К содержанию
РецензированоUZ2021

Islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston uchun muhim jihatlari

Iskandarov Mustaffo Shuxratovich JIDU -

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 7 · 2021

Аннотация

Islomiy bank tizimi jahonda juda tez rivoj topayotgan, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolgan yo‘nalishdir. Ushbu ilmiy maqolada islomiy bank tizimi va uning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun potensial ta’sirlari keng yoritiladi. Bunda, tizimli va swot metodlardan foydalaniladi. Maqolada islomiy bank tizimi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yuqori o‘sishga va iqtisodiy samaradorlikni ortishishiga sabab bo‘lishi xulosa qilingan va ushbu tizim bo‘yicha davlat siyosati doirasida takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: islomiy bank tizimi, O‘zbekiston, bank, bank operatsiyalari, foiz So‘nggi yillarida islomiy bank tizimiga nafaqat islomiy mamalakatlar, balki dunyoning yetakchi korporatsiyalari va rivojlangan mamlakatlarining qiziqishi ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab, ushbu bank tizimining o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va o‘zgacha prinsiplar asosida faoliyat yuritishidir. 2021-yilda global islom banklari aktivlari 2.7 trillion dollar atrofida deya taxmin qilingan, islom molioya aktivlari hajmi esa 3.96 trillion dollarga baholangan va 2026 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 5.9 trillion dollarga yetishi kutilmoqda [1]. Quyidagi rasmda jahon bo‘yicha Islomiy moliya aktivlarining o‘sish sur‘atlarini ko‘rish mumkin: 287 Rasm 1. Jahondagi Islomiy moliya aktivlarining o‘sish sur‘atlari [ 2] Malumki, banklar iqtisodiyotda moliyaviy vositachi hisoblanadi va ularning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni juda muhimdir, chunki davlatda markaziy bankning asosiy stavka siyosati ular orqali amalga oshiriladi. An‘aviy banklarning asosiy foydasi foiz asosida omonat olish va foiz asosida kredit berish orqali topiladi, ammo islomiy banklar esa bundan tubdan farq qiladi. Islomiy banklar quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritadi: • Pul tovar hisoblanmaydi, u faqatgina qiymat olchovi hisoblanadi, shu sababli foiz evaziga puldan pul paydo qilish mumkin emas; • Bank operatsiyalaridagi risk, foyda va xarajat teng ravishda (yoki ulushlarga proporsional tarzda) barcha ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi; • Sharly taqiqlangan sohalar va proyektlar bilan moliyaviy operatsiyalar o‘tqazish taqiqlanadi (Alkogol mahsulotlari, pornografiya, odam savdosi, cho‘chqa, narkotik va qimorga asoslangan har qanday sohalar); • Bank depozitorlarning hamkori sifatida mablaglarini investitsiya qilishi mumkin; 288 • Bank savdogar sifatida tovarlarni risk asosida sotib olib, ularni depozitorlarga taqdim etishi yoki sotishi mumkin; • Operatsiya to‘g‘risidagi barcha malumotlar bank va ishtirokchilarga teng ravishda ayon bolishligi shart; • Operatsiyalar davomida to‘lov kechikkan paytlarda, sharlyat hukmlariga asoslanib jarima solinadi. • Banklarda, banklardan moliyaviy mustaqil shariat hay‘ati bo'lishligi va ular barcha operatsiyalarni sharlyatga mosligini teshrishi majburiydir. Islomiy banklar nafaqat o‘zini foydasini maksimallashtirish, balki butun jamiyat rivoji va ravnaqi uchun faoliyat yuritadi. Albatta, islomiy banklar moliyaviy operatsiya amalga oshirmaydigan sohalardan (Spirtli ichimliklar, ba‘zi sug‘urta turlari, qimorga asosanlangan yo‘nalishlar va hokazo) iqtisodiyotga ko‘p miqdorda daromad tushurishini inkor etib bolmaydi, ammo ushbu sohalar insonlarning hayoti va jamiyat rivojiga yetqazadigan katta zarari ular keltiradigan daromadni kompensatsiya qila olmaydi. Indoneziya va Turkiyalik expertlari fikri boyicha moliyaviy inqiroz va krizis paytlarida liquidlikni jilovlash va har bir aktiv uchun ko‘proq liquidlik yaratish tufayli islomiy banklar an‘anaviy banklarga nisbatan barqarorroq [3]. O‘zbekiston kabi aholisini aksariyat qismi musulmonlar tashkil qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun islomiy banklar yuqori o‘sishiga, iqtisodiy faollik va samaradorlikni oshishiga, kichik biznes rivojiga, investitsiya oqimini kirib kelishiga katta hissa qo‘shadi. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: • Birinchidan, mamlakatda an‘anaviy banklar aholidagi mablaglarni jalb qilishi ko‘rsatkichi past. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Raisining bergan ma’lumoti boyicha aholi qo‘lida 12 milliard dollarga yaqin (naqd) mablag’ bor va bank sektori ularning hammasini jalb qila olmaydi [4]. Malumot uchun O‘zbekistonning 2022-yildagi YIM si 80.4 milliard dollarga teng [5]. Aholining qo‘lida YIM ning 1/7 ga yaqin mablag1 borligi va ushbu mablaglarning aksariyati banklarga jalb qilina olmasligi va noaktivligi bu katta potensial yo1qotishdir. 289 Buning asosiy sabablaridan biri esa an1anaviy bank tizimining asosiy operatsiyalari musulmonlar uchun nomutanosibligidir. Islomiy banklarning kirib kelishi bu yoiqotishlarni oldini oladi, chunki mamlakat aholisida ushbu turdagi banklar bilan ishlash va ularga investitsiya qilishga ragibat ola yuqoridir. • Ikkinchidan Oizbekistonning 94,78 % aholisi musulmonlar tashkil qilishi [6], islomiy banklarni mamlakatda mukammal darajada tez rivojini ta1minlashi mumkin, shuningdek, agar mamlakat ushbu tizimni joriy etsa, mintaqada islom kapital bo

Доказательный фрагмент

«Islomiy bank tizimi jahonda juda tez rivoj topayotgan, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolgan yo‘nalishdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Islomiy bank tizimi jahonda juda tez rivoj topayotgan, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolgan yo‘nalishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bank, percentage, Islamic banking system, Uzbekistan, banking operations, islomiy bank tizimi, банковское дело, bank operatsiyalari, foiz, O‘zbekiston, банковские операции, Узбекистан, процент, Исламская банковская система, banking
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники