Экономика и инновационные технологииШерзод Салимов2020
Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati
JAMOATCHILIK NAZORATI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI · Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026
Аннотация
Mazkur tadqiqot ishida jamoatchilik nazorati haqida xorijiy va milliy olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ushbu tushunchaning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: jamoatchilik nazorati, demokratiya, nazorat, fuqarolik jamiyati. Bugungi kunda demoktratik davlatning asosiy belgilaridan biri unda jamoatchilik nazoratining qay darajada o‘rnatilgani bilan bog‘liq hisoblanadi. Demokratik jamiyat madaniy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslaridan qat’i nazar, fikrlar xilma-xilligi, qonun ustivorligi, siyosiy teng huquqlilik, jamoatchilik nazorati va hukumatning jamiyatga hisobot berishi singari tamoyillar va institutlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Demokratik davlatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bunday davlatlarda jamoatchilik nazorati o‘zining ma’lum bir ko‘rinishi bilan demokratiyaning asosiy tayanchi bo‘lib, mamlakatda qonun ustuvorligiga xizmat qilmoqda.Shu bois jamoatchilik nazorati tushunchasini ilmiy-metodologik jihatdan o‘rganish, bu tushuncha mazmun-mohiyatini ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish ushbu tadqiqot ishining dastlabki vazifalaridan hisoblanadi. Tadqiqot olib borish jarayonida “jamoatchilik nazorati”ko‘plab olimlar tomonidanpsixologik, siyosiy, huquqiy jihatdan o‘rganilgani bilan, ammo qonun hujjatlarida bu tushunchaga huquqiy jihatdananiq ta’rif berilmagani aniqlandi. Shu sababli “jamoatchilik nazorati” tushunchasini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish va mualliflik ta’rifini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topildi. 449 Jamoatchilik nazorati alohida ijtimoiy tushuncha sifatida paydo bo'lishi va uning turli tushunchalar tarkibidan alohida ajralib chiqishi anchagini vaqt talab etgan. Yaxshi bilamizki, nazariy tushunchalar paydo bo‘lib, ularning ijtimoiy munosabatlarga aylanib borishi o‘ziga xos omillarga bog'liq bo‘ladi. Ijtimoiy tushuncha paydo bo'lishi va shakllanishida uning qanday nazariy talqinlarga va vositalarga, umumiy bogliqliklarga asoslanishi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. S. Taxoyeva Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining jamoatchilik nazorati funksiyasini izohlash davomida, jamoatchilik nazoratiga hukumat, ijroiya hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, shuningdek ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘z erkinligiga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat sifatida ta’rif beradi [1]. Darhaqiqat, S.Taxoyeva tomonidan berilgan ushbu ta’rifda faqatgina qaysi subyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘tkazilishi sanab o‘tilib, tushunchaning o‘ziga esa izoh berilmasdan qolmoqda. Shuningdek, ta’rifda keltirilgan ommaviy axborot vositalarining so‘z erkinligiga rioya etilishi ustidan nazorati borasidagi fikri bahslidir. V.N. Garashchuk jamoatchilik nazoratini qat'iy nazorat ma'nosida tasniflash imkoniyatinishubha ostiga oladi.U jamoatchilik nazorati haqida turli jamoat tuzilmalarining faoliyati sifatida gapirar ekan, "bu faoliyatni ma'lum darajada shartlilik bilan tan olish mumkin, chunki jamoat birlashmalari o‘z faoliyati davomida davlat organlari faoliyatiga aralashish huquqi mavjud emas", deb hisoblaydi [2]. T. V. Troitskay V.N. Garashchukning fikriga qo‘shilmaydi, uning ta’kidlashicha nazorat hali ham davlat funksiyasi bo‘lib, bevosita qonunlarorqali nazoratni amalga oshirish mexanizmi bilan ta'minlanadi. Shuning uchun u demokratiyaga erishish uchun tegishli davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish haqida ko‘proq gapirishni taklif qiladi [3]. 450 Nazarimizda, V.N. Garashchuk jamoatchilik nazoratiga turli jamoat birlashmalari sifatida qarab, jamoat birlashmalarining vakolat doirasi davlat organlarining vakolat doirasi bilan teng emasligi nuqtayi nazaridan yondashgan ko‘rinadi. To‘gri jamoatchilik nazorati subyektlari (jamoat birlashmalari ham jamoatchilik nazorati subyektlariga kirgani sababli umumiy ma’noda jamoatchilik nazorati subyektlari deb olamiz)davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashish, ularning faoliyati uchun to'siqlar yaratishhuquqi yo‘q. Ammo jamoatchilik nazorati subyektlarijamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan so‘rab olishi, jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlashi hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. Milliy olimlarimizdan I. Ergashev jamoatchilik nazoratini siyosiy jihatdan tadqiq qilib, shunday ta’kidlaydi: “Davlat hokimiyati organlari ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi-fuqarolik jamiyati
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqot ishida jamoatchilik nazorati haqida xorijiy va milliy olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ushbu tushunchaning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqot ishida jamoatchilik nazorati haqida xorijiy va milliy olimlarning qarashlari tahlil qilingan va ushbu tushunchaning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jamoatchilik nazorati, общественный контроль, control, public control, nazorat, демократия, citizenship society, demokratiya, гражданство общество, fuqarolik jamiyati, democracy, контроль
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025