К содержанию
РецензированоRU2026

Виртуальное пространство играет важную роль в образовательной среде.

TA’LIM MUHITIDA VIRTUAL DISKURSNING O‘RNI · Mustafayev Shaxboz Baxtiyorovich

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

Благодаря широкому использованию удаленного общения в образовании и других сферах, виртуальный дискурс получил широкое распространение. Цель изучения виртуального дискурса в образовательной среде – понять его особенности, изучить параметры, которые можно разделить на преимущества и недостатки, а также проанализировать речь, действия и мысли непосредственных участников. Важным аспектом современного образовательного пространства является поиск баланса между виртуальным и реальным дискурсами. Ключевые слова: виртуальный дискурс, образовательная среда, виртуальное общение, синхронное общение, асинхронное общение. Annotation. Thanks to the widespread use of remote communication in education and other fields, virtual discourse has become widespread. The purpose of studying virtual discourse in an educational environment is to understand its features, study parameters that can be divided into advantages and disadvantages, and also analyze the speech, actions and thoughts of direct participants. An important aspect of the modern educational space is the search for a balance between virtual and real discourses. Key words: virtual discourse, educational environment, virtual communication, synchronous communication, asynchronous communication. Zamonaviy ta’lim muhitida virtual diskurs tushunchasi keng qo‘llanila boshladi, bu esa birinchi navbatda, pandemiya davrida masofaviy ta’limning keng tarqalishi bilan bog‘liq. Virtual makon sun’iy ravishda yaratilgan va, albatta, real hayotdagi muloqotdan sezilarli darajada farq qiladi. Biroq, virtual kommunikatorlar ortida haqiqiy shaxslar yashiringan bo‘lib kompyuter, planshet, 663 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman telefon yoki boshqa elektron qurilmalarga faqat texnik aloqa vositasi sifatida qaraladi. Virtual olamda inson, voqelikdan farqli ravishda kommunikatsiya qilmasdan o‘zini ovoza qilolmaydi, tanitolmaydi, shu sababli ham virtual makonda lisoniy shaxsning o‘zini tanishtirishning asosiy vositasi bu uning kommunikativ xulq-atvoridir. Faqatgina muloqot qilish orqaligina virtual shaxs boshqa foydalanuvchilar tomonidan tan olinadi va baholanadi. Virtual diskurs muammolarini tadqiq qilish falsafa, psixologiya, tilshunoslik hamda boshqa fanlarning obyekti sifatida qaraladi va ko‘pincha bu sohalar virtual makondagi jarayonlarni yanada obyektiv baholash maqsadida o‘z ilmiy yutuqlarini umumlashtiradi. Virtual diskurs monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham amalga oshirilishi mumkin va foydalanish doirasiga qarab ko‘plab janrlar bilan tavsiflanadi. Virtual va real muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqotning o‘ziga xosligi muloqotning muayyan pragmatik munosabati va maqsadlaridadir. Virtual ta’lim muhitining tizim sifatida samarali ishlashi uchun ishtirokchilarga birgalikda, intizomli va muvozanatli harakat qilish tavsiya etiladi. Virtual diskurs atamasi ikki komponentdan – diskurs va virtualdan tashkil topgan. Diskurs atamasi V.S. Stepin tahri ostidagi yangi falsafiy ensiklopediyada "til ichidagi til" sifatida talqin etiladi: nutq va matnlarda aktuallashadigan muayyan leksika, semantika, pragmatika va sintaksis. “Virtual” so‘zining sinonimlari hamda unga ma’noviy yaqin so‘z va iboralar quyidagilar: xayoliy, haqiqiy bo‘lmagan, noreal, faraziy, sharpali, ko‘rinadigan, soxta, zohiriy, efemer, vaqtinchalik, uydirma, ruxsat etiladigan, potentsial, da’vo qilingan, mumkin, ehtimoliy, shartli, fantastik, kimerik, mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun virtual diskurs virtual reallikda mavjud bo‘lgan va ushbu reallikning asosiy xususiyatlariga (oqibat, dolzarblik, avtonomlik, interaktivlik, sho‘ng‘ish) ega bo‘lgan matn sifatida ko‘rilishi mumkin. Virtual nutq o‘zining leksik, semantik, pragmatik va sintaktik parametrlariga ega bo‘lgan, sinxron va asinxron aloqaning maxsus tipidagi vaziyatga sho‘ng‘igan yozma va og‘zaki nutqdir. Yangi virtual diskursiv makonning paydo bo‘lishi lingvistik o‘zaro ta’sirning yangi shaklining paydo bo‘lishi haqida so‘zlashga imkon beradi. Og‘zaki nutqning yozma qayd etilishi og‘zaki nutq xususiyatlarini grafik tarzda yetkazish imkonini berdi, masalan, virtual diskursda sodda gaplar va sintaktik konsturksiyalar qo‘llaniladi, so‘zlarning tartibiga har doim ham e’tibor berilmaydi, matnni qurishda mantiq ko‘pincha buziladi. Onlayn muloqot haqiqiy muloqotdan farqli o‘laroq, har doim ham imo-ishoralarni, holatlarni, yuz ifodalarini baholashga imkon bermaydi, ular hissiy holatni aks ettiruvchi grafik belgilar (emotikonlar, smayliklar, memlar, stikerlar, diagrammalar, fotosuratlar, chizmalar, tinish belgilari, caps lock va boshqalar) bilan almashtiriladi. Virtual nutq sinxron va asinxron modellar bilan tavsiflanadi, bu uning funksionalligi, moslashuvchanligi va dinamikligini ta’minlaydi. Sinxron model quyidagi parametrlarni o‘z ichiga oladi: interaktivlikning yuqori darajasi; og‘zaki va yozma muloqot qilish imkoniyati; real vaqt rejimida noyob aloqa holatlarini yaratish; aloqa jaray

Доказательный фрагмент

«Благодаря широкому использованию удаленного общения в образовании и других сферах, виртуальный дискурс получил широкое распространение.»

Образец извлечения

Демо-превью

Благодаря широкому использованию удаленного общения в образовании и других сферах, виртуальный дискурс получил широкое распространение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
virtual discourse, educational environment, virtual, виртуальное общение, образовательная среда, virtual diskurs, synchronous communication, asynchronous communication, asinxron kommunikatsiya, sinxron kommunikatsiya, асинхронное общение, virtual muloqot, виртуальный дискурс, синхронное общение, virtual communication, ta'lim muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники