ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Qonun ustuvorligi - inson huquq va erkinliklarining kafolati
Xusanova Dilnoza Alimqul qizi
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2023
Аннотация
Mazkur maqolada qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida xalqimizning huquq va erkinligini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar haqida batafsil yortilgan. Sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: konstitutsiya, qonun, huquq, erkinlik, Milliy strategiya, xalqaro shartnoma, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, shartnomaviy qo‘mita. Mamlakatimizda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari kafolatini ta’minlash va muhofaza etish dolzarb va muhim vazifa sanaladi. Sud-huquq sohasida inson huquq va erkinliklarining kafolati bu - davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan, inson va fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalda to‘laqonli ta’minlashga yordam beradigan huquqiy vositalar, yuridik usul va uslublar hamda qulay shart- sharoitlar majmuidir. Inson huquq va erkinlikarini kafolatlashning asosiy maqsadi, huquq va erkinliklarini amalga oshirish, ta’min etish jarayonida vujudga keladigan barcha to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq. 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning X bobi “Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari” deb atalib 54- 58-moddalarda o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 55-moddasida “Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan 491 himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi”,-deya belgilab qo‘yildi.[2] Shu nuqtayi nazardan inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlandi. Inson huquq va erkinliklari ta’minlanishining muhim sharti, bu huquqiy kafolatlarning yaratilganligi hisoblanadi. Ya’ni, bu - inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligida o‘z aksini topadi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda bir qancha kamchilik va muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, fuqarolar huquqiy vositalardan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash va yuridik fanlar bilan amaliyot aloqasini mukammal yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biri sifatida ta’kidlanishi zarur. Zero, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan mohirona foydalanilsa jamiyat hayoti ham shunchalik erkin va tartibli muhitga ega bo‘ladi. “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli Farmonida: “Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qo‘mitalarning xabarlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim“,[3]- deya mustahkamlab qo‘yildi. Sud-huquq sohasida qonun ustuvorligi va inson huquq va erkinliklari 492 kafolatini ta’minlashda quyidagi maqsad va vazifalarga e’tibor qaratish lozim: - fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni keng qamrovda shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish; - inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish; - sud jarayonlarida tenglik, shaffoflik va tortishuv tamoyillarini to‘liq joriy qilish; - umumxalq uchun foydali va samarali bo‘lgan malakali yuridik yordamni takomillashtirish; - inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni ta’minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli va o‘rnini oshirish. Qolaversa, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi etib belgilash maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi. Bunga ko‘ra, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida xalqimizning huquq va erkinligini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotla…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida xalqimizning huquq va erkinligini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy ong, международный договор, конституция, qonun, shartnomaviy qo‘mita, legal consciousness, huquq, huquqiy madaniyat, law, xalqaro shartnoma, contract committee, свобода, National Strategy, international contract, konstitutsiya, constitution, правосознание, закон, erkinlik, Milliy strategiya, freedom, договорной комитет, правовая культура, legal culture, Национальная стратегия
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙХожаярова Нилуфар Немат кизи,2025
Журнал вестник врачаИ Ахмедов, Ш Кодирова +22022