan. Kalit so’z: O’zbekiston Respublikasi, Konstitutsiya, huquq, BMT, SHHT, jamiyat, referendum. O’zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida, avvalo O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining so’zsiz ustuvorligi tan olinadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish uchun qonun ustuvorligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun ustuvorligini ta’minlar ekanmiz bunda avvalo, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarimizning butun hududimizda amal qilinishini ham nazorat qilib borishimiz kerak. Qonun ustuvorligini ta’minlar ekanmiz bunda hech qanday bir xatoga yo’l qo’ymasligimiz zarur. Qonun yuksak darajaga va nufuzga ega bo’lmas ekan u ma’nosiz bo’lib qoladi[1]. O’zbekiston Respublikadida qonun ustuvorligini ta’minlash uchun turli xil huquqiy hujjatlar amaliyotga taqdim etiladi. Bu qonunlarimiz Konstitutsiyamizga ham zid bo’lib qolmasligiga e’tibor berishimiz lozim. Huquqiy davlat qurilar ekan bunda barcha qonunlarga so’zsiz amal qilinadi. Qonunlarning so’zsiz amal qilinishiga ishonchsizlik joylardagi ijroiya hokimiyatlar va huquqni muhofaza qilish organlariga salbiy ta’sir qilib, ularni huquqiy qiyin ahvolga solib qo’yadi[2]. Shuning uchun ham qonuniylik huquq-tartibot bilan uzviy holda amlga oshiriladi. Hozirgi kunda har qadamda yangilanish, rivojlanish bo’lganligi uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yangi tahrirda ishlab chiqishga qaror qilingan edi. Bu oldinga qo’yilgan maqsadni ham O’zbekiston Respublikasi aholisi bir bo’lib muvaffaqiyatli amlalga oshirishdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ishlab chiqilishida barcha qonunchilik hujjatlarining Konstitutsiyamizga zid bo’lib qolmasligi ham inobatga olingan edi. O’zbekiston Respublikasida yangi Konstitutsiyaning ishlab chiqilishi keng ommaga e’lon qilingan va bunda barcha 2023-yil 30-aprelda referendumda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Bu unitilmas sana xalqimizning xotirasida O’zbekiston Respublikasining qonun ustuvorligi, milliy qonunchilikni takomillashtirish yo’lidagi yangi qadami sifatida qoldi. Konstitutsiyamizning referendumida (19 722 809) nafar fuqaro ishtirok etishi nazarda tutilgan edi,lekin 84,51% ya’ni (16 667 097) kishi ishtirok etishdi va shu bilan birgalikda oldinga qo’yilgan bir qator rejalar ham amalga oshirildi[3]. Referendum natijasi “Ha” deb berilgan ovozlar soni (15 034 608) “Yo‘q” deb berilgan ovozlar soni (1 558 817) Haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining soni (73 672) Konstitutsiya matni olimlar yoki mutaxas islar tomonidan kabinetlarda yozilmadi. Balki,avval xalqimizning fikri,takliflari 2 bosqichda o’rganildi,shundan so’ng Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib,keyin xalq muhokamasiga qo’yilgan. Shuni aytishimiz mumkinki, Yangilangan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirdi. Bu loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo’lganligidan dalolat beradi. Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bu ishlarning barchasi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi, milliy qonunchilikni takomillashtirish uchun amalga oshirilgan ishlarning bir qismi edi. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki bu yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamma muhim sohalarni o’rganib chiqib keyin loyiha tarkibiga kiritilgan edi. Bunda inson huquq va erkinliklari ustuvorligi, xalqimizning tadbirkorlik bilan yanada erkin faoliyat yuritishlariga, ayollar huquqlariga va shu bilan birga Parlamentimizni kuchaytirish va qonun ustuvorligini taminlash uchun ildam qadamlar tashlangan edi[4]. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati haqida ham qo’shimcha ma’lumotlar aytib o’tilgan edi. Yangi Konstitutsiyamizda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, umume'tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish va ular ustida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu kabi ishlarning amalga oshirilishi xalqimizning huquqlarini himo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekistonda qonun ustuvorligi,milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro huquqiy masalalar haqida keng tushuntirishlar olib borilgan.O’zbekistonning huquq sohasida amalga oshirgan va oshirayotg…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekistonda qonun ustuvorligi,milliy qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro huquqiy masalalar haqida keng tushuntirishlar olib borilgan.O’zbekistonning huquq sohasida amalga oshirgan va oshirayotg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
общество, BMT, jamiyat, huquq, Конституция, Konstitutsiya, ООН, law, Constitution, референдум, ШОС, SCO, referendum, O’zbekiston Respublikasi, UN, Республика Узбекистан, закон, SHHT, Republic of Uzbekistan, society
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники