К содержанию
РецензированоUZ1991

O‘zbekiston-2030 strategiyasi yosh olimlar nigohida: iqtisodiyot, siyosat va huquq

O‘ZBEKISTON- STRATEGIYASI YOSH OLIMLAR NIGOHIDA: · SIYOSAT VA HUQUQ. · Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonning -yilgacha

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 1991

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonning 2030-yilgacha mo'ljallangan maqsad va vazifalari yozilgan. Bu strategiyaga ko'ra davlatimiz o'z oldiga 5 ta maqsad va 100 ta vazifalarni qo'ygan va shu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus komissiya ham tuzgan. Kalit so'zlar: Xalq, iqtisodiyot, siyosat, huquq, ta'lim, strategiya, maqsad, vazifa, davlat, tashqi siyosat. O'zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda o'z mustaqilligiga erishgan bo'lib, har yili 1-sentabr- "Mustaqillik kuni" sifatida nishonlanib kelinmoqda. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi oson kechmadi, shunga qaramasdan bugungi kunga kelib davlatimiz "Rivojlangan davlatlar" qatoriga kirish uchun bosqichma bosqich o'z maqsad va vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. Amaldagi prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev davlatimiz o'z rivojlanish yo'lini strategiyalarga asoslangan holda amalga oshirishini afzal ko'rdilar va 2017-2021-yillarga mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasini" amalda qo'lladilar[2]. Ushbu strategiyaning maqsad va vazifalari bajarilganidan so'ng, davlatimiz rivojlanishida birmuncha o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib, " O'zbekiston - 2030" strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyaning asosiy maqsadi: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilish; xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish; xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish; mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlashdan iborat[3]. Davlat rivojlanishidagi eng muhim omillardan biri bu ta'limdir. Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni qanchalik ilm olishga qiziqtirishsa, ular o'z navbatida ulg'ayib, davlat taraqqiylashishi uchun hissa qo'shishadi. Bu birinchi muammo bo'ladigan bo'lsa, ikkinchi dolzarb muammolardan biri - huquq, ya'ni fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatga to'laqonli ega bo'lmaganliklari uchun jamiyatda huquqlari toptalsa ham kurashishmayotganliklaridir. Shuning uchun ham bu strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam "ovoziga" aylantirish, hokimlarning mahalliy davlat vakillik organlariga aralashuvini to'xtatib, ularning vazifalarini aniqlashtirib olish[1]. Ya'ni demokratiyani yanada rivojlantirish, fuqarolik institutlarining va fuqarolarning jamiyatning muhim va dolzarb masalalarida ishtirok etishlarini ta'minlash. Bu haqida yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda ham aytib o'tilgani yangi o'zgarishlarga qadam qo'yilayotganidan dalolatdir. Iqtisodiy o'zgarishlar ham kundan kunga jamiyatga ta'sir etib bormoqda. Bularga misol qilib: katta va kichik biznesning rivojlanayotganini, yosh tadbirkorlarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilib berilayotganini aytishimiz mumkin. Bu o'z navbatida, fuqarolarning ish bilan ta'minlanishiga, kambag'allikning oz bo'lsa-da qisqartirilishiga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatimizda raqobatni oshishiga va raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish keskin o'zgarishiga olib kelganini ta'kidlashimiz joiz. O'zbekiston-2030 strategiyasida ham bu sohani rivojlantirish uchun quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish,bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish[1]. Jahon savdo tashkilotiga yaqin yillarda a'zo bo'lib davlatimizni "Rivojlangan davlatlar" qatoriga qo'shish. O'zbekiston Respublikasi ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boradi[1]. Bugungi kunda Yevropa davlatlari prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirishga harakat qilayotgan faol liderlardan biri deb bilishadi. Chunki O'zbekiston Respublikasi barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib bormoqda. Kelgusi yillarda prezidentimiz bu munosabatlarni yanada rivojlantirish yo'llarini ko'rib chiqmoqdalar. Xulosa qilib shuni ayta olamanki, bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha o'zgarishlar, shu jumladan yangi qabul qilingan "O'zbekiston-2030 strategiyasi ham davlatimiz rivojlanishi va xalqqa qulay sharoit yaratib berish uchun qo'llanilmoqda. Va shu rejalashtirilgan maqsad va vazifalarga qay darajda amal qilinayotganligi, fuqarolarga qay darajada huquq va erkinliklari ta'minlanib berilayotganini nazorat qilib turish uchun “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilgan[3]. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://lex.uz/docs/-6600413; 2. https: //www. gazeta. uz/oz/2023/09/12/stratery/; 3. https://www.xabar.uz/uz/jam

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekistonning 2030-yilgacha mo'ljallangan maqsad va vazifalari yozilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekistonning 2030-yilgacha mo'ljallangan maqsad va vazifalari yozilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Xalq, iqtisodiyot, siyosat, huquq, ta'lim, strategiya, education, государство, state, goal, foreign policy, maqsad, mission, tashqi siyosat, strategy, стратегия, law, образование, право, economy, davlat, People, vazifa, политика, politics, внешняя политика, миссия, цель, экономика, Люди
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники