К содержанию
РецензированоRU2026

Лингвистика

Bekmurodova Marjona Normurod qizi · Mamatqulova Saida · Ilmiy rahbar. O‘zDJTU

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

This article examines the types of linguistics, practical and theoretical, according to their goals and tasks. The article reveals media linguistics from the types of linguistics and provides information about media speech. Scientists such as Teun Van Dyck, Martin Montgomery, Alan Bell, Norman Fairclough, Robert Fowler have made a great contribution to the scientific development of the concept of media text. Key words: linguistics, media linguistics, media text, mass media, types of linguistics, medianess, publicness, integrativeness. Tilshunoslik. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi [grammatikasi] va uning maʼnosi [semantikasini] oʻrganadi. Grammatika – morfologiya [soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi], sintaksis [soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari] va fonologiya [tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish] fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish kiradi. [1] 696 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Tilshunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fandir. U tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyotini va qonunlarini ilmiy ravishda o‘rganadi. Dunyoda tilshunoslik uchun dastabki qadamlar insonlar o‘rtasida muloqotga zaruriyat sezilgan paytdan qo‘yilgan. Ushbu fan juda ham uzoq tarixga egadir. U eramizdan bir necha yuz yil ilgari Qadimgi Hindiston va Yunonistonda rivojlanishni boshlagan. Maqsadi va vazifasiga koʻra, tilshunoslikning bir nechta yoʻnalishlari bor: umumiy tilshunoslik – tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha; xususiy tilshunoslik – ayrim bir til belgi-xususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy tilshunoslik – tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalishdir.[2] Bundan tashari lingvistikaning yana quyidagicha turlari mavjud: dinamik sinxron makro strukturaviy media atomistik diaxiron statik Quyida siz Media lingvistika haqida bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Media lingvistika – bu ommaviy axborot vositalarida tildan foydalanishni lingvistik o‘rganish. Media tilini o‘rganishda yangi tizimli yondashuv sifatida media lingvistikasining asosiy jihati shundan iboratki, media matn bugungi kunda til mavjudligining eng keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi. Bosma, audiovizual, raqamli va tarmoqqa ulangan ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilgan ommaviy kommunikatsiyadir. Media lingvistikasi ijtimoiy va kognitiv muloqot amaliyoti o‘rtasidagi interfeys sifatida qaraladigan tildan foydalanish va ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilgan ommaviy nutq o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi.[1] 697 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Medialingvistika tilning umumiy nazariyasi sifatida tilshunoslikning differensiallashuvi jarayonida shakllanmoqda va tilshunoslikning psixolingvistika, sotsiolingvistika, rivojlanish tilshunosligi, yuridik tilshunoslik, siyosiy tilshunoslik va boshqalar kabi boshqa sohalarga oʻxshash kichik sohasi hisoblanadi.[3] Zamonaviy media lingvistikasi nafaqat ommaviy axborot vositalarining yozma tilini, balki ommaviy axborot vositalari nutqini ham o‘rganadi. Media lingvistikasi [1] ommaviy kommunikatsiya ishtirokchilarining nutqiy xulq-atvorini va [2] media matnlarining o‘ziga xos sohalari, tekstlari va janrlarini o‘rganadigan media nutq tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Media lingvistikasi matnlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish va qabul qilishni tahlil qiladi. [4] OAV, virtual olamda media tushunchasi va unga bog‘liq hodisalarni ifodalovchi mediamatnlar tobora faollashib bormoqda. Mediamatn mediavoqelik natijasi hisoblanib, medianing turli ko‘rinishlari, ya’ni gazeta va jurnallardagi maqola, tezislar, televideniya orqali uzatilayotgan ko‘rsatuv va dasturlar, klip, film, kino, Internet tarmoqlaridagi videoroliklar, gif, animatsiya, messenjerlarning barcha turida ma’lumot tashiyotgan rasmli va grafik belgilar orqali bayon etilgan axborotdir. Bugungi kunda mediamatn deganda media ishlab chiqarishning aniq natijasi, mediamahsulot nazarda tutiladi, bu axborotdan iborat va medianing istalgan turi va janrida [gazetadagi maqola, teleko‘rsatuv, videoklip, reklama xabari, film va boshqa bayon etilgan xabar bo‘lib, ommaviy auditoriyaga yo‘naltiriladi. [5] Yigirmanchi asrning 90-yillarida ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda paydo bo‘lgan “Media matn” atamasi xalqaro akademik doiralarda ham, milliy ommaviy axborot vositalarida ham tez tarqaldi. Mediamatn tushunchasining ilmiy ongda jadal m

Доказательный фрагмент

«This article examines the types of linguistics, practical and theoretical, according to their goals and tasks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the types of linguistics, practical and theoretical, according to their goals and tasks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguistics, media linguistics, media text, mass media, types of, integrativity., медиалингвистика, интегративность, tilshunoslik turlari, mediaism, mediaviylik, integrativlik, ommaviylik, media lingvistika, Tilshunoslik, branches of linguistics, публичность, медиаизм, средства массовой информации, медиатекст, publicity, media matn, OAV, Лингвистика, виды языкознания
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники