К содержанию
РецензированоRU2026

Интерпретация концептов эмоций в лингвистике на материале английского и каракалпакского языков.

EMOTSIYA TUSHUNCHALARINING TILSHUNOSLIKDA TALQIN · Kalimbtov Sharapat Maxsutbaevich

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

This article deals with one of the most important topics in the field of research on the phenomenon of emotion is the conceptualization of emotions. In addition, it is important to analyze the process related to the fact that the conceptualization of a single emotion has different variants in relation to time and genre. Key words: emotion, linguoculturology, concept, anthropological, emotional words. Inson his-tuyg‘usi bilan bog‘liq holatlar juda qadimdan ilm ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Qariyb barcha faylasuflar emotsiyaning inson ongi, tafakkuridagi muhim mavqeyiga ishonishgan va u haqda biron-bir fikr bildirishga harakat qilgan. Shuningdek, psixologiya, biologiya, sotsiologiya, kognitologiya va nihoyat, tilshunoslik sohalari vakillari ham emotsiya hodisasini chuqur o‘rganish imkoniyatlarini qidirib kelmoqdalar [2.4], [6.204]. Emotsiya hodisasi tadqiqi sohasida eng muhim mavzulardan biri his- tuyg‘ularning konseptuallashuviga oiddir [4.491]. Ammo bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar biologik va ijtimoiy xususiyatlariga asoslanmasdan, balki umumiy tasavvur va tushunchalar tahlili bilan cheklanib qolgan. Keyingi yillarda ushbu hodisaning psixologik, antropologik [5.38] va lingvistik [1.121] tadqiqotlarida turli emotsional tushunchalarning lisoniy-madaniy xususiyatlari yoritildi. 656 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Bundan tashqari, yagona bir emotsiya konseptuallashuvining zamon va janrga nisbatan turli variantlarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq jarayon tahlili ham muhimdir. Bunda, albatta, variantlashuvning ikki ko‘rinishini farqlash lozim bo‘ladi. Bulardan birinchisida yagona bir tushuncha ma’lum til tizimida turli ko‘rinishlarda voqelansa, ikkinchisida turli xildagi emotsiya tushunchalari o‘rtasidagi muqobillik holati nazarda tutiladi. Chunonchi, “g‘azab” tushunchasining ingliz tili taraqqiyoti bosqichida qo‘llanishi konseptuallashuv doirasida variantlashuv (intraconceptual variation) namunasidir. Shu tildagi anger va rage tushunchalari o‘rtasidagi muqobillik yoki ushbu tushunchaning qoraqalpoq tilidagi “qáhár, ashıw, g‘ázep” tushunchasi bilan muqobillashuvi konseptlararo variantlilikning (interconceptual variation) bir ko‘rinishidir. Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar biri-biri bilan mustahkam aloqada. Ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan tahlillar ko‘rsatishicha, emotsiya tushunchalarining madaniyatlararo umumiyligi inson his-tuyg‘usi va hayotiy tajribasi bilan bog‘liq. Ular o‘rtasidagi farqlar esa ko‘proq madaniy omillarga bog‘liq. Madaniy omillar tizimidagi o‘zgarishlar mazmun va mundarijadagi diaxronik o‘zgarishlarga ham sabab tug‘diradi. Emotsiya tushunchasining mundarijasi odatda lug‘aviy ma’no tahlili orqali aniqlanadi. Lug‘aviy ma’no va tushuncha o‘rtasidagi bog‘liqlik murakkab ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisida lug‘aviy birlikning mavjudligi lug‘aviylashuvga qodir tushuncha mavjudligiga ishora qiladi. Ikkinchisida esa, lug‘aviy birlikning semantik tuzilishi konseptual struktura bilan tenglashtiriladi [3.260]. So‘zsiz, emotsiya terminlari ma’nosi va tushunchalar mundarijasini tavsiflashda turli tahlil usullaridan foydalanish mumkin. Emotsiya hodisasini o‘rganishda ushbu tushunchalar mundarijasi markaziy o‘rinda turishi bois, u konseptual tahlil uchun ahamiyatlidir. Z.Kovech, E.Bamberg, V.Shaxovskiy kabi qator olimlarning tadqiqotlari natijalariga tayangan holda emotsiya terminlari va tushunchalarini tavsiflashga qaratilgan beshta yondashuvini farqlash mumkin. Ulardan “o‘lchamli tahlil” (dimentional analysis) deb ataladigan birinchi turida emotsiyani atovchi so‘zlar ma’nosi ma’lum “o‘lchamlar” asosida aniqlanadi. N.Fridjaning fikricha, emotsiyalar uch o‘lcham ko‘lamida muqobillashadi: yoqimlilik – yoqimsizlik, hayajonlanish – bosiqlik, tanglik – yumshatish. Biroq so‘nggi paytlarda boshqa turdagi “o‘lchamlar” taklif qilinmoqda. Jumladan, Rassel ingliz tilidagi 28 ta emotsiya atamalarini ikki qatlamli chizma doirasida izohlashga harakat qildi [4.491]: 657 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 1-rasm. 28 ta emotsiya atamalarining ma’nosi Rasmda aks etgan chizmada gorizontal chiziq qoniqarlilik darajasini ko‘rsatsa, vertikal chiziq esa, jonlanish darajasini belgilaydi. Chizmadan ko‘rinadiki, emotsiya so‘zlarining joylashuvi odatda ma’nolardagi yaqinlikka asoslanadi. Shuningdek, ularning faollashuv darajasi ham guruhlarga taqsimlanishiga turtki beradi. So‘zlar o‘rtasidagi masofa aslini olganda tushunchalar o‘rtasidagi oraliq masofaga, ularning qanchalik yaqin yoki uzoqligiga ishora qiladi. Xuddi shunday guruhlashuv va emotiv so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni qoraqalpoq tili misolida ham ko‘rish mumkin (2-rasm): 2-rasm. Qoraqalpoq tilida emotiv so‘zlar o‘rtasidagi munosabat 658 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Ushbu chizmalar qiyosidan

Доказательный фрагмент

«This article deals with one of the most important topics in the field of research on the phenomenon of emotion is the conceptualization of emotions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deals with one of the most important topics in the field of research on the phenomenon of emotion is the conceptualization of emotions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotion, linguoculturology, concept, anthropological, emotional, lingvokulturologiya, лингвокультурология, emotsional, эмоциональные слова, emotional words, tushuncha, концепт, antropologik, эмоция, антропологический, emotsional so‘zlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3