К содержанию
РецензированоRU2026

Повышение эффективности речи связано с особыми грамматическими характеристиками самых точных слов.

NUTQNING TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISHDA UNDOV SO‘ZLARNING · O‘ZIGA XOS GRAMMATIK XUSUSIYATLARI · Iroda Kaxarova

Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026

Аннотация

Undov so‘zlar insonlar turli his-kechinmalarini ifodalash, diqqat qaratishga jalb qilish, biror kishini yoki qaysi bir jonivorni chaqirish jarayonida ishlatiladigan so‘zlar bo‘lib, leksik (atash) ma’no ifoda etmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ongda muayyan tushuncha hosil qiladi. Ushbu maqolada o‘zbek tilida undov so‘zlarning til va nutqdagi taraqqiyotini Mahmud Qoshg‘ariy devon-lug‘ati, mumtoz va zamonaviy ijodkolarning asarlari tili misolida ko‘rib chiqildi. Kalit so‘zlar: undov so‘z, devon, his-hayajon undovi, emotsiya, emotiv nominatsiya. Аннотaция. Восклицательными словами называют слова, употребляемые в процессе выражения различных чувств людей, привлечения внимания, призыва человека или животного, и не выражающие лексического (именного) значения. Тем не менее, это создает в уме определенную концепцию. В данной статье развитие восклицательных знаков в узбекском языке и речи рассмотрено на примере деван-словаря Махмуда Кашгари, языка произведений классических и современных писателях. Ключевые слова: восклицательное слово, деван, восклицание эмоции, эмоция, эмоциональная номинация. Annotation. Exclamatory words are used in the process of expressing different feelings of people, attracting attention, calling a person or an animal, and do not express a lexical (name) meaning. Nevertheless, it creates a certain concept in the mind. In this article, the development of exclamations in the Uzbek language in the language and speech was considered on the example of Mahmud Kashgari’s devan-dictionary, the language of the works of classical and modern writers. Key words: exclamation word, devan, exclamation of emotion, emotion, emotional nomination. Har qanday tilning lug‘at tarkibida katta xajmdagi undov so‘zlar mavjud. Ular emotsional muloqotning hamma holatlari uchun xizmat qiladi. So‘zlovchi ularni qo‘llash qoidasini biladi va bir-biridan ma’nosiga ko‘ra farqlaydi. Undov so‘zlar – inson hissiyotini, birovning diqqatini tortishni, biror jonivorni chaqirishni ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar. Ular garchi leksik (atash) ma’no ifoda etmasa-da, ongda idrok etiladi va tushuncha hosil qiladi. Lisoniy moddiylashgani tufayli xotiradan o‘rin egallagan. Bunga ularning ong va 631 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman til tizimiga daxldorligi zamin yaratgan. To‘g‘ri, undov so‘zlar tasavvurda obraz hosil qilmaydi, lekin ularning ongda idrok etilishi orqali jamlangan bilimlar turlicha xarakter kasb etadi. Bundan undov so‘zlarning turli ma’noviy guruhlari paydo bo‘ladiki, ularni ma’nosiga ko‘ra tasniflash mumkin bo‘ladi. Undov so‘zlarni lisoniy birlik sifatida guruhlantirish uchun, avvalo, ularning uslubiy jihatdan turli ma’nolarni ifodalashi e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi. O‘zbek tilida undov so‘zlarni diaxron va sinxron turlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Buning uchun dastlab Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonul lug‘otit turk” kitobida uchraydigan undovlarga e’tibor qaratdik. Hayvonlarni harakatga undash, chaqirish, yurgizish yo to‘xtatish, qaytarish, sog‘ish, sug‘orish, haydash, o‘rnidan turg‘azish yoki cho‘ktirish kabi holatlarda turli undov so‘zlardan foydalaniladi. Hatto ulardan ayrimlari faqat ma’lum bir hayvonga qarata aytilishi bilan chegaralanadi. Masalan, chuk-chuk, cho‘k-cho‘k (chix-chix) undovi tuyani cho‘ktirishdagina qo‘llanadi (I, 321). Agar toycha biya yurayotganda (onasi)dan orqada qolib ketsa, unga еtib olishga undab “qurï-qurï” (III, 242) so‘zi orqali chaqiriladi. Otni yurgizish uchun “chuh”, to‘xtatish uchun “dirr” undovlari ishlatilsa, eshakni to‘xtatish uchun “tushu-tushu”, “ish” so‘zlari qo‘llanadi (III, 244). Ularni bir-birining o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydi. Hӭch-hӭch (hech-hech), xoch-xoch – echki podasini haydashda qo‘llanadigan so‘zdir (II, 326). Asli bu so‘z ӭch-ӭchdir. Shu so‘zning boshidan “h” undoshi orttirilishi natijasida “prokopa” hodisasi yuz bergan. So‘z boshidan bir undoshning orttirilishi tilshunoslikda “prokopa” deb yuritiladi. Bu arabchaga o‘xshaydi. Chunonchi arablar qo‘y boqishdagi chaqiriqlarida ﭞﭴﻬﭵﻫ deydilar. Bu qo‘ylarni qaytarish uchun “baqirdim” demaganidir. Echkilarni chaqirishda, sug‘orishda chik-chik yoki chilik-chilik (chigi-chigi) singari undov so‘zlar qo‘llanadi (I, 331). Ho‘kizni sug‘orishda “osh-osh”, “ush-ush” yoki “ho‘sh-ho‘sh” so‘zlaridan foydalaniladi (I, 69). Agar mollar bosh bermay harakatlansa, ularni tinchitish uchun hach-hach, ho‘sh-po‘sh, xo‘sh-xo‘sh degan undov so‘zlar qo‘llansa, ayrim so‘zlar ularni yurgizish uchun aytiladi. Masalan, chuh-chuh – otni yurgizish uchun, unga ta’zir berganda aytiladigan so‘zdir (III, 128). Sog‘ish uchun aytiladigan undovlar ham mavjud. Shular orasida ĵyr-ĵyr (jur- jur) tuya sog‘ilganda, ya’ni sutning tog‘oraga “jir-jir”lab tushishiga qarab aytilsa (I, 448), “ho‘sh-ho‘sh” sigir, “turey-turey” qo‘y, “churey-churey” yoki “churiya” esa echkilarni sog‘ish jarayonida ularga murojaat qilib aytiladigan undov so‘zlardir. Ayrim undovlar hayvonlarni chaqirish uchun

Доказательный фрагмент

«Undov so‘zlar insonlar turli his-kechinmalarini ifodalash, diqqat qaratishga jalb qilish, biror kishini yoki qaysi bir jonivorni chaqirish jarayonida ishlatiladigan so‘zlar bo‘lib, leksik (atash) ma’no ifoda etmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Undov so‘zlar insonlar turli his-kechinmalarini ifodalash, diqqat qaratishga jalb qilish, biror kishini yoki qaysi bir jonivorni chaqirish jarayonida ishlatiladigan so‘zlar bo‘lib, leksik (atash) ma’no ifoda etmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
exclamation word, devan, exclamation of emotion, emotion, восклицательное слово, divan, emotiv nominatsiya, эмоциональная номинация, эмоция, восклицание эмоции, emotsiya, qo'shiq so'zi, деван, exclamatory word, couch, emotional nomination, his-hayajon undovi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники