К содержанию
РецензированоRU2026

Фаустианская традиция и ее вариации в мировой литературе

JAHON ADABIYOTIDA FAUSTCHILIK AN’ANASI · VA UNING VARIATSIYALARI · Atabayeva Zarnigor Baxran qizi · M.Y. Umarova (Samarqand davlat chet tillar instituti Tayanch doktoranti)

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

This article discusses the search for dialectical, historical, cultural differences and similarities between works created on the theme of Faust in world literature, literary analysis. The article examines rare works created by representatives of English, French, Russian and German literature on the topic of Faustianism. Key words: archetype, motif, plot, Faust, devil, Old Testament, Lord, Faustianism, metaphor, symbol, I. Spies, K. Marlowe, J. Milton, J. Byron, I. W. Goethe, T. Mann, F.Klinger Odaming iblis bilan kelishuvi va ushbu ittifoqqa asoslangan sehr syujetini o‘zida aks etgan Faust afsonasi Uyg‘onish davrida Germaniyada paydo bo‘lishiga qaramasdan, syujet o‘zagi ancha oldin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eski Ahddagi gunoh qilib jannatdan quvilgan va keyinchalik jannatga qayta erishgan inson afsonasiga borib taqaladi. Har qanday qiymat bilan bo‘lsada bilimga erishishga intilgan Faust 636 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman obrazi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi jumboqni yechishga uringan birinchi inson bilan tipologik jihatdan yaqin. Ularning taqdirida iblis halokatli rolga ega: baxtga erishish yo‘lida ular Rabbiy bilan birlikni yo‘qotishdi, sarson- sargardonlikka mahkum bo‘lishdi. Yovuzlik ruhi insoniyat tarixining asosi bo‘lgan gunoh, tavba va qilingan gunohlarga tavon to‘lash mexanizmini harakatga keltirdi. Shu sababdan, Faust adabiy nuqtai nazardan arxetipik metafora xususiyatini oldi. Gap shundaki, arxetiplar qolipga solingan qotib qolgan birlik emas, ular har bir avlodda takrorlanib, insonning olam, jamiyat, shaxs haqidagi bilimlarining kengayishi natijasida erishgan tajribalari asosida boyib boradi, muayyan davrning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy xususiyatlariga ko‘ra dialektik jihatdan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Jahon adabiyotida Faust syujetini o‘zida mujassam etgan qator asarlar yaratilgan. Bularga misol qilib ingliz adabiyotida K.Marloning “Doktor Faustning fojeaviy tarixi”, J.Miltonning “Yo‘qolgan jannat” (Paradise lost), J.Bayronning “Manfred”, O.Uayldning “Dorian Greyning portreti”; rus adabiyotida A.Pushkinning “Faustdan sahna” (“Сцена из Фауста”), M.Bulgakovning “Usta va Margarita” (“Мастер и Маргарита”), V.Bryusov “Olovli farishta” (“Огненный ангел”), M.Lermontov “Iblis” (“Демон”), Amerika adabiyotida V.Irving ijodiga mansub “Iblis va Tom Volker” asarlarini keltirishimiz mumkin. Shu o‘rinda, faustchilik an’anasining nemis adabiyotidagi o‘rni beqiyos. Shuning uchun faust arxetipi Uyg‘onish davridan to hozirgi kungacha Germaniyada sevimli bo‘lib qolishi tabiiy. 1587-yilda I. Shpis o‘z nashriyotida Faust afsonasining birinchi adabiy talqini bo‘lgan "Mashhur sehrgar va afsungar doktor Iogan Faustning hikoyasi" kitobini nashr etdi. Shu davrdan boshlab ko‘plab mashxur yozuvchilar o‘z asarlarida hukmron davrning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning mafkurasi, siyosati, estetikasi va etikasiga ega bo‘lgan afsonaviy obrazni qayta ko‘rib chiqishga va yangidan yaratishga intildi. Uyg‘onish davri oxiriga kelib xalq afsonalari qahramonlari ruh va ongning qudratli namunasi rolidan xristian diniga sig‘inuvchi nasroniylarga saboq bo‘luvchi gunohkor qahramonga aylandi. Ushbu davrda G.V. Vidmanning “Faustning ishonchli tarixi” va N.I.Pfitserning “Faust hayoti” asarlari shu usulda yozilgan asarlar sirasiga mansub. XVII asr davomida va XVIII asrning birinchi yarmida faustchilik mavzusi adabiyotda teatrga ko‘chdi. Tomoshabinlarning didiga mos ravishda qayta ishlangan opera va balet spektakllari mavzuning yuksak pafosini yanada pasaytirdi. Bu namoyishlarning ba’zilarida Faust obrazi saroy muhitiga mos madaniyatli kishi ko‘rinishida tasvirlansa, ba’zilarida isrofchi va parishonlikka moyil kishi ko‘rinishida gavdalangan. Ma’rifat davriga kelib faustchilik mavzusi nemis klassik adabiyotidagi o‘zining ahamiyatini qayta tikladi. “Zamonaviy adabiyotga oid maktublar” asari bilan Lessing Faust obrazining yangi tarbiyaviy konsepsiyasiga asos soldi. Uning qahramoni haqiqatga ishtiyoqi baland, bilimga chanqoq yosh olim, aqlli inson ko‘rinishini oldi. Faustchilik an’anasida yangi yo‘nalishni yaratgan Lessing 637 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman asaridan so‘ng nemis adabiyotida birin-ketin nodir asarlar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda I.V. Gyotening “Ur-Faust”, R.Lensning “Do‘zaxdagi Faust” dramatik asari, F. Myuller yaratgan “Doktor Faustning hayoti va o‘limi” nasriy asarining birinchi qismi, F.M. Klingerning “Faust hayoti a’moli va jahannamga qulashi” romanlari dunyo yuzini ko‘rdi. Ijodkorlar asarlarining bosh qahramonini isyonkor shaxs, jamiyatning kamchiliklari, qashshoqligiga qarshi kurashuvchi jangchi sifatida talqin qilishdi. XX asrga kelib Faust obrazi Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan qudratini tobora yo‘qotib boradi, asosiy qahronligidan mahrum bo‘ladi. Endi asosiy urg‘u Mefistofelga qaratiladi. Faust endi zamonaviy yevropalik odamni anglatmaydi, bu o

Доказательный фрагмент

«This article discusses the search for dialectical, historical, cultural differences and similarities between works created on the theme of Faust in world literature, literary analysis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the search for dialectical, historical, cultural differences and similarities between works created on the theme of Faust in world literature, literary analysis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
archetype, motif, plot, Faust, devil, Old Testament, Lord, м, syujet, K. Marlowe, Ф. Клингер, метафора, фаустианство, K. Marlo, Господь, Фауст, faustchilik, И В. Гете, motiv, iblis, Дж. Байрон, Rabbiy, J. Milton, К. Марлоу, символ, arxetip, И. Спис, I. W. Goeth, дьявол, symbol, архетип, I. Spies, J. Bayron, metafora, Eski Ahd, J. Byron, F.Klinger, T. Mann, timsol, Faustianism, Ветхий Заве, I. Shpis, Дж. Мильтон, Т. Манн, F. Klinger, I.V. Gyote, metaphor, сюжет, мотив
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники